Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TAZYIQ HAMDA ZO‘RAVONLIKKA UCHRAGAN XOTIN-QIZLAR VA ULARNING VOYAGA YETMAGAN FARZANDLARINI HAYOTGA MOSLASHTIRISHDA PSIXOLOGIK XIZMATNING SAMARALI USULLARI VA AHAMIYATI
USULLARI VA AHAMIYATI · Sotivoldiyev G‘iyosiddin G‘ulomjon o‘g‘li
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatlarning ahamiyati va samarali usullari yoritilgan. Ruhiy travmalar, ijtimoiy moslashuvdagi muammolar, qayta tiklanish jarayonida psixologik yondashuvlar va zamonaviy terapiya usullarining samaradorligi amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: zo‘ravonlik, tazyiq, xotin-qizlar, farzandlar, psixologik xizmat, art- terapiya, travma, moslashuv, psixoterapiya, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash. Bugungi kunda tazyiq va zo‘ravonlik muammosi jamiyatning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ayollar va ularning farzandlari bu kabi holatlardan jiddiy ruhiy va ijtimoiy zarar ko‘rmoqda. Oila a’zolari tomonidan yoki tashqi muhitda sodir bo‘ladigan jismoniy, ruhiy, iqtisodiy va jinsiy zo‘ravonlik inson huquqlarining buzilishi bilan bir qatorda, psixik salomatlikka ham salbiy ta’sir qiladi. Zo‘ravonlikdan aziyat chekkan xotin-qizlarning ko‘pchiligi o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi, depressiya, xavotir, vahima holatlari, hatto o‘z joniga qasd qilish fikrlariga duchor bo‘ladi. Ularning farzandlari esa bu holatlardan psixologik travma olib, keyingi hayotlarida ijtimoiy muammolar, o‘qishdagi qiyinchiliklar, tajovuzkorlik yoki o‘ziga tortilish kabi muammolarni boshdan kechiradi. Hech bir davlat yoki jamiyat zo‘ravonlikdan butunlay xoli emas. Axborot texnologiyalari taraqqiy etgan hozirgi davrda, ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida zo‘ravonlikka oid voqealarning tez-tez uchrashi bu holatni yaqqol tasdiqlaydi. Zo‘ravonlik har qanday joyda – ko‘chalarda, maktablarda, ishxonalarda, uyda va hatto bolalar bog‘chalarida ham sodir bo‘lishi mumkin. Bu hodisa jamiyat farovonligiga putur yetkazuvchi, inson salomatligi va hayotiga xavf soluvchi global muammodir. Shu sababli bu toifadagi insonlarga psixologik yordam ko‘rsatish, ularni jamiyatga qayta moslashtirish, o‘zini qadrlash hissini shakllantirish va sog‘lom psixik muhitda yashash imkonini yaratish muhim hisoblanadi. Zo‘ravonlikning quyidagi turlari ko‘p uchraydi: https://scientific-jl.com/new 11 33 22 Volume–74_Issue-2_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Jismoniy zo‘ravonlik – urish, kaltaklash, tan jarohatlari yetkazish; Ruhiy zo‘ravonlik – haqorat, doimiy nazorat, tahdid; Iqtisodiy zo‘ravonlik – moliyaviy resurslarni cheklash; Jinsiy zo‘ravonlik – majburlash, tahqirlash. Bu holatlar natijasida ayollarda doimiy xavotirlik, uyatchanlik, o‘ziga ishonchsizlik, depressiv holatlar shakllanadi. Farzandlar esa ko‘pincha sustkash, qo‘rqoq, agressiv yoki o‘zini yakkalab yashovchi bo‘lib qoladi. Zo‘ravonlik oqibatida insonlar hayotdan ko‘z yumadi, ko‘pchilik esa jismoniy va ruhiy jarohatlarga duchor bo‘ladi. Ayniqsa, 15–44 yoshdagi insonlar o‘rtasida zo‘ravonlik o‘limning asosiy sabablaridan biri sanaladi — erkaklar o‘limining taxminan 14 foizi, ayollarnikining esa 7 foizi shu sababga to‘g‘ri keladi. Bunday hodisaning oldini olish yo‘lidagi harakatlar, unga nisbatan jamiyatda ongli munosabatni shakllantirishdan boshlanishi lozim. Zo‘ravonlik haqida ochiqchasiga gapirish ko‘plab kishilar uchun qiyinchilik tug‘diradi, chunki bu mavzu ko‘pincha shaxsiy hayotga, axloqiy, mafkuraviy va madaniy qadriyatlarga bog‘liq. Shu sababli, uni ochiq muhokama qilish rasmiy va norasmiy darajalarda qarshiliklarga uchraydi. Zo‘ravonlik qurbonlariga ko‘rsatiladigan samarali psixologik xizmatlar quyidagilardan iborat: Individual psixologik maslahatlar – shaxsiy suhbatlar orqali muammoning ildiziga yetish, o‘zini anglashga yordam berish. Guruhli terapiyalar – o‘xshash muammoga ega insonlar bilan muloqot orqali ijtimoiy moslashuv. Art-terapiya – rasm chizish, musiqa, qo‘l mehnati orqali ichki hissiyotlarni ifodalash va davolash. Travma markazli yondashuv – travmadan so‘ng tiklanish bosqichlari. Kognitiv-behavioral terapiya (CBT) – salbiy fikrlar va harakatlarni ijobiyga o‘zgartirish. Oilaviy psixoterapiya – oilaviy nizolarni hal qilish, sog‘lom muhit yaratish. Voyaga yetmagan farzandlar bilan ishlashda quyidagi yondashuvlar samarali hisoblanadi: O‘yin terapiyasi – bolalarda travmalarni ifoda qilish uchun eng qulay usul. Maktab psixologi bilan hamkorlik – bola xatti-harakatlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash va yo‘naltirish. Ijtimoiy moslashuv dasturlari – do‘stlik, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish. Ruhiy qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish – ona va bola o‘rtasidagi iliq munosabatlarni qayta tiklash. Ma’lumot o‘rniga shuni aytish joizki, Islom dini tarqalishidan muqaddam https://scientific-jl.com/new 11 33 33 Volume–74_Issue-2_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS johiliyat davrida ayollarga, qizlarga jirkanish va nafrat nigohi ila qaralgan, ular oyoq uchida ko‘rilgan. Qaysidir oilada qiz farzand dunyoga kelsa bu otaga isnod bo‘lgan. Qiz bola ming tahqirlar va zug‘mlar ostida katta bo‘lgan. Aks holda tiriklayin ko‘mib yuborilgan. O‘qish, ilm olish haqida-ku gap so‘z bo‘lishi ham mumkin emas ed
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatlarning ahamiyati va samarali usullari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatlarning ahamiyati va samarali usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash., tazyiq, psixoterapiya, Kalit so‘zlar: zo‘ravonlik, farzandlar, art-terapiya, psixologik xizmat, moslashuv, travma, xotin-qizlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014