Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FLOTATSIYA JARAYONINING KIMYO SANOATIDAGI AHAMIYATI
Mirzayeva Ziyodaxon Abduvohid qizi
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
This article discusses the flotation process and its applications, mainly in mineral processing, water treatment, and chemical production, separation mechanisms, flotation reagents, advantages and disadvantages of the process, their study processes, and flotation enrichment processes in the Olamalyk mining metallurgy. Kalit so‘zlar: flotareagentlar, regulyatorlar, gidrofob, cho'kish, boyitish, ko'pik, absorbsiya, adsorbsiya, ruda, pulpa, zarracha, appatit, suyuqlik, bug'latish, xom-ashyo, gidrofil, mineral. Ключевые слова: флотореагенты, регуляторы, гидрофобные, седиментация, обогащение, пена, абсорбция, адсорбция, руда, пульпа, частицы, апатит, жидкость, испарение, сырье, гидрофильные, минеральные. Keywords: flotation agents, regulators, hydrophobic, sedimentation, enrichment, foam, absorption, adsorption, ore, pulp, particle, apatite, liquid, evaporation, raw material, hydrophilic, mineral. Bugungi kunda flotatsion jarayon eng keng tarqalgan boyitish usuli bo'lib, asosan quyidagi sohalarda keng tarqalgan: 1. Mineralni qayta ishlash: Flotatsiya jarayoni mineral konlarini boyitish uchun keng qo‘llaniladi. Xususan, mis, oltingugurt, rux, qizil temir rudalarini ajratish va boyitishda foydalaniladi. 2. Kimyo sanoati: Flotatsiya jarayoni, shu jumladan, suyuqliklarni ajratish, turli moddalarning tozalash jarayonlarida ham ishlatiladi. Bunda, masalan, neftni qayta ishlashda yoki kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda flotatsiya orqali aralashmalar ajratiladi. 3. Atrof-muhitni muhofaza qilish: Suvni tozalash va chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarida flotatsiya yordamida zararli moddalar va suyuqlikdagi kirlarni ajratib olish mumkin. https://scientific-jl.com/new 11 33 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 4. Qayta ishlash sanoati: Misol uchun, elektr qurilmalari, avtomobillar va boshqa mahsulotlarni qayta ishlashda materiallarni ajratishda flotatsiya jarayoni qo‘llaniladi. Bu jarayon, shuningdek, ozuqa sanoatida, suv tozalash tizimlarida va ba'zi boshqa sohalarda ham qo‘llanilishi mumkin. Bu sohalar kimyo sanoatining eng asosiy ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. Shu sababdan ham flotatsion boyitish usulllarini o’rganish uni sanoatda qo’llanish qamrovlari, usullari, kamchiliklarini o’rganish dolzarb masalalardan biridir. Flotatsiya jarayoni — bu minerallarni yoki boshqa suyuqliklarda yotgan materiallarni ajratib olishda qo‘llaniladigan fizik-kimyoviy jarayonlardan biridir. Bu jarayon, asosan, minerallarni qayta ishlashda, suv tozalashda va kimyoviy ishlab chiqarishda ishlatiladi. Flotatsiya, suyuqlikdagi zarrachalar va ularning yuzasidagi maxsus kimyoviy moddalarning o'zaro ta'siri orqali ajralishni ta'minlaydi. Bu jarayonda, minerallar yoki materiallar o'zining yuzasiga qo‘shilgan flotatsion reagentlar yordamida suyuqlikning ustki qatlamiga ko‘tariladi va ajratish uchun maxsus qurilmalarda yig‘iladi. Flotatsion boyitish. (Flotatsiya inglizcha flotation so‘zidan olingan bo‘lib, qalqib chiqish degan ma’noni anglatadi. Bu usul keng tarqalgan bo‘lib, unda polimetall sulfidli moddalar boyitiladi. Appatitlar nefelindan ajratiladi, oltingugurtli rudalardan konsentraktlar olinadi, toshko‘mir va ko'pgina tuzlar boyitiladi. Bu usulda xomashyo tarkibidagi mayda zarrachalaming suvda ho‘llanish darajasi har xilligidan foydalaniladi. Materialarning ho‘llanish darajasi — bu qattiq zarracha, suyuqlik va havo chegarasida hosil bo'luvchi ho‘llanishning chekka burchagi kattaligi hisoblanadi. Suv ho'llanmaydigan (gidrofob) zarracha bilan o‘tmas chekka burchak hosil qiladi. Sirt taranglik kuchi suyuqlik sathini tenglashtirishga intiladi, natijada gidrofob zarracha suyuqlikdan itarilib yuzaga qalqib chiqadi. Gidrofil zarrachalar esa, suyuqlik ostiga tushadi. Bu hodisa mineral zichligiga bog‘liq emas, ko'pchilik hollarda og‘ir gidrofob zarrachalar yuzaga qalqib chiqadi, yengillari esa cho‘kadi. Zarrachaning o'lchami qanchalik kichik bo'lsa, ho'llanish kuchliroq bo'ladi. Pulpa orqali havoning mayda pufakchalari puflansa, o‘zi bilan birga gidrofob zarrachalarini ham olib yuzaga qalqib chiqadi. Qattiq zarrachaning ho'llanmaslik darajasi va ho‘llanish chekka burchagi qanchalik katta bo‘lsa, uning havo pufakchasiga yopishish va yuzaga qalqib chiqish ehtimoli shunchalik katta bo‘ladi. Natijada suyuqlik yuzasida gidrofob material zarrachalarini olib chiqqan ko'pikchalar qavati hosil bo'ladi. Uni osongina ajratib olish mumkin. Yaxshi ho‘llanadigan zarrachalar asta-sekin suyuqlik ostiga cho‘kib to'planadi. Tabiiy minerallar ho‘llanish darajasi bilan bir-biridan kam farq qiladi. Flotareagentlar: ko'pik hosil qiluvchilar, yig'gichlar va to'g'rilagichlar (regulyatorlarga) bo'linadi. Ko'pik hosil Yig'gichlar Regulyatorlar qiluvchilar https://scientific-jl.com/new 11 44 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Xossasi Organik sirti aktiv Organik moddalar To'g'rilovchi, ko'pikning tashqi bo'lib, molekulasi reagentlaming tanlab qavatida adsorbsion qutbsiz ta’sir etish xossasini parda hosil qiladi (ugl
Доказательный фрагмент
«This article discusses the flotation process and its applications, mainly in mineral processing, water treatment, and chemical production, separation mechanisms, flotation reagents, advantages and disadvantages of the…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the flotation process and its applications, mainly in mineral processing, water treatment, and chemical production, separation mechanisms, flotation reagents, advantages and disadvantages of the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- flotation agents, regulators, hydrophobic, sedimentation, enrichment, suyuqlik, Kalit so‘zlar: flotareagentlar, boyitish, appatit, zarracha, bug'latish, adsorbsiya, pulpa, gidrofob, mineral., absorbsiya, xom-ashyo, regulyatorlar, ko'pik, ruda, gidrofil, cho'kish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025