К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘RTA ASRLAR DAVRIDA O‘RTA OSIYODA QURILISH VA ME’MORCHILIK TARIXI

Murodullayeva Aziza Xasanboy qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada O‘rta Osiyodagi eng yirik o‘rta asr shaharlarining qurilish va me’morchilik sohalari haqida fikr va mulohazalar keltirilgan. O‘rta asrlar davri qurilish va me’morchilik sohalari hozirgi davr qurilish va me’morchilik sohalari bilan taqqoslangan. O‘rta asrlar davri tarixi batafsil yoritilgan. Kalit so‘zlar: Me’morchilik, ganjkorlik, maqbara, xonaqoh, svilizatsiya, masjid. O‘rta asrlar me’morchiligi o‘zining o‘ziga xos uslubi, konstruktiv yechimlari va estetik xarakteristikasi bilan ajralib turadi. Bu davrda yaratigan arxitektura yodgorliklari ko‘pincha diniy ahamiyatga ega edi. O‘rta Osiyo me’morchiligi o‘zining noyob tarzida, shakl va ranglarni, geometrik naqshlarni, yozuvlarni va o‘ziga xos minora, masjid va madrasa kabi binolarni yaratish bilan ajralib turardi. Mamlaktimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi, u xalqlarning qonida tarixiy xotirasida saqlanadi, va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash. O‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.” [1] Tariximizni o‘rganar ekanmiz qalbimizni faxr va iftixor tuyg‘usi chulg‘ab olaveradi. Biz shu boy ilmiy tariximizni davrlarga va sanalarga tayangan holda ilmiy manbalar yordamida o‘rganamiz. Shu davrlardan o‘rta asrlar davri tarixiga nazar solsak. O‘rta asrlar tushunchasini dastlab tarix faniga italyan tarixchilar tomonidan olib kirilgan bo‘lib, Yevropadan farqli o‘laroq O‘rta Osiyo mintaqasida milodiy V asrdan XIX asr o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Mazkur davr o‘z navbatida ilk, rivojlangan va so‘ngi o‘rta asrlarga bo‘linadi. Ilk o‘rta asrlar davri milodiy V asrdan IX asrgacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda hozirgi O‘zbekiston hududida Choch, Farg‘ona, Ustrushona, Sug‘d, Buxoro, Toxariston va Xorazm kabi tarixiy madaniy viloyatlar mavjud bo‘lgan. Bu tarixiy viloyatlarning aholisi hunarmandchilik, kulolchilik, savdo-sotiq xususan qurilish va me’morchilik sohalari bilan shug‘ullangan. Ushbu davrda mavjud bo‘lgan Farg‘ona vodiysida Axsikent, Quva, Ajinatepa, Zarafshon vodiysida Afrosiyob, Varaxsha, Toshkent vohasida Mingo‘rik, Binkat, Tunkat, Banokat, Nukat, Kavardon, Chochtepa, Xonabodtepa kabi qadimgi qo‘rg‘on va shahar harobalari qad rostlagan.[2] Rivojlangan o‘rta asrlar davri milodiy IX asrdan XVI asrgacha bo‘lgan tarixiy https://scientific-jl.com/new 44 33 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS davrni o‘z ichiga oladi. Rivojlangan o‘rta asrlar davri mahalliy mustaqil feodal hokimliklar o‘rnida yagona markazlashgan feodal davlat tashkil topishidan to temuriylar davlati inqirozigacha davom etadi. Bu davrni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan 2 ta taraqqiyot va 1 ta inqiroz bosqichiga bo‘lish mumkin. Birinchi taraqqiyot bosqichining xronologik doirasi IX – XIII asr boshlarini o‘z ichiga oladi. Bu davrda qurilish va me’morchilik sohalari ham yaxshi rivojlangan. Bu davrda Minorai Kalon, Vobkent minorasi, Ismoil Somoniy maqbarasi, O‘rta asrlar davri aholisining uylari hovlili, bolahonali va darvozali qilib qurilgan. Qurilshda xom g‘isht va paxsadan foydalanilgan. Pishgan g‘isht uylarning poydevorlariga va hovlining sahniga ishlatilgan. Qasr, masjid, madrasa va boshqa binolar peshtoq ustunli, gumbaz shaklida barpo etilgan. Me’morchilikda jome masjidlari qurilishiga alohida ahamiyat qaratilgan. Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent va boshqa yirik shaharlarda bunday masjidlar mahobatli qilib qurilgan. Bular jumlasiga Bibixonim va boshqa masjidlarni kiritish mumkin. Amir Temur va temuriylar davrida ham qurilish va me’morchilik sohalariga alohida ahamiyat berilgan. Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasi, Oqsaroy majmuasi, Bibi-Xonim jome masjidi, Ulug‘bek rasadxonasi, Samarqand, Buxoro, G‘ijduvon madrasalari me’morchilikning rivojlanganligidan dalolat beradi. Temuriylar davrida shaharsozlikda me’moriy an’analar yangi uslublar bilan boyitildi. Bu davrda shaharlar tarxi to‘rtburchak bo‘lib, mustahkam mudofa devoriga burj va darvozalarga ega bo‘lgan. Har bir shaharda ark va hisor bo‘lgan. Shahar markazida usti yopiq savdo gumbazlari bo‘lgan. Barcha masjid, madrasa, xonaqohlar gumbaz shaklda turli xil naqshlar bilan beztilgan holda bunyod etilgan. Bular jumlasiga Bibi xonim masjidi, Shohi zinda yodgorligi, Go‘ri Amir ansamblining asosiy qismi, Shahrisabzdagi Oqsaroy, Jahongir maqbaralarini misol qilishimiz mumkin. Bu inshootlar Amir Temur davrida qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan inshootlar hisoblanadi. Temuriylar davrida maqbaralar qurilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu davrda qurilgan maqbaralar bir xonali va ikki xonali binolardan iborat holatda qurilgan. Bir xonali maqbaralarning ikkita turi bo‘lib, ularning biri chorvoq ko‘rinishidagi bino bo‘lib, ularning to‘rt tarafi ham bir xilda quriladi. Ikkinchisi gumbazli va peshtoqli binolar bo‘lib, ularning kirish qismiga peshtoq quriladi. Ularning go

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘rta Osiyodagi eng yirik o‘rta asr shaharlarining qurilish va me’morchilik sohalari haqida fikr va mulohazalar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘rta Osiyodagi eng yirik o‘rta asr shaharlarining qurilish va me’morchilik sohalari haqida fikr va mulohazalar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
masjid., Kalit so‘zlar: Me’morchilik, xonaqoh, svilizatsiya, ganjkorlik, maqbara
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники