Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZIRA O’SIMLIGINI OZIQ OVQAT MAHSULOTI SIFATIDA SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINING AMALIY AXAMIYATI
Доцент KГTУ З.Д. Холмуродова · студентка группы ООТ-- Н.А. Шерова
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
Many plant species belonging to the Apiaceae family are distinguished from other members of the family by the presence of essential oils. One of the members of this family, cumin, has also retained this property and can be widely used in medicine and folk medicine. Modern studies have also shown that cumin has many https://scientific-jl.com/new 99 00 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS beneficial effects on health, including facilitating digestion and reducing food-borne infections. Keywords: Apiaceae, magnoliaceae, bunch, bunium persicum, quercetin, kaempferol, flavonoids, coumarins, umbelliferone, scopoletin. Kirish. Ziradoshlar, soyabonguldoshlar (Apiaceae) - ikki urugʻpallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Asosan, bir yillik yoki koʻp yillik oʻtlardan iborat. Tropik va subtropik mamlakatlarda oʻsadigan ayrim turlari buta, poyasi, asosan, tik o‘sadi. Ko‘pchiligining barglari murakkab, turli darajada qirqilgan. Gullari mayda, oq, koʻkish sariq yoki och qizil rangli, koʻpincha murakkab soyabonsimon toʻpgullarga yigʻilgan. Soyaboni oddiy yoki murakkab, uzunligi. 1 m gacha yetadi. Har bir soyabonda bir nechtadan gul oʻrnashadi. Pishgan mevasi 2 ta mevachaga ajralib, mevabandda osilib turadigan qoʻsh pistachadan iborat. Asosan, Yer yuzining quruq mintaqalarida tarqalgan. 300 ga yaqin turkumi, 3000 dan ortiq turi bor. Oʻzbekistonda 69 turkumi va 198 turi o‘sadi. Ziradoshlarning ayrim turlari (mas, zira, kashnich, sabzi, sumbul, shivit, kovrak, arpabodiyon, alkor va b.) tarkibida (koʻpincha, meva va barglarida) hilma xil efir moylari boʻlganligi uchun ulardan qadimdan foydalanib kelinadi. Bu o‘simlikdan tibbiyot, parfyumeriya va oziqovqat sanoatida ishlatiladi. Baʼzi turlari (mas, sassiqalaf) zaharli, baʼzilari ekinlar orasida begona oʻt sifatida o‘sadi. ZIRA (Bunium persicum) - ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik xushboʻy ziravor oʻsimlik. Boʻyi 40-60 sm. Poyasining yarmidan yuqorisi shoxlangan. Ildizi tugunakli. To‘pbarglari uzun bandli, poyadagilari bandsiz. Bargi ipsimon boʻlaklarga boʻlingan. Gullari oq, mayda, har bir soyabonchada 20-30 tadan. Iyunda gullaydi, urugʻi iyulda pishadi. Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo adirlarida, togʻ yon bagʻirlarida koʻp oʻsadi. Urugʻi mayda, choʻziq, qoramtirjigarrang, sirti taram-taram, juda xushboʻy. Tarkibida 2,75-3,0% efir moyi bor. Oʻrta Osiyo xalqlari goʻsht tuzlashda, qazi va boshqa ovqatlar tayyorlashda qadimdan keng foydalanib keladi. Zira tarkibi 3-7 % efir moyidan, 12-22 yogʻli moydan, shuningdek, kversetin va kempferol deb nomlanuvchi flavonoidlar, kumarinlar, umbelliferon, skopoletin va boshqa moddalardan iborat. Bundan tashqari unda oqsil 10-23 % va xushboʻy moddalar ham borligi aniqlangan. Xalq tabobatida meʼda kasalliklarini davolashda va siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Shuningdek, ziraning oshqozon gastriti, sariq kasal, ishtahani ochishda, uyqusizlikda, kishilar quvvatini oshirishda juda ham katta foydasi bor. Bundan tashqari oshqozon xastaliklarini davolashda hamda ishtahani ochishda, sanchiqlarni bartaraf etishda, oʻt pufagi va jigar kasalliklarida, shuningdek, yoʻtalni davolashda foydali tabiiy vosita sifatida zira juda ham qadrlanadi. https://scientific-jl.com/new 99 11 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Yuqorida qayd etilganidek, undan choy damlab ichiladi, zirani oʻzini chaynaladi yoki pichoqni uchiga ilingancha yanchilgan zirani isteʼmol qilinadi. Bu foydali hususiyatlarni bilgan holda hozirgi zamon shifokorlari ham zira haqida ijobiy baho berib, haddan tashqari toʻlalikda, meteorizm (qorin dam boʻlishi)da, oshqozon-ichak yoʻllaridagi yengil xastaliklarda, yurak kasalliklarida va emizikli bolalarda ovqat hazm qilish jarayoni buzilganida zirani muayyan tarzda isteʼmol qilish nihoyatda foydali ekanini taʼkidlashadi. Xulosa. Zira o‘simligining foydali hususiyatlari bilan birga salbiy ta’sirlari ham bor bo‘lib, buni ko‘zdan qochirmaslik zarur. Zararli taʼsiri - zira zararsiz mahsulotdir. Lekin boshqa har qanday efir moyi bor shifobaxsh vosita kabi uni isteʼmol qilishdan ehtiyot boʻlish kerak. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.О’.P.Pratov, M.M.Nabiyev O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent 2007. 2.O‘.Pratov, L. Shamsuvaliyeva, E. Sulaymonov, X. Axunov, K.Ibodov, V.Maxmudov Botanika (Morfologiya, anotomiya,, Sistematika, Geobotanika). Ta’lim nashriyoti Toshkent-2010. 3.Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika.T. «O‘qituvchi», 1995 yil. 4.A.S Yuldashev,Sh J Tojiboyev, A.A.Imirsinova, M.U Tojiboyev Botanika Geobotanika asoslari. https://scientific-jl.com/new 99 22 Volume–74_Issue-1_April-2025
Доказательный фрагмент
«Many plant species belonging to the Apiaceae family are distinguished from other members of the family by the presence of essential oils.»
Образец извлечения
Демо-превьюMany plant species belonging to the Apiaceae family are distinguished from other members of the family by the presence of essential oils. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Apiaceae, magnoliaceae, bunch, bunium persicum, quercetin, kumarinlar, to‘pgul, kversetin, umbelliferon, kempferol, Kalit so‘zlar: Apiaceae, magnoliyasimonlar, flavonoidlar, skopoletin.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024