К содержанию
РецензированоUZ2026

MUOMALA MADANIYATINING TIBBIYOTDAGI MUHIM O‘RNI

Kasimova Muxabbat Pirnazarovna

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada muomala madaniyatining tibbiyot sohasidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Sog‘liqni saqlash tizimida bemor va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi samarali muloqot jarayoni davolash samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda tibbiyotda etik muomala qoidalari, shifokor va bemor o‘rtasidagi ishonchning ahamiyati, shuningdek, kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari yoritilgan. Maqolada bemorlarning psixologik holatini inobatga olgan holda muomala madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan. Kalit so‘zlar: muomala madaniyati, tibbiyot, shifokor-bemor munosabatlari, kommunikativ ko‘nikmalar, etik qoidalar, tibbiy etika, sog‘liqni saqlash, psixologik yondashuv. Muomala madaniyati tibbiyot sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, shifokor va bemor o‘rtasidagi ishonchli hamkorlikni ta’minlash, davolash jarayonining samaradorligini oshirish hamda insoniy munosabatlarni mustahkamlashda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Tibbiyot sohasi nafaqat ilmiy bilim va tajribaga, balki insoniylik, e’tibor, hurmat va sabr-toqat kabi fazilatlarga ham tayanadi. Zamonaviy tibbiyotda bemorlarning ruhiy holatini tushunish, ularning tashvish va muammolariga quloq tutish muhim sanaladi. Shifokorlarning odob-axloqi, muloqot madaniyati va professionalligi tibbiy xizmat sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli, tibbiyot xodimlari uchun faqat kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish emas, balki insonlar bilan muloqot qilish, ularning hissiy holatini tushunish va to‘g‘ri yondashuvni tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Madaniyat va ma’naviyat tushunchalari zohiriylik bilan botiniylikning real ko’rinishidir. Madaniyat biz fikr yuritmoqchi bo’lgan muammoning tashqi tomoni bo’lsa, ma’naviyat esa ichki tomonidir. Madaniyat inson ichki dunyosining, xususan, yetuk tafakkur taraqqiyotining mahsulidir. Ma’naviyat madaniyatning ta’siri ostida shakllanib boradigan, insonni ruhan poklanish , qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining me’zonidir. Xullas, o’zida chuqur, keng qamrovli ma’no-mazmunni mujassam etgan bu tushunchalar o’rtasida https://scientific-jl.com/new 11 44 33 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS o’zao aloqadorlik mavjud. Chunki madaniyat tushunchasi, keng ma’noda, insoniyat aqli-zakovati va tafakkurining yutuqlarini, tor ma’noda esa, uning hayot tajribasi asosida vujudga kelgan, yuksak insoniy malaka va ko’nikmalarni, xatti-harakat va faoliyat turlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat esa insonni inson qiladigan , uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog’liq bo’lgan, insonning hayotidagi g’oyaviy, diniy va axloqiy qarashlarini o’zaro to’liq mujassam etadigan tushunchadir. Madaniyatning ham, ma’naviyatning ham umumiy tomonlari bor. Ularning umumiy tomoni ijtimoiy mazmun kasb etishi bo’lsa, xususiy tomoni, muayyan shaxs dunyosida, xulq-atvori va faoliyat natijalarida namoyon bo’lishidir. Odob qoidalariga amal qilish xulq-atvor madaniyatining muhim elementidir. Shini alohida qayd etish lozimki, bu holatni hamma kishilar bir xil qabul qila bilmaydilar. Ba’zilar uni inson ma’naviy boyligidan yuqoriroq o’ringa qo’yib “mustahkam va mutlaq” bo’lishini talab qiladilar. Ba’zi bir odob himoyachilari esa,turli xil qoidalar to’plamlaridan hayotning har xil holatlari uchun xulq-atvor to’g’risidagi tayyor yo’l-yo’riqlarni qidiradilar. Boshqa birovlari esa odob qoidalariga nopisand ko’z bilan qarab, ularni muomalani erkin bo’lishiga xalaqit beruvchi ortiqcha shart va takalluf deb hisoblaydilar. Ko’rininb turibdiki, har ikki nuqtai nazar ham noo’rin. Odob qoidalariga insonlar qanday munosabatda bo’lmasinlar , ular har qaysi madaniyatda ham mavjuddir va uning mazmuni kishilar o’rtasidagi muomalaga ko’mak berishdan iboratdir. Odob qoidalarida kishilarga e’tibor va hurmat belgilarining jami ifoda etilgan. Ular asrlar davomida kishilarning muomala jarayonini osonlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan xulq-atvorning ko’pginanormalarini o’zida mujassam etgan. Psixologlarning aytishicha, har jihatdan bir xil bo’lgan ikki kishini topish qiyindir. Bu gap madaniyat darajasini aniqlashga taalluqlidir. Hatto asosiy madaniy boyliklarga ham kishilar turlicha nazar bilan qaraydi, turlicha fikrlaydi, his etadi, bir-biriga murojaat qiladi. Bu tabiiydir, chunki madaniyatning o’zi beqiyos darajada turli-tuman, uning boyliklari esa g’oyat katta, kishilar hayyoti va tarbiyasining sharoitlari esa xilma-xil. Muomala madaniyati tibbiyot sohasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bemor va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi samarali muloqotni ta’minlash, davolash jarayonining muvaffaqiyatli kechishi hamda bemorning psixologik holatini yaxshilashga xizmat qiladi. Quyida muomala madaniyatining tibbiyotdagi asosiy jihatlari haqida so‘z yuritamiz. Tibbiyotda muomala madaniyatining ahamiyati  Ishonchni shakllantirish – Shifokorning bemor bilan samimiy va hurmatli munosabatda bo‘lishi, bemorning ung

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada muomala madaniyatining tibbiyot sohasidagi ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada muomala madaniyatining tibbiyot sohasidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shifokor-bemor munosabatlari, kommunikativ ko‘nikmalar, tibbiy etika, Kalit so‘zlar: muomala madaniyati, sog‘liqni saqlash, psixologik yondashuv., etik qoidalar, tibbiyot
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники