К содержанию
РецензированоUZ2026

KIYINISH MADANIYATINING TIBBIYOTDAGI MUHIM O‘RNI

Mirzaxmetova Sevara Utkurovna

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tibbiyot sohasida kiyinish madaniyatining ahamiyati tahlil qilinadi. Kiyim-kechak shifokorlar, hamshiralar va boshqa tibbiyot xodimlarining kasbiy imidjini shakllantirish bilan birga, gigiena, xavfsizlik va bemorlarga nisbatan ishonch muhitini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, maqolada maxsus tibbiy kiyimlarning funksional jihatlari, infektsiyalarni oldini olishdagi o‘rni va kasbiy etikaga ta’siri haqida so‘z boradi. Kiyinish madaniyati nafaqat tashqi ko‘rinish masalasi, balki tibbiyot xodimlarining mas’uliyati va kasbiy yondashuvini ham aks ettiruvchi muhim omildir. Kalit so‘zlar: Tibbiyot, kiyinish madaniyati, tibbiy forma, gigiena, xavfsizlik, kasbiy imidj, infektsiya nazorati, etik me’yorlar, bemor ishonchi, tibbiyot xodimlari. Tibbiyot sohasida kiyinish madaniyati nafaqat tashqi ko‘rinish, balki bemorlar bilan o‘zaro munosabatlar, kasbiy etikaga rioya qilish va ishning samaradorligini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Tibbiyot xodimlarining kiyimlari ularning kasbiy malakasini, mas'uliyatini va bemorlarga bo‘lgan ishonchini aks ettiradi. Tibbiy kiyim-kechakning to‘g‘ri tanlanishi va uning gigienik jihatlari bemorlarni infektsiyalardan himoya qilish, xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, tibbiyot xodimlarining kiyinish madaniyati, kasbiy me’yorlarga rioya qilish va muhitda sifatli xizmat ko‘rsatishning ajralmas qismi bo‘lib, tibbiyot sohasining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada kiyinish madaniyatining tibbiyotdagi o‘rni va uning bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun qanday foyda keltirishi haqida so‘z yuritiladi. Kiyinish madaniyati tibbiyot sohasida muhim rol o'ynaydi, chunki u bemorlar uchun nafaqat fiziologik, balki psixologik ahamiyatga ham ega. Kiyinishning tibbiyotdagi o'rni quyidagi jihatlarda ko'rinadi: Gigiena va xavfsizlik: Tibbiyot muassasalarida to'g'ri kiyinish (kabi: steril kiyimlar, shaxsiy himoya vositalari) infeksiya xavfini kamaytirishga yordam beradi. Tibbiyot xodimlari va bemorlar orasida yuqishi mumkin bo'lgan kasalliklarni oldini olish uchun bu juda muhimdir. https://scientific-jl.com/new 11 44 66 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Professionalizm: Tibbiyot xodimlarining kiyinish uslubi ularning kasbiy ma'naviyati va o'z vazifalariga qanchalik jiddiy yondoshuvlarini ko'rsatadi. Professional kiyimlar, masalan, shifokorlar uchun lab coat yoki hamshiralar uchun maxsus formalar, ularga ishonch va hurmat keltiradi. Bemorlarning psixologik holati: Kiyinish bemorlarning hissiy holatiga ta'sir qiladi. Bemorlarga iliq va qulay muhit yaratish uchun, shifokorlar va tibbiyot xodimlari doimo toza, tartibli va professional ko'rinishda bo'lishlari kerak. Bu bemorlar o'zlarini xavfsiz his qilishlariga yordam beradi. Kiyinish madaniyati: Har bir mamlakat yoki mintaqada kiyinish madaniyati o'ziga xosdir. Tibbiyot sohasida kasalliklar va muolajalarga bo'lgan munosabat madaniy differensiyalashgan kiyinish, umuman olganda, bemorlar bilan muloqotda muhim ahamiyatga ega. Muloqot va ishonch: Kiyinish va tashqi ko'rinish tibbiyot xodimlari va bemorlar o'rtasida ishonchni o'rnatishga yordam beradi. Bemorlar shifokorlarga va tibbiyot xodimlariga ishonishsa, ularning sog'lig'i bilan bog'liq qarorlar qabul qilishda osonlik bilan ishtirok etishadi. Umuman olganda, kiyinish madaniyati tibbiyot da muhim aspekt hisoblanadi. Bu bemorlar uchun nafaqat fiziologik, balki hissiy va ijtimoiy tarafdan ham ahamiyatga ega. Tibbiyot vakillarining kiyinish odobi, tibbiy deontologiyasi va madaniyati nizomi. "Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiyot davolash-profilaktika hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muasassalari, tashkilot, korxonalar xodim, talabalar va abituriyentlarning tibbiy deontologiyasi va madaniyati to‘g‘risida"gi.  Mazkur Nizomning maqsadi – vazirlik tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiyot davolash-profilaktika hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muasassalari, tashkilot va korxonalar (bundan keyin–muassasa) uchun tartibli kiyinish me’yorlarini belgilash, shuningdek, deontologik nuqtayi nazardan sog‘lom ma’naviy, ijtimoiy- psixologik muhit barqarorligini ta’minlash, kasbga nisbatan va o‘zaro hurmat munosabatlarini mustahkamlashdan iborat.  Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustdagi "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" hamda Tibbiyot ta’limi muassasalarida amaldagi "Odob-axloq qoidalari"ga muvofiq ishlab chiqilgan.  Ushbu Nizomning talablari barcha tibbiyot xodimlari, professor-o‘qituvchi, xodim (xona mudirlari, laborantlar, kotibalar, bo‘lim xodimlari) hamda talabalar uchun majburiy hisoblanadi. 1. Nizomda ko‘rsatilgan "qoidalar" tashkilot ichki me’yoriy hujjatlariga kiritilishi shart. https://scientific-jl.com/new 11 44 77 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS Muasassa xodim va talabalarning muomalasi va kiyinishiga qo‘yiladigan talablar.  Dunyo miqyosida qabul qilingan xizmat protokoli qoidalariga

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tibbiyot sohasida kiyinish madaniyatining ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tibbiyot sohasida kiyinish madaniyatining ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kasbiy imidj, xavfsizlik, etik me’yorlar, infektsiya nazorati, tibbiyot xodimlari., bemor ishonchi, gigiena, Kalit so‘zlar: Tibbiyot, kiyinish madaniyati, tibbiy forma
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники