К содержанию
РецензированоUZ1954

KUTUBXONALARDA FONDLARINI SAQLASH ISHLARINI TASHKIL QILISH.

KUTUBXONALARDA FONDLARINI SAQLASH · ISHLARINI TASHKIL QILISH. · Xudoyqulova Nodira Murodovna

Журнал инноваций нового века · 1954

Аннотация

Ushbu maqolada axborot-kutubxona fondlari va ularni saqlash,shart-sharoitlari va saqlash gigiyenasi talablari haqida so’z boradi Kalit so’zlar: kutubxona, kitob, fond, asrash, ishlov berish,harorat, namlik, yorug’lik Maʼlumki, kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun maʼnaviyat va maʼrifat o‘chog‘i bo‘lib xizmat qilgan.Kitob insoniyat tarixida eng muhim ma’naviyat va bilim manbalaridan biri hisoblanadi. U insonni ma'naviy boyitadi, tafakkurini o‘stiradi va dunyoqarashini kengaytiradi. Kitobga bo‘lgan ehtirom har bir kitobxonning burchidir. Kitob – insoniyatning eng buyuk ixtirolaridan biri bo‘lib, u bizga bilim, tajriba va ilhom bag‘ishlaydi. Kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish va uni avaylab-asrash bizning burchimizdir. Har bir inson kitobni qadrlashi, undan to‘g‘ri foydalanishi va keyingi avlodga yetkazishi kerak. Shuning uchun ma’naviy boyligimiz boldan kitobni asrash avaylashdek ma’suliyatli vazifa kutubxona sohasi xodimlarini asosiy vazifasi hisoblanadi.Axborot-kutubxona sohasida faoliyat yurituvchi har bir mutaxassis kutubxona fondini shakllantirish, kutubxona fondini joylash va saqlashni meyyorlarini bilish va bu meyyorlarga amal qilishi lozim. Kutubxona fondlari nodir ma’naviy-moddiy boyliklar saqlanadigan muassasa hisoblanadi. Shuning uchun ham fondni saqlash kutubxona xodimning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida to‘plangan kitob kitob boyliklarini uzoq vaqt asl holida saqlab, avlodlarga yetkazish soha xodimlarini ma’suliyatli vazifasi hisoblanadi. Kitob boyligini saqlash jahonning barcha xalqlari uchun katta ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega. 1954-yilda YUNESKO tashabbusi bilan Gaaga shahrida chaqirilgan hukumatlararo konferensiyada madaniy boylikni asrash bo‘yicha konvensiya qabul qildi. Ana shu konvensiyaga muvofiq boshqa madaniy boyliklar qatori kutubxona fondlari ham ularni yo‘qotib yuborish yoki biron-bir shaklda qonunsiz o‘zlashtirish xavfi tug‘ilgan hollarda xalqaro himoyaga olinadi. Fondlarning to‘kisligiga ularni asrash, to‘gri saqlash hamda shikastlanish omillarini bartaraf qilish orqali erishiladi. Fondni asrash deganda, kutubxona fondlari profilaktikasi hamda uning to‘kisligini muhofazalashga oid tadbirlar majmui tushuniladi. To‘g‘ri saqlash – bu fondni qulay fizikaviy-ximiyaviy sharoitlar va biologik rejimda maxsus jihozlangan binoda asrash demakdir. 1962-yilda barcha kutubxonalar uchun majburiy bo‘lgan “Kitob fondlarining saqlanishi to‘g‘risida yo‘riqnoma” qabul qilindi. Fondlarni saqlashga ta’sir qiladigan omillar. Kutubxonalar fondini uzoq vaqt asrash ayni paytda kitob va boshqa hujjatlar tayyorlanadigan materiallarning mexanik jihatidan mustahkam va biologik barqaror bo‘lishini hamda ularni o‘g‘irlanish va https://scientific-jl.com/new 22 00 33 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS nobud bo‘lishdan saqlashni nazarda tutadi. Quyida kutubxonada fondlarini saqlashning bir qancha omillari mavjud : 1.Ijtimoiy omillar. -Kutubxonachi va kitobxonlarda kutubxona fondining saqlanishi uchun javobgarlik hissini tarbiyalash; -Asrashning to‘g‘ri, mikromuhit rejimini yaratish; -Adabiyotlarni qabul qilish, ularni berish va nazorat qilish; -Injenerlik-texnikaviy uskunalar (elektr qurilmalar, shamollatgich, suv, quvur, kanalizatsiya tizimlari va boshqalar) ning to‘g‘ri ishlatilishini hamda yong‘in xavfsizligi ustidan doimiy nazorat; -Fondni hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa kitob zararkunandalaridan biologik himoya qilish. Hujjatlarni saqlash tartibi 1. Hujjatlarni saqlash tartibi yorug’lik, harorat-namlik va sanitariya-gigiyena tartiblarining normative parametrlarini saqlashni taminlaydi. 2. Yorug’likda saqlash tartibi 3. Hujjatlar qrong’ulikda yoki tarqoq yorug’lik bilan yoritilgan holda saqlanadi. Hujjatlarni quyoshning tik nurlari bilan yoritilishuga yo’l qo’yilmaydi. 4. Saqlash chog’ida hujjatlar yuzasida yoritilganlik normasi 75 lk dan, ko’rgazmaga qo’yilganda ko’rik paytida 150 lk dan ko’p bo’lmaydi. 5. Yorug’lik manbalari to’lqin uzunligi 400 hm dank nm bo’lmagan va 760 nm dan ko’p bo’lmagan optik nurlanishni taminlashi kerak. 6. 2-5 bo’yicha normalarga rioya etish yopiq holda ishlangan yoritgichlardan foydalanish va har xil turdagi yorug’likdan himoyalovchi qurilmalarni qo’llash orqali taminlanadi 7. Yoritish uchun ultrabinafsha nurlanishdan himoyalovchi va issiqlik yutuvchi filtrli lampalar yoki optik-tolali yoritish tizimlaridan foydalanish kerak. 8. Yoritgichlardan hujjat yuzasigacha bo’lgan masofa 0.5 m dan kam bo’lmaydi. 9. Yoritkichlarning konstruksiyasi yong’in jihatidan xavfsiz bo’lishi va lampaning tushib ketishi va mexanik shikastlanishdan saqlashi kerak. 10.Ko’rgazmaga qo’yilgan vaqtda yorug’lik asboblarini vitrina ichiga o’rnatishga yo’l qo’yilmaydi. Keluvchilar yo’qligida vitrinalari yorug’li o’tkazmaydigan pardalar bilan yopiladi.Ikkita yonma-yon standart kitob javonlarini yoritish uchun alohida uzgich o’rnatiladi. 11.Hujjatlar saqlanadigan xonaga kirishdan oldin barcha yoritish manbalari va elektr u

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada axborot-kutubxona fondlari va ularni saqlash,shart-sharoitlari va saqlash gigiyenasi talablari haqida so’z boradi Kalit so’zlar: kutubxona, kitob, fond, asrash, ishlov berish,harorat, namlik, yorug’lik…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada axborot-kutubxona fondlari va ularni saqlash,shart-sharoitlari va saqlash gigiyenasi talablari haqida so’z boradi Kalit so’zlar: kutubxona, kitob, fond, asrash, ishlov berish,harorat, namlik, yorug’lik… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
harorat, fond, yorug’lik, kitob, namlik, Kalit so’zlar: kutubxona, ishlov berish, asrash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники