К содержанию
РецензированоUZ2026

SUD -GISTOLOGIYA BO‘LIMIDA LABORANTNING ISH KUNI

Yusupxo‘jayeva Mahliyo Axrolxo‘ja qizi

Журнал инноваций нового века · 2026

Аннотация

Maqolada sud-tibbiy ekspertiza gistologik laboratoriyasi laborantlarining mashaqqatli mehnati, ularni sud-tibbiyotidagi o‘rni va axamiyati haqida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: sud-tibbiy ekspertiza, gistologik laboratoriya, ashyoviy dalillar, gistologik bo‘yash usullari. Kirish. Sud tibbiy ekspertiza amaliyotida laboratoriyalarning axamiyati juda katta, ayniqsa sud-gistologiya laboratoriyasining natijasisiz sud tibbiy tekshiruv xulosasini tassavur qilish qiyin. Sud-gistologiya tekshiruvi- murakkab jarayon bo‘lib, unda laborantlarning o‘rni beqiyosdir. Sud - gistologik tekshiruvni aniq va asosli chiqishida laborantlarning ishni to‘g‘ri olib borish metodikasi juda muxim hisoblanadi. Amaliyot. Sud-gistologiya tekshiruvining asosiy usuli mikroskop ostida ko‘rishdir. Zamonaviy mikroskoplar ho‘jayra va to‘qimalarning nozik tuzilishlarini hamda ulardagi morfologik o‘zgarishlarini o‘rganishga imkon beradi. Laborantning ish kuni ashyoviy dalillar ( ichki a’zolar bo‘lakchalari) va ilova xujjatlarini qabul qilishdan boshlanadi: sud-gistologiya bo‘limida laborantlar ashyoviy dalillarni belgilangan qoida va me’yorlarga amal qilgan xolda qabul qilib oladilar. Ichki a’zolar fiksatsiyalovchi suyuqlikda (10-12 % neytral formalin eritmasida) zich yopilgan, standart bo‘yicha olingan yoki olinmaganligiga, uning qadoqlanishiga, maxsus idishlarga joylanganligiga, yorliq ma’lumotlariga va undagi ma’lumotlari yo‘llanmadagi ma’lumotlari bilan bir xilda ekanligiga e’tibor bergan xolda qabul qilib olinadi. Cho‘kish bilan bog‘liq bo‘lgan xolatlarda laborant “diatom-plankton“ tekshiruviga olib kelingan bioobyektlarni, ya’ni ichki a’zo bo‘laklarini, ko‘zdan kechirish jarayonida har birini alohida idishlarda olib kelinganligiga va ularni to‘g‘ri qadoqlanganligiga ahamiyat beradi. Ekspert-gistolog tekshiruvi uchun preparatlar tayyorlash jarayonida laborantlar “Sud-tibbiy ekspertizalari uchun amallarni bajarish yo‘riqnomasi”ga binoan bir necha bosqichlarni amalga oshiradilar: ro‘yxatga olish jurnaliga barcha ma’lumotlarini to‘liq qayd etishi lozim, qoidalarga muvofiq 10-12% formalin eritmasida 48 soat davomida ichki a’zolarni fiksasiya qilinishi, spirt (70-96%) va xloroform eritmalarida suvsizlantirish jarayonini amalga oshirish. Mahsus bo‘tqa (parafin + xloroform 1:1 nisbatda) va parafinda ishlov berish va parafin bloklarni https://scientific-jl.com/new 22 00 77 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS muzlatkichda muzlatish. Parafin bloklarni mikrotom apparatida kesib, kesmalarni predmet oynachalariga olib, gematoksilin va eozin bo‘yog‘ida bo‘yash, polistirol tomizib yopgich oynacha bilan yopish va tayyor preparatni eskpert tekshiruviga taqdim etishdan iboratdir. Bundan tashqari sud-gistologiya bo‘limida qo‘shimcha, ya’ni selektiv bo‘yash usullari amalga oshiriladi. Bularga quyidagilar kiradi: Romanoviskiy-Gimza (anafilaktik shokkni aniqlash) usuli, Sudan III (yog‘li emboliyani aniqlash, Li usuli - yosh insonlarda yurakni o‘tkir ishemik kasalligiga shubxa bo‘lgan xolatlarda GOFP ( gematoksilin, fuksin va pikrin ksilota) bo‘yatgichlari yordamida miokard kesmalari bo‘yaladi, Van-Gizon, Perls usullari. Laborant bo‘limda eskpert tekshiruvi boshlangandan to tugaguniga qadar barcha ma’lumotlarini yozishi, ekspert nazorati ostida dalolatnomalarni chop etishi, haftalik, oylik, chorakdagi hisobotlarni bajarishi va ekspertga taqdim etishi darkor. Asbob- uskunalar (mikrotom, sentrifuga, termostat, kimyoviy kolbalar va probirkalar) va reaktivlar (turli hil kislotalar, bo‘yoqlar va eritmalar) bilan ishlash jarayonida laborant o‘ta extiyotkor va xushyor bo‘lib ishlashi lozim. Laborator va shisha idishlarni avaylab-asrab ishlatishi kerak. Laboratoriyada ishlash jarayonida texnika xavfsizlik qoidalariga va maxsus kiyingan xolda ish olib borishi kerak. Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ko‘rib turganingizdek, laboratoriyalarda va sud-gistologiya tekshiruvi jarayonida laborantlarning o‘rni o‘ta muhimdir. Ular dastlabki tekshiruv jarayonini amalga oshiradilar va bu orqali ekspert tekshiruvlariga poydevor vazifasini yaratadilar. Laborantlarning aqliy salohiyati, bilim darajasi, kasbiy mahoratining yuqori bo‘lishi ekspertiza tekshiruvlarini aniqligi va ishonchliligini oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Barcha turdagi sud-tibbiy ekspertilar uchun Amallarni bajarish yo‘riqnomalari (ABY) – Toshkent 2014 yil; 2. Sud-tibbiy ekspertiza va tekshiruvlarni o‘tkazish standartlari – Toshkent 2015 yil; 3. O‘zbekiston Respublikasida sud-tibbiy ekspertiza faoliyatini belgilovchi me’yoriy hujjatlar – Toshkent 2012 yil; 4. “Sud tibbiyoti”, Z.A.G‘iyosov, Toshkent Global books 2018. https://scientific-jl.com/new 22 00 88 Volume–74_Issue-1_April-2025

Доказательный фрагмент

«Maqolada sud-tibbiy ekspertiza gistologik laboratoriyasi laborantlarining mashaqqatli mehnati, ularni sud-tibbiyotidagi o‘rni va axamiyati haqida so‘z yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada sud-tibbiy ekspertiza gistologik laboratoriyasi laborantlarining mashaqqatli mehnati, ularni sud-tibbiyotidagi o‘rni va axamiyati haqida so‘z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ashyoviy dalillar, Kalit so‘zlar: sud-tibbiy ekspertiza, gistologik bo‘yash usullari., gistologik laboratoriya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники