Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXIGA DAXLDORLIK MASALASI
Azimov Muhammadi Azim o‘g‘li · SDVMCHBU TF o‘qituvchisi · Berdirasulova Shoxsanam Uchqunovna
Журнал инноваций нового века · 2026
Аннотация
This article analyzes the scientific and theoretical foundations of the issue of involvement in Uzbekistan’s modern history, its social and political aspects, and its role in society. Furthermore, by comparing it with the experiences of other countries, conclusions are drawn about how this process is unfolding in Uzbekistan. The significance of this study lies in the fact that it influences not only the formation of historical consciousness but also the attitude of future generations toward national heritage. Keywords: involvement, historical consciousness, national identity, historical heritage, social consciousness, sociological, subsidy, grant, project, development. Аннотация: В данной статье анализируются научно-теоретические основы проблемы причастности в новейшей истории Узбекистана, ее социальные и политические аспекты, а также роль в обществе. Кроме того, на основе сравнения с опытом других стран делаются выводы о том, как этот процесс протекает в Узбекистане. Значимость данного исследования заключается в том, что оно влияет не только на формирование исторического сознания, но и на отношение будущих поколений к национальному наследию. Ключевые слова: причастность, историческое сознание, национальная идентичность, историческое наследие, социальное сознание, социологический, субсидия, грант, проект, развитие. Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonning eng yangi tarixida daxldorlik masalasining ilmiy-nazariy asoslari, uning ijtimoiy va siyosiy jihatlari hamda jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, boshqa mamlakatlar tajribasi bilan solishtirish asosida O‘zbekistonda bu jarayon qanday kechayotgani haqida xulosa chiqariladi. Mazkur tadqiqotning ahamiyati shundaki, u nafaqat tarixiy ongning shakllanishiga, balki kelajak avlodlarning milliy merosga bo‘lgan munosabatiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.. Kalit so‘zlar: daxldorlik, tarixiy ong, milliy identifikatsiya, tarixiy meros, ijtimoiy ong, sotsiologik, subsidiya, grant, loyiha, taraqqiyot Kirish. Hozirgi rivojlanayotgan davrda har bir jamiyat o‘z tarixiy merosini anglash va unga bo‘lgan munosabatini shakllantirishga intilmoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tarixiy adolatni tiklash va milliy ongni mustahkamlash https://scientific-jl.com/new 22 22 22 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS borasida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirdi. Shu nuqtayi nazardan, daxldorlik masalasining o‘rganilishi nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Tadqiqotning asosiy maqsadi O‘zbekistonning eng yangi tarixida daxldorlik tushunchasining mohiyatini ochib berish va uning jamiyat rivojiga ta’sirini o‘rganishdan iborat. [4]Ushbu maqsad doirasida quyidagi vazifalar belgilandi: Daxldorlik tushunchasining nazariy asoslarini tahlil qilish; Mustaqillikdan keyingi tarixiy jarayonlarda daxldorlikning o‘rni va ahamiyatini yoritish; Xorijiy tajribani tahlil qilish va O‘zbekiston bilan taqqoslash; Milliy identifikatsiya va fuqarolik ongini shakllantirishdagi tarixiy ongning rolini aniqlash. Tadqiqot O‘zbekiston tarixining eng yangi davrida daxldorlik tushunchasining ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini kompleks o‘rganishga qaratilgan. Oldingi ishlardan farqli o‘laroq, bunda milliy o‘zlik, fuqarolik jamiyati va davlat siyosati bilan bog‘liq jihatlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tarixiy-tahliliy, sotsiologik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Tarixiy jarayonlarga oid ma’lumotlar o‘rganilib, milliy va xalqaro tajribalar solishtirildi. Ushbu yondashuvlar orqali O‘zbekistonda tarixiy ong va milliy identifikatsiyani shakllantirish jarayoni ilmiy asosda tahlil qilindi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili qismi. Hozirgi kunda daxldorlik tushunchasi jamiyat a’zolarining o‘z mamlakati, millati va tarixiga nisbatan mas’uliyat va aloqadorlik hissini anglatadi. Bu tushuncha milliy o‘zlikni anglash, fuqarolik burchini ado etish va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, daxldorlik shaxsning jamiyatdagi o‘rni va rolini belgilab, uning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. Yurtimiz tarixida daxldorlik tushunchasi turli davrlarda turlicha talqin etilgan. Amir Temur davrida davlatga sadoqat va milliy birdamlik asosiy qadriyatlar sifatida qaralgan. Sovet Ittifoqi davrida esa daxldorlik tushunchasi kommunistik mafkura doirasida talqin etilib, xalqning umumiy maqsadlar atrofida birlashishi targ‘ib qilingan.[3, 54-57] Mustaqillik yillarida esa milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosni qadrlash va milliy qadriyatlarni tiklash orqali daxldorlik tushunchasi yangi mazmun kasb etdi. O‘zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilashda milliy qadriyatlar va tarixiy merosga tayangan holda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirdi. Masalan, ikki ming o‘n yetti yildan ikki ming yigirma ikkinchi yilgacha bo‘lgan davrda ming to‘qqiz yuz yigirma olti ta maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, besh ming sakkiz yuz yigirma sa
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the scientific and theoretical foundations of the issue of involvement in Uzbekistan’s modern history, its social and political aspects, and its role in society.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the scientific and theoretical foundations of the issue of involvement in Uzbekistan’s modern history, its social and political aspects, and its role in society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- involvement, historical consciousness, national identity, historical, sociological, Keywords: involvement, subsidy, grant, development., social consciousness, historical heritage, project
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025