Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UYALI ALOQA VOSITALARINI KUZATISHNING MAVJUD USULLARI TAHLILI
USULLARI TAHLILI · detector, metallodetektor
Журнал инноваций нового века · 1 · 2026
Аннотация
В этой статье представлен анализ правовых аспектов ограничений на проникновение мобильных телефонов в здания государственных органов в сравнении с развитыми странами и анализ существующих методов отслеживания мобильных телефонов. Также в статье освещается вопрос разработки аппаратно-программного обеспечения детектора, служащего для обнаружения незаконного проникновения смартфонов и других типов устройств-носителей информации в категоризированные объекты. Ключевые слова: информационная безопасность, мобильное устройство, смартфон, внутренний поиск, детектор, металлодетектор, IMEI, SIM-карта, GPS. Annotation: This article presents an analysis of the legal aspects of restrictions on the penetration of mobile phones into government buildings in comparison with developed countries and an analysis of existing methods of tracking mobile phones. The article also highlights the issue of developing hardware and software for a detector that serves to detect illegal penetration of smartphones and other types of media devices into categorized objects. Keywords: information security, mobile device, smartphone, internal search, detector, metal detector, IMEI, SIM card, GPS. Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalarida sezilarli o‘zgarishlar olib kirmoqda. Jamiyat avtomatlashtirishning yuqori darajasiga intilishi axborot texnologiyalarining xavfsizligiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Axborot xavfsizligi, aslida, yangi muammo emas, chunki xavfsizlikni ta’minlash har qanday tizim uchun birlamchi vazifa hisoblanadi. Ammo, himoyalanuvchi obyekt axborot vositasi bo‘lsa, himoyaning mutloq yangi texnologiyalari va usullarini yaratishga to‘g‘ri keladi. https://scientific-jl.com/new 33 33 88 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi № PF-60 sonli “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2022-yil 16-fevraldagi PF-73 sonli “Qurolli Kuchlarda Kiberxavfsizlik tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g’risidagi, 2023 yil 11 sentabrdagi PF- 158 sonli “O‘zbekiston - 2030 strategiyasi to‘g’risida”gi Farmonlarida axborot xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishlarida ustuvor vazifalar belgilangan Ayrim davlat organlariga borilganda telefonni o‘chirib qo‘yish yoki nazorat o‘tish joyida qoldirib ketish so‘raladi. Xo‘sh, bu talab qanchalik qonuniy? Tashkilotlar ob’ekt ichki rejimini o‘zi mustaqil belgilaydimi? Kimlarga davlat organlari binosiga kirish uchun cheklov yo‘q? Ushbu masalaning huquqiy jihatlarini rivojlangan davlatlar bilan taqqoslagan holda tahlil qilamiz. Birinchidan, qonun hujjatlariga muvofiq davlat organi yoki tashkiloti ob’ekt ichki rejimi (ichki tartib tadbirlari va qoidalarini hamda yong‘in xavfsizligini amalga oshirish tartibi)ni o‘zi mustaqil belgilash huquqi berilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2021 yil 20 fevraldagi PQ–4997-son qaroriga muvofiq ob’ekt ma’muriyati kirib-chiqish yo‘riqnomasini o‘zi tasdiqlaydi. Bundan tashqari, ayrim hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonun hujjati bilan ba’zi davlat organlarining binosiga mobil telefonlarni olib kirish yoki undan foydalanish cheklangan. Jumladan, sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 2981, 2018 yil 15 mart) asosan sud binosiga mobil telefon, foto va video qayd etish vositalarini sud majlisida raislik qiluvchining ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi. Biroq ayrim toifadagi shaxslar borki, ularga davlat tashkilotlari binosiga kirish uchun cheklov belgilanmagan. Masalan, advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, protsessual normalarga qat’iy rioya etgan holda sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega. Ikkinchidan, davlat organlari va tashkilotlari joylashgan binolarga shaxsiy mobil telefonlarni olib kirish quyidagi maqsadlarda cheklanadi: ichki va axborot xavfsizlikni ta’minlash; ish yurituvidagi oshkor etilmaydigan ma’lumotlarning butligini saqlash; noto‘g‘ri axborotlarni tarqatilishini oldini olish; boshqa fuqarolarga xalaqit berilishini oldini olish; xodim xavfsizligini ta’minlash va h.k. Davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning axborot maxfiyligini saqlash bilan bog‘liq majburiyatlari mansab yo‘riqnomalari va shu kabi boshqa lavozim vazifalarini belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatib o‘tiladi. Shu sababli tashkilotlar o‘z axborot xavfsizligi siyosatidan kelib chiqib nafaqat tashqaridan tashrif buyuruvchilar, https://scientific-jl.com/new 33 33 99 Volume–74_Issue-1_April-2025 JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS balki o‘z xodimlariga ham ishxonalarda mobil aloqa vositasidan foydalanishga ruxsat berish va aksincha taqiqlash huquqiga ega. Uchinchidan, ijtimoiy muhofaza qilinadigan ob’ektlar, jumladan sog‘liqni saqlash muassasalari, dam olish oromgohlarida ham shaxsiy mobil telefonlarni olib kiri
Доказательный фрагмент
«В этой статье представлен анализ правовых аспектов ограничений на проникновение мобильных телефонов в здания государственных органов в сравнении с развитыми странами и анализ существующих методов отслеживания мобильны…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье представлен анализ правовых аспектов ограничений на проникновение мобильных телефонов в здания государственных органов в сравнении с развитыми странами и анализ существующих методов отслеживания мобильны… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information security, mobile device, smartphone, internal search, ichki qidiruv, Kalit sо‘zlar: axborot xavfsizligi, smartfon, detector, IMEI, metallodetektor, GPS., SIM-karta, mobil qurilma
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияШарипов Миржалол2025