К содержанию
РецензированоEN2025

G.MENDEL QONUNLARI ASOSIDA QISHLOQ XO`JALIGI YANGI NAVLARINI YARATISH METODIKASI.

NAVLARINI YARATISH METODIKASI. · Sadullayeva Dılrabo Mardonovna · Buxoro. O’zbekiston. · Садуллаева Дилрабо Мардоновна

Образовательные инновации и интеграция · 2025

Аннотация

This article shows that the use of genetic methods of Gregor Mendel's laws in the cultivation of agricultural varieties, that is, legume and grain seeds, can serve as a scientific basis for breeding new varieties adapted to life in any environment, resistant to diseases, with high yields and studying the patterns of heredity and variability. Keywords: genetics, heredity, organism, trait, trait, similarity, individuality, offspring. Kirish. Genetika biologik fanlar jumlasiga kirib tirik organizmlaming irsiyat va o‘zgaruvchanligini o‘rganadi. Genetika so‘zi lotincha "geneo" yoki grekcha "geneticos" tug‘ilish va avlod degan so‘zlaridan olingan. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik barcha tirik organizmlarga xos xususiyatdir. Irsiyat tirik organizmlaming oila, avlod, zot, tur va navga mansub bo'lgan hayvon va o‘simliklarning belgi va xususiyatlarini nasldan - naslga o‘tkazish xususiyatidir. Irsiyat tufayli ota-onalar organizmlarining belgi-xususiyatlari nasldan-naslga beriladi. Har bir turdagi qishloq xo‘jaJik o`simliklar navi o‘ziga xos belgi va xususiyatlarga ega. O‘xshashliklarni o‘simliklar va mikroorganizmlar dunyosida ham ko‘rish mumkin. Bug‘doydan bug‘doy, g‘o‘zadan g‘o‘za kelib chiqadi. Наг bir nav o‘sish davrida o‘z sifatini bo‘g‘indanbo‘g‘inga o‘tkazib boradi. Shunday qilib irsiyat har bir organizmning bir xossasi hisoblansa, uning ikkinchi xossasi o‘zgaruvchanlikdir. Irsiyatning asosiy qonuniyatlarini o‘rganish yordamida qishloq xo‘jalik o‘simliklari seleksiyasi uchun ilmiy asos yaratildi. Bu qonuniyatlardan foydalanish yordamida qishloq xo'jalik o‘simliklaming mavjud navlarini yanada yaxshilash hamda yangi navlarini yaratish mumkin. Metod va materiallar. Qishloq xo'jalik o‘simliklarida G.Mendel qonunlar yordamida ko‘pgina foydali xo‘jalik belgilarining nasldan-naslga berilishi xususiyati aniqlandi. Ayniqsa, eksperimental poliploidiya usuli yordamida qishloq xo'jalik ekinlarining ko‘pgina yangi navlari yaratildi. Ularning hujayralarida xromosomalar to‘plamilarining bir necha marta oshishi natijasida o‘simliklaming ontogenetik rivojlanish samarasi va yuqori hosildor bo‘lishi bilan ajralib turadi. Ko‘pgina madaniy o‘simliklar, shu jumladan bug‘doy, no`xat, g`o`za, kartoshka, mevali daraxtlar, sitrus o‘simliklari tabiiy poliploidlar metodining natijasi ekanligini ko`rsatish mumkin. Masalan, triploid qand lavlagi navlarini yaratish tufayli chorva mollari uchun ozuqa bo‘ladigan barg hosili, qand miqdori yetarli darajada ortib yangi natijalar olindi. Keyingi yillarda esa tetraploid javdar, tetraploid yo‘ng‘ichqa hamda no`xat, bug`doy navlari yaratildi va bular asosiy xom-ashyo sifatida oziq-ovqat sanoatiga joriy qilindi. Nōxat navilarini yaratishda G.Mendelning qonunlari doirasidan asosiy genetik metodlarini belgilab berdi. Uning asosiy qonunlari—dominantlik va retsessivlik, segregatsiya va mustaqil ajralish hisoblanib qishloq xo`jaligi yangi navlarni yaratishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. https://scientific-jl.com 1 0 3 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 1. Dominantlik va retsessivlik qonuni. Nōxatning ma'lum bir belgilari (masalan, gulli yoki silliq donlar) dominant va retsessiv allellar orqali uzatiladi. Yangi nav yaratishda kerakli xususiyatlarni tanlash uchun dominant belgilar ustunligini inobatga olish juda muhimdir. 2. Segregatsiya qonuni. Bu qonunga ko‘ra, har bir organizm ota-onadan ikkita allel oladi va ularni keyingi avlodga tasodifiy tarzda uzatadi. Agar seleksioner ma'lum belgilarga ega no`xat navini yaratmoqchi bo‘lsa, bir necha avlod davomida ajralish nisbatlarini kuzatib natijalarni olishi kerak. 3. Mustaqil ajralish qonuni. G.Mendel tajribalarida turli genlar bir-biridan mustaqil holda ajralishi aniqlangan. Masalan, no`xatning don shakli va rangi alohida irsiylanishi mumkin. Bu qonun orqali turli foydali xususiyatlarni birlashtirish mumkin. No`xatda seleksiya jarayoni kerakli belgilarni aniqlash (masalan, hosildorlik, kasalliklarga chidamlilik va hokazo ).Turli xil no`xat navlarini chatishtirish va avlodlarni kuzatish natijasida eng yaxshi o‘zgarishlarni tanlash va nav sifatida mustahkamlash asosida no`xatning yangi navlarini yaratish seleksionerlar uchun aniq yo‘nalish beradi va sifatli hosil olish imkoniyatini oshiradi. Mendel qonunlari asosida yaratilgan nōxat navlari asosan seleksiya orqali olingan bo‘lib, ular turli belgilarga ega. Tajriba va natijalar. Quyidagi nōxat navlari Mendelning genetika qonunlari asosida ishlab chiqilgan: 1. Silliq va burishgan no`xatlar. Mendel oʻz tajribalarida silliq va burishgan no`xat navlarini chatishtirgan. Bugungi kunda: "Progress" – silliq donli, tezpishar va hosildor va"Wrinkled Perfection" – burishgan donli, shirin ta’mli navlar yaratilgan. 2. Erta va kechpishar no`xatlar. Mendelning mustaqil ajralish qonuni asosidagi metodlar orqali hosil qilingan: "Meteor" – erta pishadigan, sovuqqa chidamli va "Alderman" – kechpishar, uzun boʻyli va hosildor navlar yartilgan. 3. Rangi boʻyicha turli xil nōxatlar Mendeln

Доказательный фрагмент

«This article shows that the use of genetic methods of Gregor Mendel's laws in the cultivation of agricultural varieties, that is, legume and grain seeds, can serve as a scientific basis for breeding new varieties adap…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article shows that the use of genetic methods of Gregor Mendel's laws in the cultivation of agricultural varieties, that is, legume and grain seeds, can serve as a scientific basis for breeding new varieties adap… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
genetics, heredity, organism, trait, trait, similarity, individuality, xususiyat, organizm, nasl., o’xshashlik, individual, Kalit so’zlar: genetika, belgi, irsiyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники