Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FONETIKA BO‘LIMINI O‘RGATISHDA INNOVATSION YONDASHUV ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLAR TATBIQI
Janibekova Gulmira Nurilla qizi
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ona tili fanining Fonetika bo‘limini o‘rganishda o‘quvchilarning yodda saqlash va nutqiy ko‘niklamalarini rivojlantirishga yordam beradigan metodlar haqida ma’lumotlar va tavsiyalar berib o‘tilgan. Metodik qo‘llanmani tayyorlash jarayonida fonetika bo‘limining har bir elementiga va o‘rganilishi kerak bo‘lgan jihatlariga alohida ahamiyat berilgan va puxta reja asosida ishlab chiqilgan. Bundan taqshqari ushbu qo‘llanmada o‘quvchilarni kreativ fikrlashga undovchi metodlar ham joy olgan. Metodik qo‘llanmadan joy olgan har bir metodning maqsadi va kutilayotgan natija alohida yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: Nutq tovushlari, tinglab tushunish va farqlay olish ko‘nikmasi, og’zaki va yozma nutq, “Xarita” metodi, “ Rebusga yashiringan sir” metodi, “ Fonetik jadval” metodi, “ Oq sandiq va qora sandiq “ metodi, “ Shirin savollar “ metodi. Kirish(Introduction): Hozirgi kunda globallashuv jarayoni bir muncha tezlashib ketganligini inobatga olgan holda ta’lim tizimi ham o‘z navbatida fanlarni o‘qitishda bir qancha zamonaviy va ilmiy asoslangan, yuqori natijalarni nazarda tutuvchi va ushbu omillarga javob bera oluvchi metodlarga ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Ona tili va adabiyot fani o‘quvchilarning tafakkur qilish qobiliyatini, notiqlik qobiliyatini va aktyorlik qobiliyatini ko‘rsatib berishga, o‘zlari erkin fikrlay olishga va o‘zgalar fikrini tinglashga, fikrlarni yozma va og’zaki nutqda sof va ravon ifoda etishga, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqatda bo‘la oladigan shaxs sifatida kamol topishida asosiy ko‘makdosh bo‘lib xizmat qiladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki ona tili faniga faqatgina fan sifatida emas balki, butun ta’lim tizimini birlashtirib turuvchi ta’limiy jarayon sifatida qarash lozim. Ona tili va adabiyot ta’limini yanada takomillashtirish, bu jarayonda zamonaviy axborot texnologiyalarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga erishish bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida qaralmoqda. Ushbu muammoli vaziyatni hal qilish yo‘lida esa ko‘plab ustoz va murabbiylarimiz fidokorona https://inlibrary.uz 4 7 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi xizmatlari bilan o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida darslarni tashkil qilish jarayonida ko‘plab interfaol metodlar ishlab chiqilmoqda va amalda qo‘llanib kelinmoqda. Ushbu metodik qo‘llanma ham ona tili darslarida o‘quvchilarga fan mavzusi yuzasidan bilim va ko‘nikmalarni puxta egalllash, nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradigan interfaol metodlar asosida ishlab chiqildi. Methods (Usullar): “Ona tili fanining Fonetika bo‘limini o‘qitishning o‘ziga xos jihatlari “ mavzusini o‘rgatish jarayonida yordam beruvchi interfaol metodlardan foydalanish. Ushbu maqolda asosan bir qancha yangi metodlarni o‘ylab topib, amaliyotda sinab ko‘rganlarimni tavsiya qilmoqdaman. Bu metodlar orqali o‘quvchilar yodda saqlash qobiliyatini, nutqiy kompetensiyani va tinglab tushunish qobiliyatini rivojlantiradilar. Shuni alohida ta’kidlab o‘tishni joizki Metodik qo‘llanmadagi barcha interfaol metodlar Fonetika bo‘limiga oid bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun amalda qo‘llanildi. 1.“XARITA” metodi Eng avvalo biz siz bilan Ona tili fanining qanday bo‘limlari borligi va ularning har biri qanday bilimlarni o‘rgatishi haqida quyidagi “ Xarita” Metodi orqali tanishib olamiz. Ushbu metodni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilarning ona tili fanining bo‘limlarini yodda saqlab qolish qobiliyatini mustahkamlash. Bu metodni qo‘llash uchun men muqaddas ona diyorimizning geografik xaritasidan foyfdalanishga qaror qildim, 12 ta viloyat chegarasi asosida 12 ta savol va ushbu xaritadagi hududlar chegarasini esa bo‘limda o‘rganilishi kerak bo‘lgan mavzular xajmiga binoan belgilab chiqdim. O‘quvchilar har bir hududga savolning javobini yozib chiqadilar. Ushbu xaritada Ona tili fanining bo‘limlari belgilab chiqilgan. Endi sizlar bilan quyidagi atamalarga javob topishimiz kerak bo‘ladi? Ushbu tushunchalar va keltirilgan atamalar qaysi bo‘limga tegishli? 1. Til tovushlari va ma’no farqlash ; 2. Atash ma’no, ko‘p ma’no; https://inlibrary.uz 4 8 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi 3. Bitishuv, moslashuv, boshqaruv; 4. Boshiga ko‘taradi, ichiga sig’madi; 5. Tovush o‘zgarishlari, me’yor; 6. Qo‘shib yozish, ajratib yozish; 7. Mustaqil , yordamchi; 8. So‘zlarning kelib chiqish tarixi; 9. Vergul, tire, ikki nuqta; 10. Moyak, shoti, govona; 11. Qaror qilindi, ijro etildi; 12. Tarjima, izoh; 2.“REBUSGA YASHIRINGAN SIR” metodi Fonetika mavzusini mustahkamlash uchun bir nechta metodlarni o‘quvchilar bilan sinab ko‘rdik. Shulardan biri “ Rebusga yashiringan sir” metodi. Bunda o‘quvchilar rebusni yechish orqali savollarga javob topadilar. Rebusdagi * belgisi esa sanog’iga qarab nechta bo‘lsa shu miqdorga teng bo‘lgan tovush va harflarni olib tashlash kerak ekanligi haqidagi eslatma hisoblanadi. Agar so‘z yoki rasm oldidan
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ona tili fanining Fonetika bo‘limini o‘rganishda o‘quvchilarning yodda saqlash va nutqiy ko‘niklamalarini rivojlantirishga yordam beradigan metodlar haqida ma’lumotlar va tavsiyalar berib o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ona tili fanining Fonetika bo‘limini o‘rganishda o‘quvchilarning yodda saqlash va nutqiy ko‘niklamalarini rivojlantirishga yordam beradigan metodlar haqida ma’lumotlar va tavsiyalar berib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “ Shirin savollar “ metodi., og’zaki va yozma nutq, “Xarita” metodi, tinglab tushunish va farqlay olish ko‘nikmasi, “ Fonetik jadval” metodi, “ Rebusga yashiringan sir” metodi, Kalit so‘zlar: Nutq tovushlari, “ Oq sandiq va qora sandiq “ metodi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025