К содержанию
РецензированоUZ2026

BEN JONSON: INGLIZ HAJVIY KOMEDIYASINING ASOSCHISI. “VOLPONE” ASARI MISOLIDA

“VOLPONE” ASARI MISOLIDA · Sherqulova Zulayho Dilshod qizi

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Ben Jonson ingliz adabiyotidagi eng katta dramaturg va hajv ustalaridan biri bo‘lib, uning asarlari zamonaviy komediya, satira va axloqiy adabiyot rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. U Shekspirning zamondoshi bo‘lsa ham, uning yo‘nalishi boshqacha bo‘lib, qat’iy tuzilgan dramaturgiyasi1 va axloqiy hajvlari bilan mashhur. XVII asr ingliz adabiyoti ko’plab yetuk yozuvchilarni o’zida jamlagan katta bir davrdir. Benjamin Jonson o’sha davridayoq “Shekspirdan keyingi ikkinchi ingliz dramaturgi” deya e’tirof etiladi. Ayniqsa, Jonson yaratgan komediyalar va trigokomediyalar2 teatr rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Kalit so’zlar: dramaturgiya, trigokomediya klassitsizm, restavratsiya, kritisizm, ,realizm Jonsonning ta’siri Restavratsiya3 davri komediyasi, XVIII asr ingliz klassitsizmi4 va keyinchalik hatto zamonaviy hajv janriga qadar yetib kelgan.Tomas Kidning “Ispan fojeasi” tragediyasida “Ieronima” rolini ijro etadi va aktyorlik qobiliyati bilan taniqli shaxslar nazariga tushadi. Mashxur prodyusser Flipp Xenslou bilan ham dramaturg sifatida faoliyat olib boradi. Sahnada rol ijro etish qobiliyati bilan cheklanib qolmagan Ben Jonson asta sekin o’zining betatkror sahna asarlarini yaratishga kirishadi. Jonson o‘z asarlarida o‘sha davr jamiyatining nuqsonlarini hajv qilib, odob- axloq masalalariga e’tibor qaratgan. U fransuz va qadimgi rim adabiyotidan ilhomlanib, qat’iy dramatik qurilmalar yaratgan. 1597 yilda yozilgan ilk komediyalaridan biri “Every men in his humour” ( “ Har bir odam uning hazilida” ) asari yozuvchiga katta shuhrat keltiradi. Shundan so’ng ketma-ket bir biridan ajoyib komediyalar dunyo yuzini ko’radi. Shuningdek. “The Alchimest” ( “Alkimyogar”) komediyasi firibgarlar va aldangan odamlarning hikoyasi bo‘lib, inson tabiatidagi zaifliklarni qiziqarli va tanqidiy tarzda ochib beradi, kritisizmga5 urg’u beriladi. “The Isle Of Dogs” (“Itlar oroli”), “A Tale of Tube” (“ Quvur haqida ertak”) , “The Case is Altered” (“Vaziyat o’zgartirildi”) “ The Poetaster” (“Shoir “) , “Bartholomew Fair” (“Bartolomey yarmarkasi “) Londondagi xalq festivallarini hajviy tasvirlash orqali Jonson jamiyatning har xil qatlamlarini qalamga olgan. , “The Devil is an Ass” (“ Yovuz Ass”) komediyalari ham kitobxonlar qalbidan chuqur joy egallaydi. Sahnalashtirilgan asarlari esa o’zining jozibador yumorlari, ravon epizodlari va keskin burilishlari bilan https://inlibrary.uz 5 7 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ladi. Ben Jonson o’z zamondoshlaridan mumtoz adabiyotga mehr qo’yganligi bilan ajralib turgan. Ben Jonson faqat komediyalar yozish bilan cheklanib qolmaydi. Uning 2ta mashhur “ Sejanus His Fall” (“ Sejanusning qulashi”) va “ Catiline His Conspiracy” (“Katilina fitnasi”) tragediyalari ham bo’lib ulardagi hayot qiyinchiliklariga kurashgan insonlar taqdirini hikoya qiladi. Ben Jonsonning eng mashxur asarlaridan yana biri “ Volpone, or The Fox” (“ Volpon yoxud Tulki”) asari bo’lib ushbu asar chuqur ramziy ma’noga ega asarlardan biridir. Asar katta syujetlik asar komediyasi hisoblanib jamiyatdagi kamchiliklarni, firibgarliklarni ustidan kuladi. Oxirida adolat qaror topishiga ishora qiladi. Nomaq’ul yo’l bilan boylik orttirish natijasi yomon ekanligini bosh qahramon Venetsiyalik zodagon Volpone hayoti timsolida yoritib beradi. Volpone, or The Fox" – 1606-yilda yozilgan hajviy komediya bo‘lib, insonning ochko‘zligi, yolg‘on va makr-hiyla ustiga qurilgan. Asar Venetsiyada sodir bo‘ladi va undagi har bir asosiy qahramon hayvon nomi bilan atalgan, bu esa ularning fe’l-atvoriga ishora qiladi.Asar boy va farzandsiz zodagon Volpone (tulki) haqida. U allaqachon juda katta boylikka ega bo‘lsa ham, ochko‘zligi tufayli yanada ko‘proq boy bo‘lish uchun hiyla ishlatadi. U o‘zini jiddiy kasal, hattoki o‘limga yaqin deb ko‘rsatib, shahar zodagonlarini aldab, ularning qimmatbaho sovg‘alarini oladi. Buning evaziga u ularga o‘z merosxo‘ri bo‘lishlarini va’da qiladi. Volpone bu ishni yolg‘iz bajarmaydi. Unga makkor va ayyor xizmatkori Mosca (chivin) yordam beradi. Mosca Volpone nomidan turli boy zodagonlarni chaqirib, unga hadyalar berishga undaydi.Ochko‘z merosxo‘rlarning aldanishi tasvirlanadi. Volpone va Mosca uchta asosiy zodagonni aldab, ularning har biri Volponening merosxo‘ri bo‘lishiga umid qiladi. Asar qahramonlari ham hayvonlar va qushlar timsolida laqab oladi. Qahramonlardan Corbaccio (qarg‘a timsolida) – juda qari va boy odam. U Volpone merosini olishi uchun o‘z o‘g‘lini Bonarioni merosdan mahrum qiladi. Corvino (qarga timsolida) – hasadgo‘y savdogar. U Volpone merosidan ulush olish uchun hatto o‘zining chiroyli xotini Celiani unga taqdim qilishga rozi bo‘ladi. Voltore (burgut timsolida) – ayyor advokat. U Volpone merosini olish uchun har qanday nayrang va yolg‘on ishlatishga tayyor. Volponening xatolari va uning yordamchisi Moscaning o‘yinlari asarda ketma- ket yoritib boriladi. Volpone tamagirlarning ustidan kulishdan zavq oladi va ularni yanada ko‘proq ald

Доказательный фрагмент

«Ben Jonson ingliz adabiyotidagi eng katta dramaturg va hajv ustalaridan biri bo‘lib, uning asarlari zamonaviy komediya, satira va axloqiy adabiyot rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ben Jonson ingliz adabiyotidagi eng katta dramaturg va hajv ustalaridan biri bo‘lib, uning asarlari zamonaviy komediya, satira va axloqiy adabiyot rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kritisizm, realizm, restavratsiya, trigokomediya klassitsizm, Kalit so’zlar: dramaturgiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники