Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JINOIY UYUSHMALAR TASHKIL ETISHNING OLDINI OLISH FAOLIYATINI TAKOMILLLASHTIRISH
FAOLIYATINI TAKOMILLLASHTIRISH · Toshtemirov Ruslan Xolli o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti
Образовательные инновации и интеграция · 2026
Аннотация
Criminal organizations are one of the problems that seriously threaten the security of society. Their organization not only increases crime, but also disrupts social, economic and political stability. This article examines the existing preventive systems for preventing the formation of criminal organizations and the possibilities of their improvement. The article analyzes the importance of cooperation between the state and the public sector, preventive strategies and the effectiveness of information sharing in preventing the formation of criminal organizations. It is emphasized that it is necessary to develop modern approaches and methods, to strengthen preventive activities in order to fight effectively with criminal groups Kalit so'zlar: Jinoiy uyushmalar Jinoyatchilikni oldini olish Profilaktika Huquqni muhofaza qilish organlari Jamoatchilik nazorati Ijtimoiy integratsiya Ma'lumot almashish Hamkorlik Davlat xavfsizligi Uyushgan jinoyatchilikning nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ijtimoiy-huquqiy, xususan, siyosiy tadqiqot obyektiga aylanganligining o‘ziyoq bu https://inlibrary.uz 8 3 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi muammoning naqadar dolzarbligini ko‘rsatadi. Uyushgan jinoyatchilikning oldini olish borasidagi profilaktika faoliyati kriminologiya fanining ilmiy tavsiya va prognozlariga tayanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu ijtimoiy-kriminologik hodisaning dolzarbligi, birinchi navbatda, uning o‘ziga xos xususiyati, ijtimoiy xavflilikning favqulodda darajasi, jinoyatga qasd bilan uyushganlikning mavjudligi va uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmalar manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan jinoyatlarning aksariyat hollarda ochilmay, latent bo‘lib qolishi yoxud yuqori mansabdor shaxslarning aralashuvi bilan jinoyatning yashirilishi orqali xarakterlanadi. Shu bois mamlakatimizda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning faol mexanizmlarini yaratish borasida chuqur o‘ylangan strategik chora-tadbirlar amalga tatbiq qilingan. Jumladan, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning milliy va xalqaro huquqiy asoslari yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 29-moddasi 4-bandida “uyushgan guruh” tushunchasiga aniq ta’rif berib o‘tilgan: “Ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borishi uchun oldindan bir guruhga birlashishi uyushgan guruh deb topiladi”. Shu bilan birga, ushbu moddaning 4-bandida ta’kidlangan jinoiy uyushmalarni tuzishning o‘ziyoq jinoiy javobgarlikka tortishga to‘liq asos bo‘ladi hamda uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyat o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sifatida e’tirof etiladi. Hukumatimiz tomonidan 2003-yil 30-avgustda BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (Palermo konvensiyasi) ratifikatsiya qilindi. Bu esa uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashning xalqaro tan olingan huquqiy asosi edi. Unga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruh “ma’lum bir vaqt davomida mavjud bo‘lgan va bir yoki bir nechta og‘ir jinoyatlarni yoxud ushbu konvensiyaga muvofiq deb topilgan jinoyatlarni sodir etish maqsadida birgalikda harakat qiladigan uch yoki undan ortiq shaxslardan iborat bevosita yoki bilvosita, moliyaviy yoki boshqa moddiy manfaatdorlik asosida tuzilgan guruh” deya ta’riflangan. Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib jinoyat sodir etish huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun katta yangilik emas. Biroq uyushgan guruh va jinoiy uyushmalar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar xarakteri jihatdan oddiy yoki murakkab ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga ko‘proq zarar yetkazadi. Jinoiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi yillarda uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan jinoyatlar sonining keskin ortishi, jamiyat uchun tobora xavfli bo‘lib bormoqda. Bu xavf quyidagi holatlar tufayli yuzaga keladi: – bir necha shaxslarning sa’y-harakatlarini birlashtirish orqali jinoyat sodir etiladi va shaxsga, jamiyatga, davlatga ko‘proq zarar keltiradi; – hech shubhasiz, bunday jinoyatlarni ochish qiyinroq; – ko‘p sonli shaxslar jinoyatga daxldor, shu jumladan, voyaga yetmaganlar ham. Uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish, https://inlibrary.uz 8 4 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi fosh etish va tergov qilishni yanada samaraliroq tashkil qilish bo‘yicha amaliy- huquqiy tavsiyalar ishlab chiqish zarurati tanlangan mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. Kriminologik tadqiqot ma’lumotlariga ko‘ra, umumiy jinoyatlarning 1/3 qismi uyushgan guruh va jinoiy uyushmalar hissasiga to‘g‘ri keladi hamda ko‘payish tendensiyasiga ega. Uyushgan guruh jinoyatlarining eng xavfli jihati shundaki, sodir etilgan jinoyatlar hayotning kundalik hodisasiga hamda jamiyatni tashkil etishning eng keng tarqalgan shakllaridan biriga aylanib, iqtisodiyot sohasiga kirib, davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Jinoyat qonunchiligiga binoan, jino
Доказательный фрагмент
«Criminal organizations are one of the problems that seriously threaten the security of society.»
Образец извлечения
Демо-превьюCriminal organizations are one of the problems that seriously threaten the security of society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Jinoiy uyushmalar, Kalit so'zlar: Jinoiy uyushmalar Jinoyatchilikni oldini olish Profilaktika Huquqni muhofaza qilish organlari Jamoatchilik nazorati Ijtimoiy integratsiya Ma'lumot almashish Hamkorlik Davlat xavfsizligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014