К содержанию
РецензированоUZ2026

ICHIMLIK SUVINING SIFATI VA TABIIY HOLATINING BUZILISHI

Karshiyeva D.R

Образовательные инновации и интеграция · 2026

Аннотация

Suvlarni sifat va tabiiy holatini buzilishi suv tarkibida ko’p miqdorda yuqumli kasalliklar ko’zgatuvchi mikroorganizmlar bo’lishi yoki gijja tuxumlarining ko’payib ketishi yoki suv tarkibida turli xil kimyoviy moddalarning ko’payishi, aksincha kamayishi oqibatida inson salomatligiga putur yetkazishi mumkin. Aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv ta'minoti bilan ta'minlash aholining sanitariya turmush tarzini yaxshilash bilan birga kasallanish darajasini kamaytiradi. Kalit so’zlar. Invaziyalar, zaharlanishlar, endemik noyuqumli kasalliklar, saprofit mikroorganizmlar. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlashda uni suv orqali tarqaladigan turli yuqumli kasalliklardan asrash va suvning kimyoviy tarkibini о’zgarishidan kelib chiqadigan yuqumsiz zaharlanishni oldini olish ko’zda tutilishi kerak, chunki suvning inson organizmga ta'siri bevosita bo’lishi mumkin, bunga yuqumli kasalliklar, invaziyalar, zaharlanishlar, endemik noyuqumli kasalliklar kiradi. Bilvosita ta'siriga esa suvni iste'mol qilinganda noxush sezgilar paydo bo’ladi, ba'zi paytlarda bu holat shunchalik kengayib ketadiki, hatto aholi suvni iste'mol qilishdan bosh tortadi. Boshqacha aytganda suvni salbiy ta'siri ma'lum sharoitlarda yuzaga chiqadi va bu sharoitlarga: suvda yuqumli kasalliklarni qo’zgatuvchilari bo’lganda, kimyoviy tarkibining ma'lumligi bilan farqlanganda va boshqalar kiradi. Suvlarni sifat va tabiiy holatini buzilishi suv tarkibida ko’p miqdorda yuqumli kasalliklar ko’zgatuvchi mikroorganizmlar bo’lishi yoki gijja tuxumlarining ko’payib ketishi yoki suv tarkibida turli xil kimyoviy moddalarning ko’payishi, aksincha kamayishi oqibatida inson salomatligiga putur yetkazishi mumkin. Aholi yashash punktlarini markazlashtirilgan suv ta'minoti bilan ta'minlash aholining sanitariya turmush tarzini yaxshilash bilan birga kasallanish darajasini kamaytiradi. XIX asrdagi birinchi vodoprovodlar ochiq suv manbalaridan ta'minlangan bo’lib, aholining sanitariya holatini yaxshilash o’rniga yomonlashtirgan, bu suvni hech qanday tozalash inshoatida tozalanmay aholiga uzatish bilan bog’liqdir. Buning natijasida Gamburg; London shaharlarida qorin tifi, Sankt Peterburgda esa vabo epidemiyalari yuzaga kelgan. Butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining bergan ma'lumotlariga ko’ra, har yili dunyoda ichimlik suvning sifati yomonligi sababli 5 https://inlibrary.uz 3 46-son_1-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi millionga yaqin inson o’ladi. Suv ta'minoti bilan bog’liq bo’lgan aholining yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi yiliga 500 millionni tashkil qiladi. 1) Kasallik chaqiruvchi mikroorganizm suv ta'minoti manbasidagi suvga tushishi kerak. Hozirda aholi yashash puktlarining kanalizatsiyalashtirilganligi, yuqumli kasallarning va sog’lom bakteriya tashuvchilarning borligi sababli ushbu sharoit doimo bor. 2) Patogen mikroorganizmlar suv muhitida uzoq vaqt hayotga qobiliyatligini saqlab qolishi lozim. Ushbu sharoit har bir mikroorganizm uchun turlicha bo’lib, asosan patogen mikroorganizmlar suv muhitida uzoq vaqt saqlanmaydi, chunki suv ular uchun tabiiy oziqa muhiti hisoblanmaydi. Bundan tashqari mikroorganizmlarning suv muhitida saqlanishiga suvni harorati, yil fasli, boshqa saprofit mikroorganizmlarga ham bog’liqdir. 3) Yuqumli kasallik chaqiruvchi mikroorgaiizm suv orqali inson organizmga tushishi kerak. Ushbu sharoit suvni tozalash stansiyalarida texnologik jarayonning buzilishi yoki vodoprovod tarmog’ining ishlanish (ekspluatatsiya qilish) qoidalari buzilganda yuzaga keladi. Shuning uchun Butun dunyo sog’likni saqlash tashkiloti suv bilan ta'minlashni tashkillashtirishda bir qancha elementar qoidalarni eng asosiy uchta (3) sini taklif qiladi: 1) Eng yaxshi suv sifatiga ega bo’lgan suv manbalaridan foydalanish. 2) Suv manbalarini ifloslanishdan himoya qilishni ta'minlash. 3) Suvni zararsizlantirish tadbirlarini doimo o’tkazish. Suvning ichburug’, gepatit, qorin tifi, paratif, diareya kasalliklarining keltirib chiqarishda roli kattadir. Suv havzalarida turli infeksiyalarning paydo bo’lishiga ko’pincha insonlarning o’zi sababchi bo’ladi. Bundan tashqari to’la to’kis davolanmay, mikroorganizm tashib yuruvchi kishilar ham tashqi muhitni doimo zararlab yuradilar shu bilan birga suvni ham. Ular tashqi muhit omillari bo’lishi suv havzalari, tuproq, ular orqali esa ekin mahsulotlarini ifloslantiradilar. Mikroorganizmlar esa tashqi muhitda uzoq vaqtgacha yashash qobiliyatlarini yo’qotmaydilar. Darhaqiqat, suvning ifloslanishidan tarqaladigan kasalliklar juda xavfli. Ayniqsa ilgari vaqtlarda ichimlik suvlarga yaxshi e'tibor bermaslik oqibatida bunday holatlar tez-tez kuzatilib turilar edi. Suv orqali yana bir qancha yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin, bularga VasilevVeyl, kasalligi, suv lixoradkasi, leptospiroz va boshqalar kiradi. Ularni tarqalishida kemiruvchilar: kalamush, sichqon va boshqa suv hayvonlari muhim rol o’ynaydi. 0‘zbekiston Respublikasida suv orqali tarqaladigan yuqumli kasalliklar tahlil qilin

Доказательный фрагмент

«Suvlarni sifat va tabiiy holatini buzilishi suv tarkibida ko’p miqdorda yuqumli kasalliklar ko’zgatuvchi mikroorganizmlar bo’lishi yoki gijja tuxumlarining ko’payib ketishi yoki suv tarkibida turli xil kimyoviy moddal…»

Образец извлечения

Демо-превью

Suvlarni sifat va tabiiy holatini buzilishi suv tarkibida ko’p miqdorda yuqumli kasalliklar ko’zgatuvchi mikroorganizmlar bo’lishi yoki gijja tuxumlarining ko’payib ketishi yoki suv tarkibida turli xil kimyoviy moddal… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
saprofit mikroorganizmlar., endemik noyuqumli kasalliklar, zaharlanishlar, Kalit so’zlar. Invaziyalar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники