К содержанию
РецензированоRU2025

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV

YO‘NALTIRISHDA INNOVATSION YONDASHUV · Ruzmatova Dilso'z Mamurdjonovna · Do‘lanova Mavjuda Jo‘raqulovna · Ruzmatova Dilsoz Mamurdjonovna (VOCATION IN COMPREHENSIVE SCHOOLS) · Dulanova Majduda Joraqulovna (Psychologist of secondary school No. 7)

Исследователь · 2025

Аннотация

В статье излагаются новые взгляды на организацию профессиональной ориентации учащихся средних школ, повышение профессиональной квалификации учащихся, научно-методическое значение организации этой работы, подчеркиваются важные аспекты для всех педагогов и пользователей. Я считаю, что в настоящее время, используя представленные в статье методы, можно добиться высоких результатов. Ключевые слова: профориентация, фундаментальный подход, традиционный (диагностический), современный (развивающий) подход, направление фриланса и др. Kasb-hunarga yo‘naltirishda o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlari bilan birga ular tanlayotgan sohaga layoqati qay darajada muvofiqligini aniqlash, bu borada fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari, ota-onalar va mahalla faollarining shaxsiy namunasi va hamkorligini mustahkamlash katta ahamiyat kasb etadi Bu esa, o‘z navbatida, o‘g‘il-qizlarning hunar egallash va o‘zini o‘zi band qilish orqali xizmatlar ko‘rsatish (frilansing) yo‘nalishiga qiziqishini aniqlashga ko‘maklashmoqda. Kasb egalarining mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish uchun turli uchrashuv va sayyor mashg‘ulotlar tashkil etilayotgani bolalarning sohalar haqidagi tasavvurini boyityapti. Ularni kasb-hunarga yo‘naltirish orqali, bo‘lajak kasbiy qarorlarini shakllantirishda, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun mustahkam zamin yaratuvchi tashxis xizmatiga ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu tizim orqali har bir o‘quvchi shaxsni kasbga yo‘nalitirishda ham individual xususiyatlarini ham xalq xo‘jaligi manfaatlari nuqtai nazardan mehnat resurslarini to‘laqonli ta’minlash zaruratini hisobga olish kerak. Bizga ma‘lumki bizning faxrimiz bo‘lgan vatandosh mutaffakirlarimiz Hamza Hakimzoda Niyoziy, Munnavar qori Abdurashidxon o‘g`li, Oqiljon Sharofiddinov, Abdulla Avloniylar va boshqalar yangi maktablar ochib, u yerda ta’lim tarbiya jarayonida kasb tanlashga yо‘naltirish ishlarini birgalikda olib borganlar. Krupskaya, Davletov, Tolipov, Saidaxmedov, SH.Abdullayeva, J.Yо‘ldashev, S.Usmonova, S.Abduraxmonov va boshqa kasbga yo‘naltirish bo‘yicha kо‘plab olimlar ilmiy tatqiqot ishlari olib borganlar Lekin bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning ilmiy-amaliy tizimi yetarlicha ishlab chiqilmagan, ilmiy-pedagogik asoslari talab darajasida yaratilmagan. Bundan tashqari hozirgi kun talablari asosidagi tezkor yangiliklar, zamonaviy texnologik o‘quv https://scientific-jl.com 2 2 4 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qo‘llanmalar, dars ishlanmalari, ko‘rgazmali vositalarning kamligi, kasb tanlash me‘zon va me‘yorlarining belgilanmaganligi, kasb tanlash bo‘yicha tezkor aloqaning o‘rnatilmaganligi kabi muammolar dolzarb masalalardan biridir. Umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish tizimida professionalizmni shakllantirishda qo‘llaniladigan asosiy vositalar va ta’lim oluvchilarni kasbga yo‘naltirishga ta’sir qiladigan omillar ish jarayonida ko‘rsatilib ularga tahlil berish; Umumta’lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish va uni ta’lim tizimini rivojlanishidagi o‘rnini o‘rganib chiqish va xulosalar berish. Barchamizga ma‘lumki umumta‘lim maktablarida kasb-hunarga yo‘naltirishning turli nazariy izoxlari orasida hozirgi vaqtda ikkita eng muhim tushunchalarini ko‘rsatish mumkin, bular: Ana’naviy (diagnostik); Zamonaviy(rivojlantiruvchi); An’anaviy (diagnostik) kasb-hunarga yo‘naltirish nazariyasining asosiy vazifasi shaxsda kasbiy moyillikni undagi psixologik xususiyatlar va shaxsiy extiyojlarini solishtirish yo‘li bilan aniqlash. Bunda asosiy mas’uliyat kasbiy konsultantga yuklanadi. U test o‘tkazish yo‘li bilan va ulardan olingan natija asosida shaxsni u yoki bu kasb-hunarga moyilligini aniqlaydi. Bu xolda shaxs, ya’ni ta’lim oluvchi passiv rolini o‘ynaydi. Zamonaviy (rivojlantiruvchi) kasb-hunarga yo‘naltirish konsepsiyasi shaxs o‘z kelajagini aniqlashda aktiv ishtirokini nazarda tutadi. Bunda asosiy e’tibor shaxsning turli xil sohalarni egallashi jarayonida undagi rivojlanishni aniqlashga qaratiladi. Kasb- hunarga yo‘naltirish o‘quv-tarbiyaviy ishlarining qismi sifatida ko‘riladi. Kasb-hunar tanlashga tayyorgarlik esa shaxsga jamiyat tomonidan ta’sir etuvchi bir tarbiyaviy tizim asosida ko‘riladi. Demak, maktabdagi har bir xodim kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha qanday ishlarni amalga oshirishini bilishi lozim. Chunki, kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirishda nafaqat maktab kasb-hunarga yo‘naltiruvchisi yoki amaliyotchi psixologi, balki butun maktab jamoasi mas’uldir. Umumta‘lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunar yo‘naltirishda maskan tushunchasi alohida ahamiyatga ega. Bunday maskanlar albatta oila, maktab, mahalla hisoblanadi. Maktab, oila mahalla va ishlab chiqarishning hamdo‘stligi yosh avlodni yangi ruhda tarbiyalashning asosiy prinspi hisoblanadi. O‘quvchilarda professional qiziqishlarini rivojlantirish va tarkib toptirish, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jalig

Доказательный фрагмент

«В статье излагаются новые взгляды на организацию профессиональной ориентации учащихся средних школ, повышение профессиональной квалификации учащихся, научно-методическое значение организации этой работы, подчеркиваютс…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье излагаются новые взгляды на организацию профессиональной ориентации учащихся средних школ, повышение профессиональной квалификации учащихся, научно-методическое значение организации этой работы, подчеркиваютс… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
vocational guidance, fundamental approach, traditional (diagnostic), ana’naviy (diagnostik), fundamental yondashuv, Kalit so‘z: kasb-hunarga yo‘llash, frilansing yo’nalishi va h.klar., zamonaviy (rivojlantiruvchi)yondashuv
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники