К содержанию
РецензированоUZ2026

KASB-HUNAR VA HALOL RIZQ TOPISH ODOBLARI

Rajabov Nodirbek · Toshkent Axborot Texnologiyalari · Ilmiy rahbar: Samatov. X.

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada inson hayotida kasb-hunar o’rni va uning jamiyatdagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Halol mehnat orqali topilgan rizqning fazilati, islomiy manbalardagi ko’rsatmalar, Payg’ambarimiz (s.a.v) hayotlaridan misollar keltirilgan. Maqolada halol rizq topish madaniyati, odobi, mehnatsevarlik va ijtimoiy mas’ uliyat masalalari yoritilgan. Shuningdek, yoshlar orasida hunar o’rganishga bo’lgan e’ tiborni kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan. Kalit so’zlar: Kasb-hunar, halol rizq, mehnat odobi, islom, hunar o’rganish, ijtimoiy mas’ uliyat, yoshlarga targ’ibot. Insoniyat tarixida mehnat va halol rizq topish doimo asosiy qadriyatlar qatorida bo’lgan. Har bir din, xususan, islom dini mehnatsevarlik, hunar egallash va halol yo’l bilan rizq topishni targ’ib etadi. Odam (a.s) yaratilganidan boshlab, inson o’z hayotini mehnat bilan obod qilishga da’vat etilgan. Shunday ekan, har bir musulmon kasb-hunar egallash, haromdan tiyilish va halol rizq topishga intilishi lozim. Qadimdan ota-bobolarimiz farzand tarbiyasiga katta e’tibor qaratib, ularni, jinsidan qat’i nazar, hunar va kasb egasi bo’lishiga intilganlar. Ular bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini inobatga olgan holda tarbiyalashgan. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bolada mehnatga bo’lgan munosabat, avvalo, oilada shakllanadi. Insonning voyaga yetishi, shaxs sifatida kamol topishi va umuman, hayotda o’z o’rnini topishi mehnatsiz mumkin emas. Insoniyat yaralganidan beri mehnat bilan shug’ullanib kelgan. Avval faqat tirikchilik uchun amalga oshirilgan mehnat, vaqt o’tishi bilan kengroq maqsadlarga, foyda keltirishga, jamiyatga xizmat qilishdek sharafli ishga aylangan. Bugungi kunda ham bu mavzu o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Buxorolik olim Burhoniddin Mahmud ibn Sadr ush-Shar’iy yozgan Muhit asarida keng yoritilgan. Quyida shu kitobda zikr etilgan ayrim mulohazalarga to’xtalamiz. Imom Muhammad rahmatullohi alayh Kasb nomli asarini Abdulloh ibn Mas’ ud roziyallohu anhudagi rivoyat bilan boshlaydi. Unga ko’ra, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: Qandayki ilm talab qilish har bir musulmon uchun farz bo’lsa, halol rizq ortidan yurish ham farzdir. Alloh taolo bandalari zimmasiga bir qancha farz amallarni yuklagan. Bu amallarni ado etish esa, o’z navbatida, kasb bilan https://scientific-jl.com 6 6 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali chambarchas bog’liq. Shunday ekan, kasb-hunar egallash tahorat kabi zaruriyatga aylanadi. Buni tushunish uchun quyidagi jihatlarni ko’rib chiqamiz: farzlarni ado qilish uchun avvalo insonning salomatligi va kuch-quvvati zarur. Bu quvvat esa oziq- ovqatsiz bo’lmaydi. Oziq-ovqat topish uchun esa albatta mehnat qilish, ya’ni kasb qilish kerak bo’ladi. Xuddi shuningdek, tahorat qilish uchun idish kerak, bu idishni topish ham kasb evaziga mumkin. Namoz uchun avratni yopish shart, buning uchun esa kiyim zarur, kiyim esa faqat kasb orqali olinadi. Demak, kasb insonni farz amallarga tayyorlovchi asosiy vositalardan biri bo’lib, mo’min uchun zarur bo’lgan burchdir. Shuningdek, Alloh taolo O’zining muqaddas Kalomida bandalarni halol rizq izlashga, ya’ni tijorat va kasb-hunar bilan shug’ullanishga undagan. Jum’a surasining 10-oyatida shunday marhamat qilinadi: Namoz ado qilingach, yer yuziga tarqalinglar va Allohning fazlidan (rizqidan) izlanglar. Bu oyatdan anglashiladiki, halol mehnat qilish, tirikchilik uchun kasb bilan shug’ullanish bevosita Qur’oni karimda tavsiya etilgan bo’lib, bu amr Allohning roziligi sari eltuvchi yo’ldir. Kasb-hunar bilan shug’ullanish nafaqat tirikchilik vositasi, balki barcha payg’ambarlarning hayotiy amaliyotida ham muhim o’rin tutgan. Bu esa kasbni nafaqat dunyoviy zarurat, balki diniy va axloqiy burch sifatida ham ko’rishga undaydi. Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam: Bo’zchilikni lozim tutinglar, zero, otangiz Ibrohim alayhissalom bo’zchi edilar, deb marhamat qilganlar. Bu hadis kasbning qadimdan payg’ambarlar hayotida qanday ahamiyat kasb etganini yaqqol namoyon etadi. Yer yuzida eng avval kasb qilgan zot Odam alayhissalom bo’lib, u kishiga Jabroil alayhissalom tomonidan bug’doy keltirilib, uni ekish, parvarishlash, o’rib, yanchib, undan non tayyorlash amallari o’rgatilgan. Bu esa kasb-hunarni insoniyat tarixi bilan uzviy bog’liqligini isbotlaydi. Nuh alayhissalom duradgorlik bilan, Idris alayhissalom tikuvchilik bilan, Dovud alayhissalom temirchilik bilan, Sulaymon alayhissalom savat to’qish bilan, Zakariyyo alayhissalom esa duradgorlik bilan tirikchilik qilganlar. Iso alayhissalom esa onalari to’qigan kiyimlarni sotib yoki daladan boshoq terib, kun kechirganlar. Bu misollar shundan dalolat beradiki, har bir inson hayotda o’z ehtiyojlarini halol mehnat bilan qondirishi kerak. Hatto payg’ambarlar kabi ulug’ zotlar ham kasb bilan mashg’ul bo’lgan ekan, demak biz ham bu yo’ldan borishimiz lozim. Alloh taolo An’om surasining 90-oyatida marhamat qiladi: Ular (payg’ambarlar)ning yo’llariga ergashing. Bu esa ka

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada inson hayotida kasb-hunar o’rni va uning jamiyatdagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada inson hayotida kasb-hunar o’rni va uning jamiyatdagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
islom, yoshlarga targ’ibot., Kalit so’zlar: Kasb-hunar, ijtimoiy mas’ uliyat, halol rizq, hunar o’rganish, mehnat odobi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники