Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOG SHAXSINING PROFESSIONAL O‘ZINI ANGLASH DARAJASI VA KASBIY YONDASHUVI
VA KASBIY YONDASHUVI · Raximova Gulshanoy Erkin qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
В данной диссертации рассматривается уровень профессионального самосознания педагога и его значение в профессиональной деятельности. В исследовании анализировалась взаимосвязь между осознанным подходом учителя к своей профессии, его способностью мыслить рефлексивно, его внутренней мотивацией и его эффективностью в профессиональной деятельности. Были представлены сравнительные анализы, основанные на местных и зарубежных источниках, и разработаны предложения по повышению самосознания учителей. Ключевые слова: Педагогическая личность, профессиональное самосознание, профессиональный подход, личностный рост, рефлексия, психологическая подготовка, мотивация, самооценка, педагогическая компетентность. https://scientific-jl.com 5 7 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchining faqat bilim beruvchi emas, balki shaxsiy namunaviy lider sifatida shakllanishi muhim hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, pedagog shaxsining professional o‘zini anglash darajasi — uning kasbiy yondashuvi va faoliyat samaradorligini belgilovchi omil sifatida qaraladi. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘qituvchidan nafaqat fanga oid bilim va ko‘nikmalarni, balki shaxsiy rivojlanganlik, ijtimoiy faollik, kasbiy refleksiya va ichki motivatsiya asosida harakat qilishni talab etmoqda. Bu jarayonning markazida esa pedagog shaxsining professional o‘zini anglash darajasi turadi. O‘zini anglagan pedagog o‘z kasbiy salohiyatini to‘g‘ri baholay oladi, kamchiliklarini biladi, o‘z ustida ishlashga intiladi va o‘quvchilariga individual yondasha oladi. Shuning uchun ham bu mavzu nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda olib borilgan tadqiqotlarda, xususan, Mamatova M. (2020) o‘z ishida pedagog shaxsining o‘zini anglash darajasi bilan kasbiy charchoq va stress holatlari o‘rtasida bevosita bog‘liqlik borligini ta’kidlaydi [2]. Ya’ni, o‘zini anglamagan pedagog professional inqirozga duch kelish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Professional o‘zini anglash – bu pedagogning o‘z kasbiy faoliyatiga ongli yondashuvi, o‘z roli va mas’uliyatini chuqur anglashidir. Bu quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: Refleksiya (aks ettirish): Pedagog o‘z faoliyatiga baho bera olishi va uni tahlil qila olishi kerak; O‘zini baholash: Kuchli va zaif tomonlarini aniqlash; Motivatsion komponent: Ichki va tashqi motivlarni anglash; Shaxsiy o‘sishga intilish: Doimiy o‘qish, o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj. Pedagog shaxsining o‘zini anglash darajasi deganda — uning o‘z kasbiy rolini, maqsadini, imkoniyatlarini, shuningdek, ichki resurslarini anglash darajasi tushuniladi. Bu jarayon quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: o‘z-o‘zini tahlil qilish (refleksiya); ahaxsiy va kasbiy baholash; kasbiy motivatsiya; yutuq va kamchiliklarni anglash; o‘z ustida ishlashga bo‘lgan ehtiyoj va intilish. Psixolog L.S. Vygotskiy ta’kidlashicha, “Shaxsning rivojlanishi — bu avvalo o‘zini anglashning, o‘z rolini topish va amalga oshirishning murakkab ichki jarayonidir” [1]. Pedagogning professional o‘zini anglash darajasi uning o‘quvchilarga bo‘lgan munosabatidan tortib, ta’lim mazmunini yetkazish uslubigacha bo‘lgan barcha jihatlarda aks etadi. Mutaxassislar bu jarayonni 3 asosiy bosqichga ajratadi: O‘zini identifikatsiyalash bosqichi – pedagog kasbiy faoliyatni o‘z hayotining ajralmas qismi sifatida qabul qiladi; Reflektiv tahlil bosqichi – pedagog o‘z faoliyatiga tahliliy yondashadi, yutuq va xatolarni aniqlaydi; https://scientific-jl.com 5 8 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Kasbiy rivojlanish bosqichi – pedagog yangi maqsadlarni belgilaydi va ularni amalga oshirish uchun o‘z ustida ishlaydi. Rossiyalik olima A.K. Markova fikriga ko‘ra, o‘zini anglagan pedagoglar "pedagogik o‘zgaruvchanlikka" tayyor bo‘ladi va zamonaviy ta’lim ehtiyojlariga moslashadi [2]. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida pedagoglarning o‘zini anglash darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Masalan: Finlandiyada, har bir maktabda “kasbiy rivojlanish mentori” mavjud bo‘lib, pedagoglar bilan individual ishlaydi. Har oyda refleksiya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Kanadada, o‘qituvchilar o‘z faoliyatini yozma tahlil qilishga majburiy tarzda jalb etiladi. Har yili “Professional Development Portfolio” yangilanadi. Yaponiyada esa o‘qituvchi shaxsiy faoliyati asosida o‘z-o‘zini baholash kartochkalarini yuritadi va har o‘quv yili oxirida jamoaviy tahlil o‘tkaziladi [4]. Bu yondashuvlar o‘zini anglagan pedagoglar ta’lim sifatiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatishini isbotlab bergan. D. Schön tomonidan ilgari surilgan "Reflektiv amaliyot" konsepsiyasi asosida o‘qituvchining shaxsiy tajribasi asosida o‘z faoliyatini tahlil qilishi kasbiy takomillashuvga xizmat qilishi ilmiy asoslangan [5]. O‘zbekiston tajribasi: G‘ulomova O. (2021) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Toshkent shahri maktablaridagi 50 nafar o‘qituvchi ishtirokida o‘zini anglash va kasbiy
Доказательный фрагмент
«В данной диссертации рассматривается уровень профессионального самосознания педагога и его значение в профессиональной деятельности.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной диссертации рассматривается уровень профессионального самосознания педагога и его значение в профессиональной деятельности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Педагогическая личность, профессиональное, pedagogik kompetensiya., shaxsiy o‘sish, Kаlit sо‘zlаr: Pedagog shaxsi, professional o‘zini anglash, o‘zini baholash, motivatsiya, refleksiya, kasbiy yondashuv, psixologik tayyorgarlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025