К содержанию
РецензированоRU2026

QADRIYATLARNING IJTIMOIY MA’NAVIY AHAMIYATI

Jabborova Sayyoraxon Muhammadqobilovna · Hakimova Gulyora Adaxamjon qizi (Andijon davlat Pedagogika instituti Milliy g‘oya ma’naviyat)

Педагоги · 2026

Аннотация

В данной статье рассматривается социально-духовное значение ценностей в обществе, их роль в воспитании, формировании национального самосознания и обеспечении социальной стабильности. Ценности — это не только духовное наследие предков, но и важнейший инструмент воспитания молодого поколения в современности. Как отметил Президент Шавкат Мирзиёев: «Духовность — это смысл и цель нашей жизни, голос нашего сердца, духовная сила нашего народа и основа нашего великого будущего». Эти слова отражают суть того, что ценности являются важнейшим фактором развития общества. В статье освещается гармония национальных и общечеловеческих ценностей, а также пути их внедрения в сознание молодежи в современных условиях. Также рассматриваются современные подходы к укреплению духовности и обеспечению общественной стабильности. Ключевые слова: ценности, духовность, социальная стабильность, национальное самосознание, воспитание молодежи, духовные ценности, взгляды президента, духовное развитие, современное общество, национальная гордость. Kirish: Har qanday jamiyat taraqqiyoti, avvalo, uning ma’naviy-axloqiy tamoyillariga, qadriyatlar tizimiga, tarixiy xotira va madaniy merosga munosabati bilan belgilanadi. Qadriyatlar – bu xalqning asriy tajribasi, ma’naviy dunyosining ajralmas qismi bo‘lib, ijtimoiy ong, milliy o‘zlik, urf-odat va axloqiy me’yorlar orqali avloddan-avlodga o‘tib boradi. Bugungi kunda, ayniqsa, yosh avlod qalbida mustahkam hayotiy pozitsiya, fuqarolik pozitsiyasi shakllanishida qadriyatlarning o‘rni beqiyosdir. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu borada shunday deydi: “Yangi O‘zbekistonda biz ma’naviy yangilanish va xalqimizning qadimiy qadriyatlariga tayanib, yangicha tafakkur egalarini voyaga yetkazishni maqsad qilganmiz”2. Ushbu fikrdan anglashiladiki, qadriyatlar – bu nafaqat tarixiy boylik, balki hozirgi zamon taraqqiyoti va ma’naviy tiklanishning ham negizidir. Tarixdan ma’lumki, o‘z qadriyatiga tayangan jamiyatlar tanazzulga uchramagan. Masalan, o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi, kattalarga hurmat, halollik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat kabi qadriyatlari ming yillar davomida shakllangan bo‘lib, bu xususiyatlar bugungi kunda ham ijtimoiy hayotda o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Shuning uchun ham Prezidentimiz ko‘p marotaba ma’naviyatni rivojlantirish, qadriyatlarni asrash haqida to‘xtalar ekan, bunday deydi: “Hech qanday tashqi kuch, ilg‘or texnologiya yoki iqtisodiy resurslar xalqimizning yuragida 2 Shavkat Mirziyoyev.Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – T,” “O‘zbekiston”, 2022,17-bet. https://scientific-jl.com/ped 9 7 Volume-81, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 yashayotgan ma’naviyat, vijdon, halollik va or-nomusdek ulug‘ tushunchalarning o‘rnini bosa olmaydi”3. Zamonaviy taraqqiyot, axborot xuruji, ommaviy madaniyat va g‘arblik hayot tarzining tez sur’atlarda tarqalishi fonida yoshlar qalbini o‘zimizga xos, mustahkam milliy qadriyatlar bilan boyitish, ularni zamonaviy ruhda targ‘ib etish har qachongidan ham muhim vazifadir. Aks holda, yoshlarning ongida begona g‘oyalar ildiz otishi, ma’naviy bo‘shliq paydo bo‘lishi mumkin. Shu boisdan ham qadriyatlar faqat o‘tmish yodgorligi emas, balki istiqbolga yo‘naltiruvchi ma’naviy mezondir. Asosiy qism: Qadriyatlar har bir jamiyatning tarixiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Ular xalqning ruhiy dunyosi, orzu-intilishlari, hayotga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi va axloqiy qarashlarini shakllantiradi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida qadriyatlar jamiyat barqarorligining tayanchi, yoshlar tarbiyasining ma’naviy asosiga aylangan. O‘zbekiston olimlari orasida professor Xayrulla Islomov qadriyatlar mohiyatini quyidagicha izohlaydi: “Qadriyatlar – bu tarixiy xotira va madaniy ong asosida shakllangan, ijtimoiy ongda mustahkam o‘rin egallagan axloqiy, estetik, diniy va mafkuraviy tushunchalardir” 4. Bu ta’rifga ko‘ra, qadriyatlar nafaqat shaxsiy axloq me’yorlari, balki jamiyatda birdamlik, totuvlik va o‘zaro hurmatni ta’minlovchi kuchdir. Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda esa qadriyatlarning beqiyos ahamiyati bor. Ma’naviyatdan yiroq, o‘z tarixini va milliy qadriyatlarini unutgan yosh avlod begona g‘oyalar ta’siriga tez tushadi. Shu bois, qadriyatlarni zamonaviy ta’lim tizimi orqali yoshlarning ongiga singdirish dolzarb vazifa hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham bu borada ta’kidlaydi: “Yosh avlodning qalbi va ongini mustahkamlashda, ularni har qanday yot va zararli ta’sirlardan himoya qilishda qadriyatlarimizga suyangan holda harakat qilishimiz lozim” 5. Akademik Baxtiyor Tursunov o‘z tadqiqotlarida qadriyatlar orqali shaxsda milliy o‘zlik, vatanparvarlik, fuqarolik pozitsiyasi shakllanishiga urg‘u beradi. U bunday deydi: “Qadriyatlar – bu shaxsni ijtimoiylashuvga, ya’ni jamiyatga moslashishga undovchi ichki kuchdir” 6. Demak, qadriyatlar shunchaki tarixiy meros emas, balki ijtimoiy faol fuqaroni tarbiyalash vositasidir. Milliy qadriyatlarimizning a

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматривается социально-духовное значение ценностей в обществе, их роль в воспитании, формировании национального самосознания и обеспечении социальной стабильности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматривается социально-духовное значение ценностей в обществе, их роль в воспитании, формировании национального самосознания и обеспечении социальной стабильности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
values, spirituality, social stability, national identity, youth, ma’naviy qadriyatlar, Prezident fikrlari, milliy g‘urur., ijtimoiy barqarorlik, yoshlar tarbiyasi, ma’naviyat, Kalit so‘zlar: qadriyatlar, ma’naviy yuksalish, zamonaviy jamiyat, milliy o‘zlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники