К содержанию
РецензированоUZ2026

QO‘SHKO‘PIR TUMANI TOPONIMYASIDA NOM YASALISH MASALALAR

QO‘SHKO‘PIR TUMANI TOPONIMYASIDA · NOM YASALISH MASALALAR · Babadjanov Mansurbek Kurbanbayevich · Rahimboyeva Charos Arslonbek qizi

Педагоги · 2026

Аннотация

This article analyzes the formation characteristics of toponyms found in the Qo‘shko‘pir district of the Khorezm region, focusing on their lexical-semantic and morphological structures, as well as their historical and etymological foundations. It highlights how the morphological and syntactic formation of names, along with historical layers, ethnonyms, and natural features preserved in local place names, reflect the worldview and social life of the population. Keywords: Koshkopir, toponym, microtoponym, morphological method, syntactic method. Аннотация: В статье анализируются особенности образования топонимов Кошкопирского района Хорезмской области, их лексико-семантическая и морфологическая структура, а также их историко-этимологические основы. Морфологическое и синтаксическое строение названий, исторические пласты, сохранившиеся в местных топонимах, этнонимах, природных знаках, отражают мировоззрение и общественную жизнь народа. Ключевые слова: Кошкопир, топоним, микротопоним, морфологический метод, синтаксический метод. Toponimika – joy nomlarining kelib chiqishi, tarkibi, ma’nosi va lingvistik xususiyatlarini o‘rganadigan fan. Har bir hududda toponimlar o‘ziga xos tarixiy, etnolingvistik va madaniy qatlamni aks ettiradi. Ular orqali ma’lum bir hududda yashagan xalqlar, ularning urf-odatlari, diniy qarashlari, hatto iqtisodiy faoliyatlari haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Bundan tashqari, toponimlar kartografiyada, navigatsiyada, tarixiy tadqiqotlarda va davlat boshqaruvida muhim rol https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs 1 59 Volume-81, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 o‘ynaydi.Qo‘shko‘pir tumani ham bu borada boy toponimik merosga ega bo‘lib, uning nom yasalish tizimi o‘ziga xoslik kasb etadi. Toponimiya tizimi til onomastik sistemasining ko‘p asrlik rivoji mahsulidir. Shu sababli, o‘zbek toponimiyasi tizimida eng qadimiy tarixiy toponimlar, yaqin o‘tmish toponimlari, yangi davr toponimlari va tamoman yangi toponimlar yonma-yon yashamoqda. Ushbu holat Qo‘shko‘pir tumani mikrotoponimiyasi tizimi uchun ham tegishli. Аlbatta, toponimiya tizimidagi barcha nomlarning qachon paydo bo‘lganini aniq belgilashning iloji yo‘q. Chunki ko‘pgina nomlarning qachon va kim tomonidan berilgani hozirda unutilgan. Shu sababli joy nomlarining ijodkori xalq, deb baholanadi hamda bunday nomlar tabiiy toponimlar, xalqona nomlar deb yuritiladi. Har bir davrda yangi nomlar paydo bo‘ladi. Ayrim nomlarning tarixi va paydo bo‘lish asoslari unutilsa-da til xususiyatlari saqlanib qoladi.Bu holatni biz ko‘pgina nomlarni tahlil qilish orqali yaqqol ko‘rishimiz mumkin.Bundan tashqari, isteʼmoldan chiqqan nomlar o‘rnini to‘ldirish, yangi obyektlarga yangi nomlar berish muayyan lisoniy qonuniyatlar asosida amalga oshadi. Bunda ikki yo‘l ko‘zga yorqin tashlanib turadi: 1. Yangi nom yasash usuli. 2. O‘zga tillardan nom o‘zlashtirish usuli. Shu ikki yo‘l orqali toponimika sohasi boyib bormoqda.Bulardan keng tarqalgani yangi nom yasash usulidir. Bunda tilning ichki imkoniyatlari asosida yangi nomlar hosil qilish, shuningdek bu usulda tilning milliy ruhi saqlangani uchun ham boshqa usullardan ko‘ra afzal deb qaraladi. Morfologik usulda nomlar yasalishi odatda affiksatsiya yo‘li bilan amalga oshadi. Masalan, -lik, -chi, -jon kabi qo'shimchalar yordamida yangi joy nomlari shakllanadi. Misol uchun, “Yangilik” nomi -lik qo‘shimchasi yordamida yasalgan, ,,Vahimchi” nomi esa -chi qo‘shimchasi yordamida yasalgan. Sintaktik usul esa, joy nomlarining bir necha so‘zdan tashkil topishiga olib keladi. Ushbu usul tilshunoslikda sintaktik usul, so‘z qo‘shish, negizlarni qo‘shish, analitik usul, morfologik-sintaktik usul, kompozitsiya usuli deb ham nomlanib kelinmoqda. Qo‘shko‘pir tumani toponimlarida bunday nomlar asosan ikki yoki undan ortiq so‘zlardan iborat bo‘lib, ularning grammatik va semantik jihatlari bir butunlikda birlashtiriladi. Masalan, “O'zbekyop” (O'zbek + yop), ,,Ayronko‘l” (Ayron+ko'l)nomi joyni va uning funksiyasini ifodalaydigan qo‘shma toponim hisoblanadi. N. Mingboevning Mirzacho‘l toponimiyasiga bag‘ishlangan ishida Sirg‘ali, Аchamayli, Qo‘shtamg‘ali nomlari -li qo‘shimchasi yordamida; Qushchi,Qarapchi nomlari -chi yordamida; Shodlik, Do‘stlik, Birlik nomlari -lik yordamida yasalgan toponimlar deb izohlangan. Qayd qilingan toponimlarning negizida aslida o‘zbek tilida avvalgi mavjud yasama etnonimlar (sirg‘ali, achamayli, qo‘shtamg'ali, qushchi), kasb-hunar leksika (dasturxonchi, temirchi) yoki tilda o‘sha shaklda tayyor holda https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs 1 60 Volume-81, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 uchraydigan turdosh otlar (shodlik, do‘stlik, birlik) yotibdi. Demak, keltirilgan holatlarda nom tarkibida kelgan, qayd qilingan qo‘shimchalar toponimlar emas, balki u uchun asos bo‘lgan toponegizlar, apellyativlarni yasagan va ushbu apellyativlar o‘sha shaklda tayyor holda toponimlar vazifasiga ko‘chgan. Mana sh

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the formation characteristics of toponyms found in the Qo‘shko‘pir district of the Khorezm region, focusing on their lexical-semantic and morphological structures, as well as their historical and…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the formation characteristics of toponyms found in the Qo‘shko‘pir district of the Khorezm region, focusing on their lexical-semantic and morphological structures, as well as their historical and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Koshkopir, toponym, microtoponym, morphological method, toponim, sintaktik usul., Kalit so‘zlar: Qo‘shko‘pir, mikrotoponim, morfologik usul
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники