К содержанию
РецензированоUZ2026

6-SINF O‘QUVCHILARINING O‘QIB TUSHUNISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL METODLAR VA AMALIY YONDASHUVLAR

Alimardonova Mohlaroyim Zayniddin qizi · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

Педагоги · 2026

Аннотация

This article explores the theoretical and practical foundations of developing reading comprehension skills among 6th-grade students. It discusses the application of metacognitive strategies, interactive teaching methods, and didactic games to strengthen students' abilities to work with texts. The article also highlights the methodological role of teachers and provides suggestions related to assessment and motivation. Kalit so‘zlar: 6-sinf, o‘qiganini tushunish, metakognitiv strategiya, interfaol metod, o‘yinli dars, metodika, o‘qituvchi roli. Keywords: 6th grade, reading comprehension, metacognitive strategy, interactive method, game-based learning, methodology, teacher’s role. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va muloqotga kirisha olish qobiliyatini shakllantirish muhim vazifa sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, 6-sinf bosqichi — bu o‘quvchilarning matn ustida ishlash ko‘nikmalari yanada chuqurlashadigan, o‘rta bo‘g‘in o‘quv faoliyatiga o‘tish davridir. Shu sababli aynan shu sinfda o‘qiganini tushunish malakasini shakllantirish o‘ziga xos metodik yondashuvlarni talab qiladi. O‘qib tushunish — bu o‘qilgan matndan ma’no chiqarish, asosiy fikrni ajratish, muallifning nuqtai nazarini anglash va unga mustaqil munosabat bildirish jarayoni bo‘lib, u faqat so‘z va gaplarni o‘qish emas, balki mantiqiy va mazmuniy anglashni ham o‘z ichiga oladi1. Bu ko‘nikma shakllanganda o‘quvchi nafaqat ona tili, balki boshqa fanlarda ham muvaffaqiyatga erisha oladi. 1 Güneş, F. (2000). Okuma Anlama Öğretimi. Ankara: Ocak Yayınları. https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs 1 91 Volume-81, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Psixolog olim J. Piagetning fikriga ko‘ra, 11 yoshdan boshlab o‘quvchilarda abstrakt fikrlash shakllana boshlaydi, ya’ni ular tushunchalar, sabab-natija bog‘liqliklari asosida fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Vygotskiy esa “yaqin rivojlanish zonasi” nazariyasida ta’kidlaganidek, har bir bola o‘ziga yaqin kattalar yoki bilimli tengdoshlar yordamida yuqoriroq bilim darajasiga chiqishi mumkin2. Bugungi kunda bu yo‘nalishda o‘zbek olimlaridan Shohruh Abduraimov, Qodirova M, Z. Karimova va boshqa tadqiqotchilar tomonidan amaliy izlanishlar olib borilmoqda. Ularning ishlari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilarda o‘qiganini anglash ko‘nikmasini shakllantirishda metakognitiv strategiyalar, interfaol metodlar va didaktik o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi.Biroq maktab amaliyotida ko‘plab 6-sinf o‘quvchilari matnni o‘qigani holda uni to‘g‘ri tushuna olmaydi. Shu sababli ushbu maqola 6-sinf o‘quvchilarida o‘qiganini tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy asoslarini, metodik yondashuvlarini va o‘qituvchi uchun amaliy tavsiyalarni chuqur tahlil etadi. 1. O‘qib tushunish tushunchasining nazariy asoslari. O‘qiganini tushunish — bu o‘quvchining matndan axborot olish, uni o‘z tajribasi va avvalgi bilimlari bilan bog‘lash, tahlil qilish va undan to‘g‘ri xulosa chiqarishidir. Güneş o‘z tadqiqotlarida o‘qiganini tushunishni ikki darajaga bo‘ladi: literal anglash (yuzaki) va inferensial anglash (chuqur tushunish). 2. O‘qiganini tushunishni rivojlantirishda metakognitiv strategiyalar. Metakognitiv strategiyalar — bu o‘quvchining o‘z bilim faoliyatini kuzatish, baholash va boshqarish strategiyasidir. Shohruh Abduraimov bu yondashuvni 6-sinf o‘quvchilarida o‘zlashtirishda asosiy vosita deb hisoblaydi3. Masalan, “Men nimani bilaman?”, “Nimani tushunmadim?” kabi savollar o‘quvchiga o‘z o‘qish faoliyatini anglash imkonini beradi. 3. Interfaol metodlar. Interfaol dars metodlari — bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi faol muloqotga asoslangan usullardir. Misollar: “Fikrlar jarchisi”, “Insert”, “Murabbiy-o‘quvchi”, “Bahsli savollar” va boshqalar. Misol uchun “Fikrlar jarchisi” metodini tahlil qiladigan bo‘lsak bu metod o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha fikrlarini yig‘ish, ularni tahlil qilish va guruhlash orqali chuqurroq tushuncha hosil qilishga yordam beradi. U quyidagi bosqichda o‘tkaziladi: 2 Vygotsky, L.S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. Harvard University Press. 3 Abduraimov, Sh. (2021). Boshlang‘ich sinflarda o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi. Toshkent: Fan. https://inlibrary.uz/index.php/pedagogs 1 92 Volume-81, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 1. Matn tanlash: Bunda o‘quvchilarga muayyan mavzu doirasida matn taqdim etiladi. Masalan, “Inson huquqlari nima?” 2. Fikrlarni yig‘ish: O‘quvchilar o‘z fikrlarini yozma ravishda bildiradilar. 3. Fikrlarni guruhlash: Yig‘ilgan fikrlar umumiy mavzular bo‘yicha guruhlanadi. 4. Muhokama: Har bir guruh o‘z fikrlarini taqdim etadi va umumiy muhokama o‘tkaziladi. 5. Xulosa: O‘quvchilar umumiy xulosa chiqaradilar va o‘z fikrlarini taqdim etadilar. Namunaviy matn: Mavzu: “Inson huquqlari nima?” Matn: Inson huquqlari — bu har bir insonning tug‘ilishidan boshlab ega bo‘lishi kerak bo‘lgan aso

Доказательный фрагмент

«This article explores the theoretical and practical foundations of developing reading comprehension skills among 6th-grade students.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the theoretical and practical foundations of developing reading comprehension skills among 6th-grade students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
6th grade, reading comprehension, metacognitive strategy, interactive, o‘qituvchi roli., interfaol metod, o‘yinli dars, metodika, Kalit so‘zlar: 6-sinf, o‘qiganini tushunish, metakognitiv strategiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники