Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ADABIYOT DARSLARIDA BADIIY MATN BILAN ISHLASH BOSQICHLARI: OʻQISHDAN OLDIN, OʻQISH DAVOMIDA VA OʻQISHDAN KEYINGI FAOLIYAT
OʻQISHDAN KEYINGI FAOLIYAT · Abdullayeva Adiba Shuxratovna
Педагоги · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada darsliklar yuzasidan tuzilayotgan savol va topshiriqlarning oʻrni, ularning oʻz xususiyatiga koʻra turlari va berilish bosqichlari haqida gap boradi. Kalit soʻzlar: taxminiy savollar, tahlil, hikoya, yangi avlod darsliklari, savol- topshiriqlar Zamonaviy texnika va texnologiyalar rivojlanib borayotgan yangi davrda har sohada sezilarli oʻzgarishlar,yangilanishlar kuzatilmoqda.Taʼlim tizimidagi yangilanishlar darsliklarda ham oʻz aksini topmoqda.Darslikdagi nazariy materiallarning yolgʻiz oʻzi inson kamolotini toʻla rivojlantirish va mavzuni tushunishga,uni amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini rivojlantirish uchun yetarli boʻlmaydi,ayniqsa,adabiyot darslarida.Har bir darslikda berilgan mavzu oʻquvchi bilimining oʻsishiga, mavzuni oson, shuningdek, puxta oʻzlashtirilishini taʼminlashi lozim.Bu yoʻlda mavzuga aloqador tuzilgan savol va topshiriqlarning oʻrni boʻlakcha. Xoʻsh,zamonaviy darsliklardagi savol-topshiriqlar qanday boʻlishi kerak? Buni 5-sinf adabiyot darsligi misolida koʻrib chiqamiz. Ushbu fan oʻquvchi uchun hali oʻtilmagan, u bu yoshgacha "Oʻqish" kitobidan foydalangan. Fanni avvaldanoq mukammal va toʻgʻri yondashuv asosida oʻrganish komil adabiyotshunosning shakllanishiga zamin yaratadi. Bunda mavzuga oid nazariy qism va unga doir vazifalar tahlilga tortiladi. Har bir vazifa berilayotgan materialning xarakteri, hajmi va maqsadiga ham bogʻliq. Professor V.V.Golubokovning fikricha, dars jarayonida badiiy asar tahliliga doir beriladigan savollarni oʻz xususiyatiga koʻra quyidagicha uch guruhga boʻlish mumkin: 1.Taxminiy savollar. 2.Tahliliy savollar. 3.Umumlashtiruvchi savollar. Avvalo, fanni o'rganishda o'qish faoliyati ta’lim jarayonining turli bosqichlarida amalga oshiriladi: o'qishdan oldin, o'qish paytida va o'qishdan keyingi bosqichlar. O'qishdan oldingi bosqich talabalarning oldingi bilimlarini faollashtirish va tasavvur shakllanishi uchun amalga oshiriladi. O'qish bosqichi matndan olingan yangi bilimlarni shakllantirish va uni o'z tajribasi bilan bog'lash uchun amalga oshiriladi. Bunday https://scientific-jl.com/ped 2 00 Volume-81, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 savollar "taxminiy savollar" sirasiga kiradi.Misol sifatida mutolaadan oldingi topshiriq sifatida quyidagilarni misol keltira olamiz: Abusaid Koʻchimovning "Boychechak" hikoyasi: 1.Bobo-buvilarimiz boychechak va chuchmomalarni ko‘zga surtib “omonliq- esonliq” qilishadi. Ushbu urf-odatning qanday ma’nosi bor deb o‘ylaysizlar? 2.O‘yinlarda kimdir sho‘xlik qilib, kimdir esa g‘irromlik bilan o‘yin qoidalarini buzib turadi. O‘sha vaziyatlarda qanday yo‘l tutgansizlar? 3.Sizga yoki jamoaga nohaqlik qilgan bolalarga qanday munosabatda bo‘lgan ma’qul deb hisoblaysiz? [3;40] Xudoyberdi Toʻxtaboyevning "Sehrli qalpoqcha" asari yuzasidan shakllantirilgan savollar: 1. Siz o‘zingizda qanday sehrli buyumlar bo‘lishini orzu qilasiz? Bunday buyumlar bilan qanday ishlarni amalga oshirgan bo‘lardingiz? 2. Qaysidir xatti-harakatingiz uchun boshqalarning oldida uyalib qolgan paytlaringiz bo‘lganmi? Xatongizni qanday tuzatgansiz? [4;103] Matnazar Abdulhakimning "Darsdan soʻng..." sheʼri asosida shakllantirilgan mutolaadan oldingi savollar: 1. Sizningcha, mas’uliyatli o‘quvchi qanday bo‘ladi? O‘zingizni intizomli o‘quvchi deb ayta olasizmi? Fikrlaringizni asoslang. 2. Uy vazifasini bajarmay kelgan paytlarda o‘zingizni qanday his qilasiz? [3;57] Rus metodisti V.V.Golubokov tomonidan "tahliliy savollar" tarzida tavsiflangan ikkinchi guruhga mansub savol-topshiriqlar, asosan, hikoyadan soʻng beriladi. Ular badiiy asarning umumiy mazmunini aniqlashga,asosiy qahramonlar xarakteri evolyutsiyasini belgilash, asar kompozitsiyasi, sujet qurilishi hamda badiiy til xususiyatlarini tahlil qilishga yaqindan yordam beradi: 1.Bolaning Tosh tog‘asini yaxshi ko‘rishi sababini tushuntiring. Siz ham tog‘angizni yaxshi ko‘rasizmi? Nima uchun? 2.Fotima folbinning quyidagi gapiga diqqat qiling: “Aylanib ketay bahor elchisidan. Bel og‘rig‘idan qutuladigan bo‘libman-da…” Bahor kelishi va folbinning belog‘rig‘idan qutulishi o‘rtasida qanday aloqa bor deb o‘ylaysiz? 3.Murodning “...shartta o‘tirib etigini yechdi, paytavasi orasidan g‘ijimlangan qog‘oz pullarni olib, gazetaga tashladi” tarzidagi harakatiga nima sabab bo‘ldi deb o‘ylaysiz? Bu xatti-harakatlar Murodga xos bo‘lgan qanday fazilatlardan dalolat beradi? (Abdusaid Koʻchimovning "Boychechak" hikoyasi asosida)[3;48] 4.Hikoyadagi ta’riflardan Yanguli obrazi sizda qanday taassurot uyg‘otdi? 5.Jamolni asrab olgan Nina xola haqida mulohazalaringizni bildiring. U nega oddiy vaziyatlarda ham asabiylashib, kuyinib gapiradi deb o‘ylaysiz?(Nodar Dumbadzening "Hellados" hikoyasi asosida).[4;19] https://scientific-jl.com/ped 2 01 Volume-81, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 O'qishdan keyingi bosqich olingan bilimlarning mazmunli bo'lishi uchun ularni tizimlashtirishga va umumlashtirishga qaratiladi. Har bir mavz
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada darsliklar yuzasidan tuzilayotgan savol va topshiriqlarning oʻrni, ularning oʻz xususiyatiga koʻra turlari va berilish bosqichlari haqida gap boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada darsliklar yuzasidan tuzilayotgan savol va topshiriqlarning oʻrni, ularning oʻz xususiyatiga koʻra turlari va berilish bosqichlari haqida gap boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- yangi avlod darsliklari, Kalit soʻzlar: taxminiy savollar, hikoya, tahlil, savol-topshiriqlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025