К содержанию
РецензированоUZ2026

TEXNOLOGIK TA’LIM YO’NALISHI TALABALARIGA “MATERIALSHUNOSLIK VA KONSTRUKTSION MATERIALLAR” FANINI O’QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Solijonova Muxlisaxon Faxriddin qizi

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada texnologik ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga Materialshunoslik va konstruktsion materiallar fanini o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati yoritib berilgan. Talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish, amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish va o’quv jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi zamonaviy o’qitish metodlari, shuningdek, raqamli ta’lim resurslari, virtual laboratoriyalar, interaktiv simulyatsiyalar haqida ma’lumot berib o’tilgan. Shuningdek, maqolada innovatsion texnologiyalarning an’anaviy o’qitish usullariga qaraganda ancha samarali ekanligi va ulardan foydalanishdagi muammolar va ularning yechimlari haqida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: Materialshunoslik va konstruktsion materiallar, innovatsion texnologiyalar, virtual laboratoriyalar, interaktiv ta’lim, sun’iy intellekt , raqamli ta’lim resurslari. Zamonaviy ta’lim tizimi innovatsion texnologiyalar bilan chambarchas bog’liq. Shuningdek, bugungi zamonaviy innovatsion texnologiyalarning rivojlanib ravnaq topib borayotgan davrining eng yirik ustuvor vazifalaridan biri yetuk va malakali kadrlar tayyorlashdir. Jumladan, texnologik ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarning ham kelajakda yetuk kadr bo’lishlarida bu texnologiyalarning ahamiyati keng qamrovlidir. Materialshunoslik va konstruktsion materiallar fani texnologik ta’lim yo’nalishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu fan talabalarga mashinasozlik sohasida ishlatiladigan barcha metallar, qotishmalar, rangli metallar, metallmas materiallar va boshqa turdagi mahsulotlarning o’ziga xos vazifalarini, tuzilishlarini, xossalarini, tarkibini, ularning fizik-mexanik xususiyatlarini hamda ularga ishlov berish usullarini o’rganadi. “XXI asr- axborot texnologiyalari” davrida innovatsion texnologiyalardan foydalanib o’quv jarayonini tashkil etish, ta’lim sifatini oshirishga e’tibor qaratish, bo’lajak mutaxassis talabalarning darslarini mana shu kabi innovatsion vositalar yordamida olib borish bugungi kunning talablaridandir. Ta’lim tizimining rivojlanib borishi natijasida o’quvchilarning fikrlash darajasi, dunyoqarashi va bilim olishga bo’lgan ishtiyoqlari ham ortib bormoqda, ayniqsa, https://scientific-jl.com/ped 4 06 Volume-81, Issue-1, May -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 axborotlarni olish ko’lami ham osonlashmoqda va ehtiyoj ham ortmoqda, shunday rivojlanish davrida o’quv jarayonlarini tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanmaslik dars sifatini pasayishiga olib keladi. Shuningdek,axborot olish va tarqatish jarayani jadal rivojlanayotgan davrda agar o’qituvchi zamon bilan hamnafas holda o’z ustida ishlamasa uning avvalgi to’plagan bilimlari yetarli bo’lmay qoladi va ish faoliyatida ham turli xil muammolarga duch kelishi ham mumkin. Bunday muammolarni bartaraf etish uchun o’qituvchi darsni kundalik hayotdagi keskin voqealar bilan bog’lab tashkil etsa, jumladan, turli xil pedagogik metodlardan va innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali dars esda qolishiga erishiladi va o’qituvchi o’z faoliyatidan mamnuniyatlik hissini tuyadi va ko’proq bilimlarni egallashga va bu bilimlarni talabalarga yetkazishga harakat qiladi. Innovatsiya –(inglizcha) yangilik, yangilik kiritish degan ma’nolarni anglatadi, texnologiya esa yunoncha ‘texnos’- san’at, mahorat va ‘logos’-fan so’zlaridan olingan. Innovatsion texnologiya esa ta’lim – tarbiya shakllari, metodlari va usullariga yangilik kiritish va o’zgacha yondashish degan ma’noni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonni tashkil etishda yangilik yaratish va bu yangiliklarni ommalashtirishdir. Innovatsion texnologiyalarning o’quv jarayonidagi ahamiyati. An’anaviy ta’lim usullari faqat nazariy bilim berishga xizmat qilsa, innovatsion texnologiyalar esa amaliy va interaktiv ta’limni rivojlanishiga imkon beradi. Quyidagi innovatsion texnologiyalar haqida qisqacha to’xtalib o’tsak. Virtual laboratoriyalar- talabalarga laboratoriya tajribalarini xavfsiz tejamkor tarzda o’tkazish imkonini beradi. 3D modellashtirish va simulyatsiyalar- murakkab jarayonlarni vizuallashtirish orqali tushunish va eslab qolishni osonlashtiradi. Sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformalari- har bir talabaga individual rivojlanishiga yordam beradi. Interaktiv ta’lim dasturlari-o’quv jarayonini qiziqarli va samarali bo’lishiga xizmat qiladi. Keling, texnologik ta’lim yo’nalishi talabalariga Materialshunoslik va konstruktsion materiallar fanini o’qitish nima uchun muhimligini ko’rib chiqamiz. Bu fanni chuqur o’rganish orqali sanoat va ishlab chiqarish uchun muhim yangi materiallarni yaratish va ulardan foydalanish imkonini beradi. Muhandislik sohalari- qurilish, avtomabilsozlik, elektrotexnika kabi tarmoqlarni rivojlanib ravnaq topishiga xizmat qiladi. Bu fanni o’rganish ekologik jihatdan ham muhim hisoblanadi, chunki ekologik toza, energiya tejovchi materiallar ishlab chiqarish bugungi zamon talablaridandir. Shuning

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada texnologik ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga Materialshunoslik va konstruktsion materiallar fanini o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati yoritib beril…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada texnologik ta’lim yo’nalishida tahsil oluvchi talabalarga Materialshunoslik va konstruktsion materiallar fanini o’qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati yoritib beril… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interaktiv ta’lim, sun’iy intellekt, virtual laboratoriyalar, Kalit so’zlar: Materialshunoslik va konstruktsion materiallar, innovatsion texnologiyalar, raqamli ta’lim resurslari.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники