Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TADBIRKORLIK VA KICHIK BIZNES FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
TASHKIL ETISH · Rashidov Raxmatillo Alojonovich · Safoyev Shamshodbek To’xtamurod O’g’li (F-Namangan State Technical University)
Педагоги · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'nalishlari, kichik biznesning milliy iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyati iqtisodiy ko'rsatkichlar orqali yoritilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bozor muhitining tez moslashishi, bandlik daromadning shakllanishini ta'minlaydi va bu uning tengsizligini yumshatish va o'rta mulkdorlar tomonidan berilgan afzalliklarini ochib berilgan. Kalit so'zlar: kichik biznes, mulk, sarmoya, ishsizlik, raqobat, import, eksport, yirik biznes. Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo‘nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyati ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlariga bo’linadi. Ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi yana kichik turlarga bo’linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini 4 guruhga bo’linadi 1. Ishlab chiqarish tadbirkorlik faoliyati turlariga - ishlab chiqarish, innovatsiya, ilmiy texnika, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, axborot va boshqalar. 2. Tijorat tadbirkorlik faoliyati turlariga tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan bog’liq korxonalar kiradi. 3. Moliyaviy tadbirkorlik faoliyati turlariga Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko'rsatuvchi maqom bo’lib xizmat qiladi. Tijorat banki - aksiyadorlik moliyaviy-kredit muassasasi bo’lib, pul omonatlarini (depozitlami) qabul qiluvchi va mijoz ko'rsatmasi bilan hisob-kitob operatsiyalami amalga oshirib pulli xizmat ko'rsatadi. Tijorat bankining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag’lari o'rtasidagi farqlardan shakllanadi. 4. Kosalting (maslahat) tadbirkorligi faoliyati turlariga bir sohada o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. Chet ellarda boshqaruv bo‘yicha pulli maslahat konsalting deb yuritiladi. Konsalting https://scientific-jl.com/ped 1 58 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 xizmatlari bir martali maslahat ham bo’lishi mumkin. Maslahat uslublarining uch turi - ekspertli, jarayon va o‘rgatuvchi maslahatlardan iborat. Mamlakatimizda islohotlarni chuqurlashtirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va eksport qilish, mavjud zaxiralardan tejamkorlik bilan foydalanish asosida sifatli va arzon xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish xalq turmush farovonligini oshirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu ustuvor masalalami hal etishda tadbirkorlik faoliyatining hajmigi, faoliyat turiga, tadbirkorning qobilyatiga, tarmoqlaming ixtisoslashuviga qarab turli shakllarda faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar yaratigan bo’lib, tadbirkorlik faoliyatini quyidagi 5 ta guruhga ajratib qo‘yilgan. 1. Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha: ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va innovatsion tadbirkorlik faoliyati; 2. Tadbirkorkning qanday vazifani bajarishiga qarab: ishlab chiqarish, boshqarish, moliyalashtirish, vositachilik va konsalting xizmatiga qaratilgan tadbirkorlik; 3. Faoliyat turlarining soni bo'yicha bitta va ko‘p tarmoqli tadbirkorlik; 4. Faoliyat murakkabligi bo'yicha: maxsus bilim talab qilmaydigan, maxsus bilim talab qiladigan, yuqori texnologiyaga va maxsus bilimga asoslangan tadbirkorlik; 5. Faoliyatning tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha: sanoat, agrosanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va boshqa ijtimoiy tarmoqdagi tadbirkorlik. Bugungi kunda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo’llab- quvvatlash maqsadida jamg’arma tomonidan kafillik va kompensatsiya shaklida moliyaviy yordamlar berib kelinmoqda. Birgina o’tgan yil davomida 20 258 ta kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklaridan olingan 33,208 mlrd. so’mlik kreditlari bo’yicha jamg’arma tomonidan 6,993 mlrd. so’m miqdoridagi moliyaviy majburiyatlar olingan. O’z navbatida, tahlillar natijasi shuni ko’rsatadiki, 2020-yilda: - tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo’yicha 5356 ta kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga jamg’armaning 4,172 mlrd. so’m miqdordagi kafillik majburiyatlari olingan, natijada jamg’armaning kafilligidan foydalanuvchi kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari soni 2019-yilga nisbatan 4,2 barobarga oshgan; - tijorat banklari kreditlari bo’yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun jamg’armaning kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordamidan foydalangan kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari soni esa 14 902 ta yetgan va Jamg’arma 2,821 mlrd. so’m miqdorda foiz xarajatlari qoplash yuzasidan majburiyatlar olgan, natijada 2019-yilga nisbatan kompensatsiya oluvchilar soni 4,4 barobar hamda to’lab beriladigan foiz xarajatlari miqdori 3,3 barobarga oshgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi https://scientific-jl.com/ped 1 59 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 2018-2022 yillar kichik va o`rta biznes 1-jadv
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'nalishlari, kichik biznesning milliy iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyati iqtisodiy ko'rsatkichlar orqali yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo'nalishlari, kichik biznesning milliy iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyati iqtisodiy ko'rsatkichlar orqali yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kichik biznes, mulk, sarmoya, ishsizlik, raqobat, import, eksport, Kalit so'zlar: kichik biznes, yirik biznes.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014