Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSH AVLODGA MILLATLARARO MULOQOTNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK AHAMIYATI
SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK · p.f.f.d(PhD), dotsent Ostonov Jasur Shopirjonovich · Ernazarova Zulxumor Muxammadi qizi
Педагоги · 2026
Аннотация
In our rapidly developing society, great attention is paid to teaching the younger generation a foreign language, and the issue of interethnic dialogue has also attracted the attention of researchers in recent years, and many authors of scientific articles on this topic have covered the issue of interethnic dialogue among young people in Uzbekistan. In particular, this article provides information about the pedagogical and psychological significance of the formation of interethnic dialogue. In this regard, the issues of learning a foreign language and developing interethnic dialogue are revealed. https://scientific-jl.com/ped 9 6 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 Keywords: Interethnic dialogue, relations between peoples, foreign language, pedagogy, psychology, state language, Constitution, education, students, O‘sib kelayotgan yosh avlodni insoniylik ruhida tarbiyalash, O‘zbekiston jamiyatida yashovchi kishilar orasida insoniy munosabatlarni shakllantirish bugungi kunda pedagogika hamda psixologiya fanlarining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda dunyoviy, umuminsoniy anʼanalarni hisobga olish, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlariga tayanish uchun ko‘pmillatli O‘zbekiston jamiyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish lozim. O‘zbek xalqi hayotini demokratlashtirish, taʼlim tizimini insonparvarlashtirish va milliy bosimlarning kuchayishi sharoitida o‘quvchilarga millatlararo insoniy munosabatlarni singdirish o‘ziga xos dolzarblik kasb etmoqda. Taʼlim muassasasidagi ko‘pmillatli o‘quvchilar jamoasi orasida insoniy munosabatlar va aloqalarni shakllantirish jamiyat hayotini sog‘lomlashtirishning muhim shartidir. O‘zbekistonda yashovchi xalqlarda o‘z-o‘zini anglashning kuchayishi o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlash vazifasini yanada dolzarblashtirmoqda. Bu O‘zbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur muammoni yechishda umumiy o‘rta taʼlim muassasalari alohida o‘ringa ega. Aynan umumiy o‘rta taʼlim jarayonida o‘quvchi shaxsini rivojlantirish sohasida erishilgan yutuqlar negizida yosh avlodning axloqiy qiyofasini shakllantirish, ularning obyektiv borliq bilan munosabatini kengaytirish orqali mikrosotsiumga tayyorlashga harakat qilinmoqda. Chunki jamiyatning yuksak madaniyatli, bilimli va insonparvar aʼzolarini tarbiyalash uning hayotini sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Xuddi shunday kishilargina ko‘pmillatli jamiyatda muvaffaqiyatli yashab, faoliyat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Nafaqat o‘zining milliy madaniyatini biluvchi, uni hurmat qiluvchi, balki boshqa xalqlar madaniyatini ham qadrlaydigan, ularni o‘z milliy madaniy boyliklari bilan uyg‘unlashtira oladigan, baynalmilallik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yoshlarni shakllantirish jamiyat ehtiyojiga aylanmoqda. Muloqot – o‘zaro bir-birini tushunish, fikr almashinish, aloqa o‘rnatish, axborot almashinish, hamjihatlikda harakat qilish demakdir. Millatlararo muloqot esa, turli millat vakillarining o‘zaro hamjihatlikda harakat qilishi, munosabatga kirishishi, fikr va axborot almashinishidan iborat jarayondir. Shuning uchun ham, o‘quvchilarni yoshligidan boshlab millatlararo muloqotga tayyorlash lozim. Chunki O‘zbekiston ko‘p millatli mamlakat bo‘lib, unda 130 dan ortiq millat vakillari yashaydilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida turli millat vakillarining o‘zaro hamjihatlikda yashab faoliyat ko‘rsatishi qonuniy kafolatlangan. Chunonchi, Konstitutsiyaning 4-moddasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi»[1] , deb https://scientific-jl.com/ped 9 7 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 taʼkidlangan. Darhaqiqat, o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlash ham siyosiy, ham ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masala hisoblanadi. Tarixiy tajribalardan shu narsa maʼlumki, turli millat vakillari bir-birlari bilan o‘zaro muloqot o‘rnatganlar, buning uchun esa bir-birlarining madaniyatlari, qadriyatlarini o‘rganganlar, qadriyatlarga asoslangan do‘stona munosabat yo‘lga qo‘yilganlar. Millatlararo muloqot masalasi so‘nggi yillarda tadqiqotchilar eʼtiborini o‘ziga jalb qilmoqda. Muloqotning asosiy maqsadi – subyektlarning maqsadga muvofiq tarzda bilvosita hamkorligini amalga oshirishdan iborat. Taʼlim jarayonida o‘quvchilarni millatlararo muloqotga tayyorlash kommunikatsiya mazmuni va kommunikatsiya modelini aniqlashni taqozo qilmoqda. Muloqot jarayoni subyektlari turli millat vakillari bo‘lgan o‘quvchilar, ijtimoiy guruhlar, umuman jamiyat aʼzolari bo‘lishi mumkin. Zamonaviy pedagogika fanida o‘quvchilarni millatlar va madaniyatlararo muloqotga tayyorlashning bir necha yo‘nalishlari namoyon bo‘lmoqda.
Доказательный фрагмент
«In our rapidly developing society, great attention is paid to teaching the younger generation a foreign language, and the issue of interethnic dialogue has also attracted the attention of researchers in recent years,…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn our rapidly developing society, great attention is paid to teaching the younger generation a foreign language, and the issue of interethnic dialogue has also attracted the attention of researchers in recent years,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Interethnic dialogue, relations between peoples, foreign language, Konstitutsiya, xalqlararo munosabat, chet tili, psixologiya, o‘quvchilar., pedagogika, Kalit so‘zlar: Millatlararo muloqot, taʼlim, davlat tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014