К содержанию
РецензированоUZ1990

ZAMONAVIY O‘ZBEK ROMANLARIDA QAHRAMON XARAKTERINING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI

XARAKTERINING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI · Abdumajidova Dinora Abdumurod qizi

Педагоги · 1990

Аннотация

This article explores the development of character portrayal in contemporary Uzbek prose, with a focus on the specific features of character construction in novels written during the early years of Uzbekistan’s independence. It highlights the key achievements of Uzbek novel-writing in the post-independence period and reviews scholarly research dedicated to this literary evolution. Particular attention is given to the first stage of independence-era Uzbek literature, covering the years 1990 to 2000. Kalit so’zlar: O‘zbek romanchiligi, Tog‘ay Murod romanlari, Otamdan qolgan dalalar, Dehqonqul obrazi, zamonaviy o‘zbek romani, ustaqillik davri adabiyoti, Murod Muhammad Do‘st, Ulug‘bek Hamdam, Xurshid Do‘stmuhammad,realistik tasvir, qahramon xarakteri, adabiy jarayon Keywords: Uzbek novel writing, The legacy of A. Qodiriy, Novels by Togay Murad, The Fields Left by My Father, The character of Dehqonqul, Contemporary Uzbek novel, Literature of the independence period, Murod Muhammad Dost, Ulugbek Hamdam, Khurshid Dustmuhammad, Realistic depiction, Character of the protagonist, Literary process. XX asrda A. Qodiriy asos solgan o’zbek romanchiligi ham dunyo romanchiligi bilan bahslasha oladigan baquvvat asarlar solnomasini yaratmoqda. Etirof etish kerak, o’zbek romanchiligi va romanshunosligi bir-biriga monand rivojlandi. Milliy istiqlolning birinchi yillarida o’zbek romanchiligida kechgan sokinlikni ijodkor ongida kechgan kurashlar silsilasi davri desak adashmaymiz. Qalbda, ruhda kechgan hayrat va shukronalik ongda aks-sado berar ekan, yozuvchining o’y-xayolini band etgan g’oya talqini uchun yillar kerak bo’ldi. Zamonaviy o’zbek romannavislari deganda ko’z o’ngimizda beixtiyor Murod Muhammad Do’st, Ulug’bek Hamdam,Tog’ay Murod,Xurshid Do’stmuhammadlar gavdalandi. Ular yaratgan romanlar qahramon xarakteri xususiyati sabab boshqa romanlardan ajralib turadi. Roman ruhiga singdirilgan mantiq - mas’ullik mantig‘i nafaqat har bir qahramon o‘zi uchun, hech bo‘lmasa yaqinlari, tug‘ishganlari uchun mas’ul degan tushuncha bolam, qo‘shnim, https://scientific-jl.com/ped 5 5 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 elim, ulusim, yurtim degan yuksak g‘oyalar sari etaklashi yoinki Vatan – uyingning ostonasidan boshlanadi, degan purviqor fikr ham aslida har bir qahramonni alohida shaxs sifatida, yakdillikda bir millat sifatida yuksaltiradi. Shunday ekan, romanga xos realistik tasvir hayotning badiiy in’ikosi sifatida talqin etilgan har bir qahramon hayoti, orzu - intilishlari, g‘am - tashvishlari, topganlari va yo‘qotganlari turfa xil taqdirlar misolida jonlanar ekan, makon va zamon badiiy in’ikosida milliy ruhiyat aks etadi1. Birgina Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanini olaylik: Dehqonqul obrazi orqali o’quvchi haqiqiy jaydari, o’zbekning mehnatkash,belida belbog’i bor er yigitini ko’radi. “— Eb-e, taqdir-peshonamizga nima qilibdi, eb-e? Mana, kino bo`lib tarixda qolayapmiz! Bu kunlar o`tadi-ketadi — tarixda qolganimiz yonimizga qoladi!”, shu jumlalaridan qahramonning ertangi kunga umidvorlik,samimiylik xislatlarini ko’rishimiz mumkin. Garchi yurtga kelgan qahatchilik uning ham qozoniga chang solgan bo’lsa-da,yurtini sotmaydi, Vatanga bo’lgan sadoqati qon-qoniga singanligini o’z amallari bilan isbotlaydi. Qahramonning yana bir ko’zga tashlanadigan xususiyati shuki, u boshqa obrazlardan farqli o’laroq juda ko’ngilchan va sodda, o’z ayolini saqlab qololmaganligining bosh sababi ham balkim shundadir… Asar mutolaasi davomida siz Dehqonqul his etgan alamlarni his etasiz,u bilan birga yonib kuyasiz,o’rni kelganda yig’laysiz ham. Bu adibning qahramon xarakterini ochishda naqadar aniq chizgilardan foydalanganligini ko’rsatadi. Yozuvchi olam va odam xususidagi mushohadakor fikrlar, har bir ziyoli tiynatidagi evrilishlar, jamiyat maqsadining kelajak sari talpinishigacha zukkolik bilan asarda badiiy qamrab oladi.Asar Tog‘ay Murodning ta’biri bilan aytganda, o‘zbek xalqiga qo‘yilgan haykal. Bir sulola timsolida ko‘rsatib berilgan xalq boshida necha zamonlar qora bulut bo‘lgan yog‘iyning millat boshiga solgan qora kunlari haqidagi marsiya. Istiqlol davri romanchiligini adabiyotshunos I. Yakubov tadqiqotda Mustaqillik davrida o’zbek milliy romanining “roman-pentalogiya, roman-tetralogiya, rivoyat- roman, mistik-roman; ilmiy-fantastik roman, marifiy-biografik roman, esse-roman, roman-istexzo, roman-muhokama, roman-publitsistika, “mini-roman” janrlari yaratilganini ilmiy asoslab beradi.2 Hozirgi adabiy jarayonda kechayotgan janr talablari va badiiy mezonlar o’zgarishiga I.Sultonning “Boqiy darbadar” romanida “Mangu darbadarning qaytishi” premyerasi, N.Eshonqulning “Go’ro’g’li” romanida sud jarayonining teatrda tashkil etilishi, E.Azamning “Shovqin” romani qahramoni kinodramaturg Farhod Ramazonning Sharq adabiyotida mashhur Shayx Sanon qissasi syujeti asosida yaratgan 1Zahro Oskanova ZAMONAVIY O‘ZBEK NASRIDA TASVIR VA TALQIN «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2

Доказательный фрагмент

«This article explores the development of character portrayal in contemporary Uzbek prose, with a focus on the specific features of character construction in novels written during the early years of Uzbekistan’s indepe…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the development of character portrayal in contemporary Uzbek prose, with a focus on the specific features of character construction in novels written during the early years of Uzbekistan’s indepe… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Uzbek novel writing, The legacy of A. Qodiriy, Novels by Togay, zamonaviy o‘zbek romani, Kalit so’zlar: O‘zbek romanchiligi, ustaqillik davri adabiyoti, Ulug‘bek Hamdam, Tog‘ay Murod romanlari, Dehqonqul obrazi, Murod Muhammad Do‘st, qahramon xarakteri, Xurshid Do‘stmuhammad, Otamdan qolgan dalalar, realistik tasvir, adabiy jarayon
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники