Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TASVIRIY SA’NATDA “PERSPEKTIVA” FANINING RO‘LI
K.Behzod nomidagi MRDI
Педагоги · 2026
Аннотация
This article highlights the disciplines of Perspective in fine arts. It also provides examples of the origin of the word "perspective" and the history of the science of perspective, as well as outstanding figures who have made additional contributions to its development. Kalit so‘zlar: Proektsiya, nuqta, proektsiyalash, markaziy proeksiyalash, bosh nuqta, masofa nuqtalari, bosh ko‘rish nuqtasi, umumiy uchrashish nuqtasi,tekisliklar, qisqarishlar, chiziqli perspektiva, havo perspektivasi va boshqalar. Ключевые слова: Проекция, точка, проекция, центральная проекция, начало координат, удаленные точки, точка начала координат, общая точка встречи, плоскости, сокращения, линейная перспектива, воздушная перспектива и т. д. Keywords: Projection, point, projection, central projection, origin, distant points, origin point, common meeting point, planes, abbreviations, linear perspective, aerial perspective, etc. Tevarak-atrofimizda joylashgan narsalarning ko‘zingizga asl holidan boshqacharoq ko‘rinishi va bu holatning sabablarini o‘rgnish perspektiva fanining shakllanishiga sabab bo‘Idi. Masalan, turli ko‘za va chelaklaming aylana qismlari umumiy vaziyatda ellips yoki to‘g‘ri chiziq holatida, o'zaro parallel bo‘lgan temiryo‘l relslari esa bizdan uzoqlashgan sari bir nuqtada uchrashgandek bo'lib ko‘rinadi. Balandliklari bir xil bo‘lgan simyog‘ochlarning uzoqda joylashganlari boshidagilarga nisbatan kichik o‘lchamda ko‘rinadi. Bunday hodisalar biror qonuniyatga asoslanishini „Perspektiva” fani to‘laqonli yoritib beradi. Ona tabiatdagi narsalarning ko‘zimizga o‘z shakliga nisbatan biroz o‘zgarib ko‘rinishi, rassomlarning yaratgan realistik asarlaridagi chuqurlik fazosining ochib berilishi sabablari bir necha asrlardan beri o'rganilib kelingan va perspektiva faniga asos solingan. Perspektiva fani tabiatdagi https://scientific-jl.com/ped 7 4 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 narsalarning ana shunday ko‘rinishini tekislik yoki biror sirt ustida tasvirlash usullarini o‘rganadi. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda yosh avlod haqida g‘amxo‘rlik qilish asosiy va ustivor vazifa qilib belgilangan. Mamlakatimizning birinchi prezidenti aytganlaridek “Yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan xozirgi kun talablari darajasida fikrlay oladigan yetuk kadrlarni tayyorlash ham ijtimoiy siyosiy, hamda iqtisodiy muammolarimizni hal etishning kaliti hisoblanadi” , degan edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, eng to‘g‘ri yo‘l ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish, yanada mustaxkamlash yo‘lidir. Biz bu yo‘ldan xech qachon qaytmaymiz. Yangi-yangi maktablar qurish, zamonaviy o‘quv laboratoriyalarini tashkil etish, kollejlarni bitirib chiqayotgan bolalarimizni to‘liq ish bilan ta'minlash masalalari doimo e’tiborimiz markazida turadi . Ta'lim tizimida o‘tkazilayotgan islohot qamrovining kengligi va chuqurligiga ko‘ra bag‘oyat keng ko‘lamli bo‘lib, davlat va jamiyat uning kafolatidir. Oliy ta'lim tizimida o‘qitish samaradorligini takomillashtirishning asosiy sharti ko‘p jixatdan ta'lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning bilim darajasi, ilmiy dunyoqarashining shakllanganligi hamda kelgusida faoliyat olib boradigan mutaxassislikka xos ko‘nikma va malakalarni tarkib topganligi bilan belgilanadi. Albatta kasbiy tayyorgarlik o‘z-o‘zidan yuzaga kelmay balki ma'lum bir bosqichlarni qamrab oladi. Shaxsda kasbiy tayyorgarlikning shakllanishi dastlab kasbga xos tasavvur, tushunchalarni shakllanganligi bilan belgilansa, keyinchalik mutaxassislikka oid ro‘llarni anglab yetishi va egallashi bilan izohlanadi. Buning uchun ixtisoslikga yo‘naltirilgan oliy ta'lim muassasalarida talabalarga o‘qitilayotgan fanlarni biri misolida tushuncha berib o‘tmoqchiman. Ya'ni perspektiva fani misolida. Shu o‘rinda avvalo perspektiva so‘ziga izoh berib o‘taylik, Perspektiva frantsuzcha so‘z bo‘lib, la perspective-uzoqqa qarash, yunonchasiga esa perspictor- oyna orqali to‘g‘ri va aniq ko‘rayapman degan ma'noni bildiradi. Agar markaziy proyektsiyalash insonning ko‘rish xususiyati talablariga moslashtirilsa, yasalgan tasvir yaqqol va ishonchli chiqadi. Bu talablar proyektsiyalanuvchi ob'ektning bir-biriga nisbatan o‘zaro joylashuvi va ular orasidagi masofalar bilan bog‘liqdir. Demak, insonning ko‘rish xususiyatini hisobga olgan holda markaziy proyektsiyalash usulida bajarilgan tasvir perspektiva deb ataladi. “Perspektiva – tasviriy san'atning grammatikasidir”, chunki yaratilgan har qanday realistik tasviriy san'at asari perspektiva qonuniyatlari asosida bajariladi yoki bajarilishi shart. Shundagina bu asarning to‘g‘ri chizilganligi yoki hayotiyligi ta'minlanadi. Agar tasviriy san'at asari bu qoidalarga amal qilinmasdan yaratilsa, ilmli kuzatuvchilar “bu rasmda perspektiva yo‘q”, oddiy kuzatuvchilar “bu rasmda narsalar https://scientific-jl.com/ped 7 5 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 o‘ziga o‘
Доказательный фрагмент
«This article highlights the disciplines of Perspective in fine arts.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article highlights the disciplines of Perspective in fine arts. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Projection, point, projection, central projection, origin, distant, nuqta, bosh ko‘rish nuqtasi, Kalit so‘zlar: Proektsiya, bosh nuqta, markaziy proeksiyalash, umumiy uchrashish nuqtasi, tekisliklar, qisqarishlar, chiziqli perspektiva, masofa nuqtalari, havo perspektivasi va boshqalar., proektsiyalash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014