К содержанию
РецензированоUZ2026

PEDAGOGIK ETIKA VA O’QITUVCHI MADANIYATI

Olimova Dono Shakirovna · Rametova Oydinoy Rustam qizi

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada pedagogik etika va o’qituvchi madaniyatining zamonaviy ta’lim jarayonidagi o’rni, ahamiyati va asosiy tamoyillari tahlil qilinadi. O’qituvchining axloqiy qiyofasi, kasbiy faoliyatdagi odob-axloq me’yorlariga rioya qilishi, shuningdek, shaxsiy madaniyat darajasining ta’lim sifati va o’quvchilar tarbiyasiga ta’siri yoritiladi. Maqolada o’qituvchining o’z kasbiga sadoqati, doimiy o’zini rivojlantirib borishi va o’quvchilar bilan ijobiy muloqotga kirishish qobiliyati asosiy e’tiborda tutilgan. Kalit so’zlar: pedagogik etika, o’qituvchi madaniyati, axloqiy me’yorlar, kasbiy sadoqat, muloqot madaniyati, shaxsiy rivojlanish, ta’lim sifati. Zamonaviy jamiyatda o’qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamolotini ta’minlovchi yetakchi shaxs hisoblanadi. Shu bois pedagogik etika va o’qituvchi madaniyati masalasi ta’lim sohasida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O’qituvchining axloqiy fazilatlari, kasbiy odob-axloq qoidalariga amal qilishi va o’z shaxsiy madaniyatini yuqori darajada saqlashi ta’lim jarayonining samaradorligini belgilab beradi. Pedagog kim? U - yuksak madaniyatga ega, o’z fanini chuqur biladigan, inson psixologiyasini yaxshi tushunadigan, ta’lim-tarbiya metodikasini mukammal egallagan mutaxassisdir. Ta’lim va tarbiyaning bosh maqsadi - har tomonlama yetuk, barkamol shaxs hamda malakali kadrlar yetishtirishdir. Shu boisdan, biz ta’lim samaradorligini o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malaka darajasiga qarab, ularning mustaqil o’rganishga qanchalik tayyorligi va jamiyatda o’z o’rnini topa olish qobiliyatiga qarab baholashimiz kerak. Ta’lim insoniyat taraqqiyotining asosidir. Yangi asrda jamiyatning har tomonlama rivojlanishi bevosita ta’lim tizimining yangilanib, takomillashib borishiga bog’liq. Bugungi globallashuv davrida ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda, axborot oqimi esa ta’lim mazmunining doimiy yangilanishini talab qilmoqda. Innovatsiya deganda sohaga yangilik kiritish jarayoni tushuniladi. Innovatsion texnologiyalar esa pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiluvchi faoliyatdir. https://scientific-jl.com/ped 1 8 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 Zamonaviy taraqqiyot sharoitida innovatsion pedagogik faoliyat, ya’ni yangi texnologiyalarning joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ehtiyoj quyidagi omillar bilan belgilanadi: Ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar tufayli ta’lim tizimida tub islohotlar zarurati yuzaga kelmoqda. O’quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda yangi metodlar va texnologiyalardan foydalanish tobora muhim bo’lib bormoqda. Ta’lim mazmunida fanlar soni va tarkibida o’zgarishlar yuz berib, insonparvarlik g’oyalari kuchaymoqda. Ta’lim tizimiga yangi fanlar kiritilishi muntazam tashkil etilayotgan yangiliklarni aks ettiradi. Bu holat pedagoglarning kasbiy salohiyati va mavqeining oshishiga olib keladi. O’qituvchilarning yangiliklarga bo’lgan munosabatida ijobiy o’zgarishlar yuz bermoqda. Ta’lim jarayonida qat’iy vaqt me’yorlariga amal qilinadigan sharoitlarda pedagoglar nafaqat dastur va darsliklarni tanlash, balki o’z metod va vositalarini tanlash borasida ham cheklovlarga duch keladilar. Pedagogik etika - bu o’qituvchining kasbiy faoliyatida amal qilishi lozim bo’lgan axloqiy me’yorlar, kasb madaniyati va ijtimoiy mas’uliyatini ifoda etuvchi tushuncha. Pedagogik etika doirasida o’qituvchi: 1. har bir o’quvchiga hurmat bilan yondashishi; 2. adolatli va xolis bo’lishi; 3. shaxsiy muomala madaniyatiga ega bo’lishi; 4. sir saqlash, tinglay olish, to’g’ri baho bera olish kabi qobiliyatlarga ega bo’lishi lozim. Pedagogik etikani buzish nafaqat o’quvchining ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, balki ta’lim tizimiga bo’lgan ishonchni kamaytiradi. O’qituvchi madaniyati esa, bu o’qituvchining tashqi ko’rinishi, nutq madaniyati, muloqot uslubi, kasbiy bilimlari va shaxsiy odob-ahloqi bilan uzviy bog’liq. Bundan tashqari, o’qituvchining umumiy madaniyati uning ijtimoiy-ahamiyatli tavsiflarining kasbiy faoliyatda amalga oshgandagi etukligini ifodalaydi. Madaniyat shaxsning rivojlanishi, uning ruhiy kuchlari va qobiliyatlarining amaliy faoliyatida amalga oshish darajasi. Insonning madaniy rivojlanishi-bu uning bilimlari, ishonchlari, qobiliyatlari, xulqining muxit tomonidan rivojlanish jarayonidir. O’qituvchi quyidagilarga e’tibor qaratishi kerak: 1) O’zini tutish va tashqi ko’rinishdagi saranjomlik; 2) Nutqning aniqligi, ravonligi va odobga mosligi; 3) Yangi bilimlarni muntazam o’rganish va ulardan dars jarayonida foydalanish; 4) O’quvchilar bilan mehribon va sabrli munosabatda bo’lish. https://scientific-jl.com/ped 1 9 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 Bu jihatlar o’quvchilar o’rtasida o’qituvchiga nisbatan ishonch uyg’otadi, ta’lim samaradorligini oshiradi va madaniyatli avlodni tarbiyalashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, pedagogning ish o’rni madaniyati - uning ish v

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada pedagogik etika va o’qituvchi madaniyatining zamonaviy ta’lim jarayonidagi o’rni, ahamiyati va asosiy tamoyillari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada pedagogik etika va o’qituvchi madaniyatining zamonaviy ta’lim jarayonidagi o’rni, ahamiyati va asosiy tamoyillari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muloqot madaniyati, kasbiy sadoqat, o’qituvchi madaniyati, axloqiy me’yorlar, shaxsiy rivojlanish, Kalit so’zlar: pedagogik etika, ta’lim sifati.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники