К содержанию
РецензированоUZ2026

MASOFAVIY TA’LIMNING AFZALLIKLARI VA MUAMMOLARI

Olimova Dono Shakirovna · Atajonov Hasanboy Odilbek o‘g‘li

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada masofaviy ta’limning zamonaviy jamiyatdagi o’rni, uning ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilinadi. Ta’limning ushbu shakli zamonaviy texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida keng tarqalib, ayniqsa pandemiya davrida asosiy ta’lim shakllaridan biriga aylandi. Maqolada masofaviy ta’limning qulayliklari - joy va vaqt tanlamasdan ta’lim olish imkoniyati, xarajatlarning kamayishi, ta’limda innovatsion texnologiyalarning qo’llanilishi kabi jihatlar yoritilgan. Shu bilan birga, bu tizimdagi muammolar - internet infratuzilmasining yetarli emasligi, o’quvchilarning o’zini-o’zi nazorat qilishdagi qiyinchiliklari, ta’lim sifati va interaktivlik darajasining pasayishi kabi masalalarga ham e’tibor qaratilgan. Yakuniy xulosalarda masofaviy ta’limni yanada takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: masofaviy ta’lim, zamonaviy texnologiyalar, ta’lim sifati, onlayn darslar, interaktivlik, internet infratuzilmasi, ta’lim muammolari Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim sohasiga ham katta ta’sir ko’rsatmoqda. Xususan, masofaviy ta’lim bugungi kunda dolzarb mavzulardan biriga aylangan. U nafaqat pandemiya sharoitida, balki undan keyingi davrda ham keng qo’llanilmoqda. Ushbu maqolada masofaviy ta’limning afzalliklari va mavjud muammolari haqida fikr yuritiladi. Internetning imkoniyatlari kundan-kunga oshib bormoqda va masofaviy ta’lim bu imkoniyatlardan biri sifatida keng tarqalmoqda. Masofaviy ta’lim o’quvchilarni mustaqil fikrlash, holatni baholash va xulosa qilish kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi. O’quvchilar o’ziga qulay vaqtda, joyda bilim olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu tizim o’qituvchilar va o’quvchilarni masofadan turib interfaol muloqot qilishga imkon beradi. Masofaviy ta’limning afzalligi shundaki, u katta xarajatlarni kamaytiradi, chunki sinf xonalari va o’quv qurollari zarur emas. O’quv materiallari elektron formatda taqdim etiladi va onlayn-testlar orqali baholash amalga oshiriladi. Bundan tashqari, bu tizim uzoq hududlarda yashovchi yoki salomatligi cheklangan o’quvchilarga ham ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Masofaviy ta’limning iqtisodiy jihatlari ham arzonligi bilan ajralib turadi, chunki o’quvchilar transportga pul https://scientific-jl.com/ped 2 1 Volume-80, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 sarflamaydi. O’qituvchi esa ko’proq o’quvchilarga e’tibor qaratishi mumkin va o’qish davomida faoliyatini davom ettirishi mumkin. Masofaviy ta’limning yana bir muhim afzalligi shundaki, o’quvchi o’z vaqtini boshqarish va ko’plab kurslarda bir vaqtning o’zida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, masofaviy ta’lim an’anaviy ta’limdan past emas, balki ba’zi holatlarda undan ustunroqdir, chunki o’quvchilar o’quv materiallarini mustaqil ravishda o’rganadilar. Bu esa o’tilgan mavzularni chuqur o’zlashtirishga yordam beradi va materialni eslab qolishni osonlashtiradi. Bunday ta’limda darsliklar yoki qo’llanmalar yetishmasligi muammosi mavjud emas, chunki o’quv materiallari elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar yoki maxsus saytlarga obuna bo’lish orqali taqdim etiladi. Masofaviy ta’limning arzonligi ham uning yana bir katta afzalligi hisoblanadi. O’qishga borish va kelish uchun sarflanadigan mablag’lar va transport xarajatlari bo’lmaydi, shuningdek, chet elda o’qish uchun viza yoki xorijiy pasport talab qilinmaydi. Bu tizim, shuningdek, o’quvchilarni baholashda ham o’zgacha usulni taqdim etadi. O’quvchilar onlayn-testlar yordamida baholanadi, bu esa imtihonlar paytidagi stress va hayajonlarni kamaytiradi. O’qituvchilar ham masofaviy ta’limda o’z pedagogik faoliyatlarini davom ettirishda katta qulayliklarga ega bo’lishadi, chunki ular dam olish yoki dekret ta’tilida bo’lsa ham, o’quvchilarga yordam bera olishadir. Shuningdek, masofaviy ta’limning eng katta afzalliklaridan biri bu - joy va vaqt tanlamasdan ta’lim olish imkoniyatidir. Bu ayniqsa ish bilan band insonlar yoki chekka hududlarda yashovchilar uchun muhimdir. Shuningdek, transport va yashash xarajatlari kamayadi. Ko’plab platformalarda ta’lim jarayonlari yozib olinadi va istalgan vaqtda qayta ko’rish imkoniyati mavjud. Masofaviy ta’lim geografik cheklovlarni bartaraf etib, an'anaviy ta’lim tizimida qatnasha olmaydiganlarga sifatli ta’lim olish imkonini beradi. Bu usul umrbod ta’lim va ko’nikmalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Onlayn ta’lim, an'anaviy kampus dasturlariga qaraganda, talabalar uchun tejamkor bo’lishi mumkin, chunki u qatnov, turar joy va boshqa jismoniy xarajatlarni tejashga yordam beradi, bu esa ta’limni yanada qulay va arzon qiladi. Masofaviy ta’lim shaxsiylashtirilgan o’quv tajribasini ta'minlab, talabalar o’zlarining individual o’qish uslublariga mos ravishda materiallarni o’z tezligida o’rganishlari, qiyin mavzularni qayta ko’rib chiqishlari va interfaol resurslar orqali tushunishlarini yaxshilashlari mumkin. Biroq, bu usulning kamchiligi shundaki, talab

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada masofaviy ta’limning zamonaviy jamiyatdagi o’rni, uning ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada masofaviy ta’limning zamonaviy jamiyatdagi o’rni, uning ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ta’lim muammolari, Kalit so’zlar: masofaviy ta’lim, ta’lim sifati, onlayn darslar, zamonaviy texnologiyalar, interaktivlik, internet infratuzilmasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники