К содержанию
РецензированоUZ2025

XIX ASR NEMIS TARIXSHUNOSLIGIDA OʻRTA OSIYONING ILK OʻRTA ASRLAR TARIXI MASALASI

Ergasheva Diloromxon · Kalit soʻzlar: Eftaliylar, sosoniylar · Bahrom V · Peroʻz I. · ПРОБЛЕМА РАННЕСРЕДНЕСРЕДНЕВЕКОВОЙ ИСТОРИИ

Современное образование и развитие · 73 – 87 · 2025

Аннотация

This article reveals the extent to which the history of the Ephthalites, one of the powerful states of Central Asia in the early Middle Ages, was studied in the German historiography of the 19th century through comparative analysis. At the end of the 19th century, German scientists T. Noldeke, V. Tomashek and M. Shtein, who conducted research, took out the parts dedicated to the Hephthalites, and analyzed the information in them. Key words: Ephthalites, Sasanians, T. Noldeke, V. Tomashek, M. Stein, Central Asia, Bahrom V, Peroz I. Dolzarbligi. Oʻrta Osiyoning ilk oʻrta asrlardagi tarixi toʻla oʻrganilmagan davr boʻlgani uchun oldimizga qoʻyilgan ushbu masala oʻz dolzarbligini saqlab kelmoqda. Bundan tashqari oʻrganilayotgan davr tarixshunosligi bu borada katta ahamiyat kasb etadi. Demak, masalaning tarixshunosligiga toʻxtalar ekamiz, xorij, ayniqsa, nemis tarixshunosligidagi adabiyotlar e’tiborimizni tortadi. Nemis tarixshunosligida eftaliylar tarixi, asosan, forslar tarixidan kelib chiqib oʻrganilgan. Bu davrga oid adabiyotlarning koʻpini aynan forslar tarixiga bagʻishlangan asarlar tashkil qiladi. Masalaning asosiy qismiga keladigan boʻlsak, nemis tarixshunosligida Oʻrta Osiyoning ilk oʻrta asrlardagi tarixi aks etgan asarlar koʻp boʻlgani uchun ham ularni davrlashtirgan holda va ularda aks etgan masalalar yuzasidan toifalashtirgan holda koʻrib chiqqan maqsadga muvofiqdir, bunda ham asarlarning asosiy qismini oʻrganib chiqish, ham ularni oʻzaro ichki tahlildan oʻtkazish imkoniyati paydo boʻladi. Metodlar va oʻrganilganlik darajasi. XIX asr nemis tarixshunosligining taniqli olimlaridan biri bu Teodor Noldeke hisoblanadi. U tarixchi, sharqshunos va arabshunos olim sifatida izlanishlar olib borgan. Uning 1879-yilda chop etilgan “Sosoniylar davrida forslar va arablar tarixi” nomli asarida sosoniylar tarixi chuqur tadqiq etilgan va asarning 90-167-betlarida eftaliylar tarixi haqida soʻz boradi. Eftaliylarning sosoniylar bilan boʻlgan munosabatini har tomonlama oʻrganishda ushbu asar qoʻl keladi. Bundan tashqari V.Tomashek ham XIX asr oxirida oʻz tadqiqotlarini olib borgan va Oʻrta Osiyoning antik davr va ilk oʻrta asrlardagi tarixini oʻrgangan. Uning Выпуск журнала №-18 Часть–6_ Январь –2025 72 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT bir qancha asarlari “Keiserlichen Akademie” ya’ni Germaniya imperatorining akademiyasi nashrida chop etiladi. Ilk oʻrta asrlar tarixiga bagʻishlangan asari “Markaziy Osiyo tadqiqotlari: Soʻgʻdiyona” boʻlib, unda Soʻgʻdning ilk oʻrta asrlardagi tarixi yoritilgan. Yana bir nemis olimi M.Shtaynning 1897-yilda nashr etilgan “Hindiston shimoli-gʻarbiy chegarasi tarixida oq xunnlar va qarindosh qabilalar” nomli asarida oq xunnlar ya’ni eftaliylarning Hindistonning shimoli-gʻarbiy chegarasini egallashi va u yerdagi hukmronlik davri haqida soʻz boradi. Yuqoridagi asarlar eftaliylar tarixiga oid muhim aabiyotlar sifatida hali toʻliq yoritilmagan boʻlib, ularni kompleks tarzda qiyosiy tahlillar bilan oʻrganish ushbu tadqiqotning qimmatliligini oshiradi. Tadqiqot natijalari: Noldeke va Tomasheklarning xulosalari orqali quyidagi fikrlarga aniqlik kiritdik. Eftaliylar V asrning 2-yarmida Eronning shimoli-sharqiy chegarasi hududida bosqinlarning yangi toʻlqini sifatida paydo boʻlgan. Fors shohi Bahrom V (421-438) eftaliylar bilan allaqachon jang qilgan va gʻalaba qozongan deb taxmin qilinadi va shu sababdan ham eftaliylarning birinchi marta nomi tilga olinishi 425-yildan boshlanishi mumkin. Yuqorida oʻrganilgan Noldekening asarlarida eftaliylar hukmdorlarining aynan Bahrom V bilan boʻlgan munosabatlari ham bayon etilgan. Asar asosan arab manbalariga asoslanib yozilgani uchun ham unda eftaliylar nomi haitallar soʻzi orqali ifodalanadi. Asarda Bahrom V va eftaliylar hukmdori oʻrtasidagi jang haqida soʻz boradi [4: 119]. Biroq Bahrom V tomonidan magʻlub qilingan bosqinchilarni kimlar boʻlganini aniq ayta olish juda muammoli, chunki bu davrga tegishli manbalarda bu borada aniq bayonotlar berilmagan va voqealar xronologiyasini qayta tiklash qiyin masala boʻlib qolmoqda [10: 104], [9: 25]. Bu fikrlar nemis tarixshunoslaridan boʻlmish Walter Pohl va Timo Stiklerlarning asarlarida ham bir xil holatda keltirilgan. Boshqa tarixshunoslar Daniel Potts va Nikolaus Shindellarning fikriga koʻra esa, Bahrom V hali ham xioniylar yoki kidariylarga qarshi kurashib kelgan [3: 365]. Bundan ko‘rinib turibdiki, XIX asrda yaratilgan adabiyotlar keyinchalik tahlil qilinib, yangi yondashuvlar bilan tadqiqotlar Выпуск журнала №-18 Часть–6_ Январь –2025 73 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT olib borilgan. Shu sababli ham adabiyotlardagi ma'lumotlarni o‘zaro qiyoslab o‘rganish joizdir. Yana boshqa adabiyotlarda quyidagi fikrlar ilgari suriladi: Ehtimol eftaliylar keyinroq, V asrning 70-yillaridan keyin kirib kelgan, chunki Peroʻz I 460-yillarda kidariylarga qarshi janglar qilgan, eftaliylar bilan esa 470-yillarda kurashgan [1: 138]. Frans Althaym ushbu ma’lumotlarni vizantiya va arman manbalariga asoslanib berganini oʻz asarida kel

Доказательный фрагмент

«This article reveals the extent to which the history of the Ephthalites, one of the powerful states of Central Asia in the early Middle Ages, was studied in the German historiography of the 19th century through compar…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article reveals the extent to which the history of the Ephthalites, one of the powerful states of Central Asia in the early Middle Ages, was studied in the German historiography of the 19th century through compar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ephthalites, Sasanians, T. Noldeke, V. Tomashek, M. Stein, Средняя Азия, эфталиты, Peroz I., V.Tomashek, Eftaliylar, sosoniylar, T.Noldeke, Bahrom V, Central Asia, Peroʻz I., сасаниды, Т. Нольдеке, Пероз И., В. Томашек, Oʻrta Osiyo, M.Shtayn, М. Штейн, Бахром В
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники