Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBAL OZIQ-OVQAT ISROFI VA UNI KAMAYTIRISH USULLARI
Samadiy Marjona Fazliddinzoda
Современное образование и развитие · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada global oziq-ovqat isrofi va uning sabablari, oqibatlari hamda muammoni kamaytirish bo‘yicha samarali usullar ko‘rib chiqilgan. Oziq-ovqat isrofining iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ta’sirlari tahlil qilinib, ishlab chiqarish, transport va iste’mol jarayonlaridagi kamchiliklar asosiy omillar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, uy xo‘jaliklari, korxonalar va davlat miqyosida olib borilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar, jumladan, rejalashtirilgan xarid qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ushbu maqola oziq-ovqat sohasidagi isroflarni kamaytirishga oid ilmiy va amaliy bilimlarni boyitishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: ekologik ta’sir, global muammo, innovatsion texnologiyalar, iqlim o‘zgarishi, isroflarni kamaytirish, ocharchilik, oziq-ovqat isrofi, oziq-ovqat xavfsizligi ,yaroqlilik muddati Oziq-ovqat isrofi bugungi kunda global miqyosda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Jahon oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili ishlab chiqarilgan oziq-ovqatning uchdan bir qismi (taxminan 1,3 milliard tonna) tashlab yuboriladi yoki isrof bo‘ladi. Bu nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy muammolarga, balki ekologik oqibatlarga ham olib keladi. Shu kabi o‘ylamasdan amalga oshiriladigan isrofgarchiliklar insoniyat oldidagi eng katta muammolardan biriga aylanmoqda, deb hisoblaydi nyu-yorklik oshpaz Maks La Manna. U shu mavzuga bag‘ishlangan «Ko‘proq o‘simlik, kamroq chiqindi» nomli kitobini yozgan. Maks La Manna «Bi-bi-si»ga bergan intervyusida ushbu muammoni hal qilish uchun har birimiz nima qilishimiz kerakligi haqida to‘xtalib o‘tgan. Выпуск журнала №-18 Часть–6_ Январь –2025 162 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT «Ovqat bolalik chog‘larimdan hayotimning muhim qismi bo‘lib kelgan, axir mening otam bosh oshpaz edi. Ota-onam meni ovqat isrofiga yo‘l qo‘ymaslikka o‘rgatishgan. Hozirgi kunda sayyoramiz aholisi deyarli 9 milliard kishini tashkil etadi, ularning 820 milliondan ortig‘i to‘yib ovqatlanish baxtidan mahrum. Oziq- ovqat mahsulotlarini isrof qilish insoniyatning eng katta muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. Barcha oziq-ovqatlarning uchdan bir qismi shunchaki dalalarda chirimoqda yoki chiqindiga tashlanmoqda. Shu bilan birga, nafaqat oziq-ovqat, balki pul, suv, energiya, yer va transport isrof qilinadi. Siz chiqindi qutisiga tashlayotgan ovqat iqlim o‘zgarishlariga ham ta'sir ko‘rsatadi, chunki ularning aksariyati chirish jarayonida metan chiqadigan chiqindi tepalarga olib boriladi. Agar oziq-ovqatlarni alohida mustaqil davlat sifatida tasavvur qilsak, u issiqxona gazlari manbasi bo‘yicha AQSh va Xitoydan keyingi uchinchi pog‘onada borardi. Ammo siz bunga qarshi kurashga hissa qo‘shishingiz mumkin», deydi u. Agar uyingizda keragidan ortiqcha non to‘planib qolsa, uni sovutgichning muzxonasiga qo‘ying. Supermarket yoki boshqa turli do‘konlarda eng chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lmagan meva va sabzavotlarni xarid qiling. Ularning mazasi boshqalaridan qolishmaydi, ammo aksariyat insonlar ularni sotib olishni xohlamaganliklari uchun bu kabi mahsulotlar chiqindixonalarni to‘ldiradi. Agar sizda imkoniyat bo‘lsa, sarxil mahsulotlarni dehqonlarning o‘zidan yoki dehqon bozorlaridan sotib oling. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, oziq-ovqat mahsulotlarini iste'molchiga yetkazish oddiy jarayon emas. Buning uchun qanchadan-qancha odam ter to'kadi, vaqt, mablag' va katta resurslar sarflanadi. Ayrim davlatlar ortiqcha oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarib, isrofgarchilikka yo'l qo'yayotgan bir paytda, ba'zi kambag'al mamlakatlar aholisi og'zi ovqatga yetmay, ocharchilikdan qiynalayotgani masalaning qanchalik dolzarbligidan dalolat beradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma'lumotlariga qaraganda, bugungi kunda dunyoda 820 million odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Vaholanki, dunyo bo'yicha oziq-ovqat mahsulotlarining uchdan bir qismi turli sabablar bilan foydalanilmay, chiqindi sifatida tashlab yuborilyapti. Выпуск журнала №-18 Часть–6_ Январь –2025 163 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti — FAO ma'lumotlarida qayd etilishicha, AQSHda yiliga har bir odam 115 kilogrammdan oziq-ovqat mahsulotlarini isrof qilyapti. Bu ko'rsatkich Yevropada 95, Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda 7–11 kilogrammni tashkil etayotir. Ayonki, do'konlar muddati o'tayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan voz kechadi. Umumiy ovqatlanish muassasalari sotilmay qolib ketgan, odamlar esa sotib olgan yoki pishirgan taomlarining ortiqchasini tashlab yuboradi. Aslida ana shunday oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarga muhtoj odamlar borligi esa inobatga olinmaydi. BMTning bong urishicha, oziq-ovqat mahsulotlarining isrof etilishi va aynishining oldini olish dunyoda ocharchilikka qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa fudshering tizimini dunyo miqyosida yo'lga qo'yishni va rivojlantirishni taqozo etmoqda. Dunyodagi ilk fudshering-loyiha Germaniyaning Foodsharing.de platformasi bo'l
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada global oziq-ovqat isrofi va uning sabablari, oqibatlari hamda muammoni kamaytirish bo‘yicha samarali usullar ko‘rib chiqilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada global oziq-ovqat isrofi va uning sabablari, oqibatlari hamda muammoni kamaytirish bo‘yicha samarali usullar ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi, ocharchilik, global muammo, oziq-ovqat isrofi, yaroqlilik muddati, ekologik ta’sir, isroflarni kamaytirish, innovatsion texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025