К содержанию
РецензированоUZ2025

TA’MIRLASH OBYEKTLARINI ANIQLASH. TA’MIRLANAYOTGAN SHAHARLARNI O‘RGANIB CHIQISH VA TASHKIL ETISH

TA’MIRLASH OBYEKTLARINI ANIQLASH. · TASHKIL ETISH · Xaitova Laylo Bolikulovna

Современное образование и развитие · 2025

Аннотация

Ma’lumki, har qanday tarixiy obidadan o‘z vaqtida vazifasiga ko‘ra foydalanilgan, keyinchalik saqlanib kelingan. Buzilgan bo‘lsa, tuzatilgan; ba’zan qayta tiklangan. Qadimda obidalarga nisbatan tarixiylik hissiyoti rivoj topmagan edi. Tarixiy obidalami qayta qurishda ko'pchilik ustalar eskisini buzib, yangisini qurishgan. Ba’zan ulardan eski qurilish ashyosi sifatida ham foydalanilgan. Tarixiy binolarni obida sifatida asrab-avaylash uyg'onish davrida taraqqiy etdi. Biroq obidalar bu davrda ham yetarli darajada qadrlanmadi. Yodgorlikni idrok etishda uning atrofi, ya’ni me’moriy va tabiiy muhiti katta e’tiborga molik. Ko’pincha me’moriy muhit yodgorlikning o‘ziga qaraganda tezroq o‘zgargan. Bu urbanizatsiyaga uchragan yirik shaharlarda, ayniqsa, yaqqolroq ko‘rinadi. Yodgorlik va uning atrofi orasidagi stilistik bog‘lanishlar ta’mirchi uchun ham ahamiyatlidir. Kalit so‘zlar: shahar, shaharsozlik, urbanizatsiya, yodgorlik, arxeologik ta’sir. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi, bozor iqtisodiga o‘tish, o‘zbek xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlariga bo‘lgan e’tiborning oshishi, milliy va xalqaro ahamiyatdagi yo‘llar, madaniy, sanoat, jamoat va turar-joy bino va inshootlari qurilishi keng sur’atlarda olib borilmoqda. Shu qatorda milliy shaharsozlikka, xususan shahar, tumanlar, qishloq aholi yashash joylarini rekonstruksiya qilish masalalarida talablar ortib bormoqda. Bunday masalalami hal etishda bir qancha qonunlar ishlab chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik Kodeksida ham alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning shaharsozlik Выпуск журнала №-18 Часть–6_ Январь –2025 240 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT jihatidan rejalashtirilishiga bag‘ishlangan V bobida shunday deyilgan: O‘zbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarixi: -aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini O‘zbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish istiqbollariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalarini; -mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish ya ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini; -aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlarni; -alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni; -suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarini; -rekreatsion hududlarni; -qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan hududlarni; -ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega bo’lgan hududlarni; -labny va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan hududlarni; -foydali qazilmalar joylashgan hududlarni; -qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik jihatidan foydalanishning boshqa turlari belgilanadigan va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklashlar joriy etiladigan hududlarni; -hududni rivojlantirishga doir boshqa yechimlarni belgilaydi. Turar-joy hududini rekonstruksiya qilishda ushbu hududda tarixiy qiymatga ega bo‘lgan obyektlarning mavjudligini о‘rganib chiqish quyidagi vazifalardan kelib chiqadi: • shakllangan strukturada qiymatga ega bo‘lgan elementlarni saqlab qolish va ularni rekonstruksiya jarayonida qayta shakllanayotgan turar-joy hududi rejaviy strukturasiga kiritish; Выпуск журнала №-18 Часть–6_ Январь –2025 241 MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT • rekonstruksiya loyiha oldi tarixiy-shaharsozlik izlanishlarini olib borishning asosiy maqsadi - hududning uzoq muddat o‘z ahamiyatini saqlagan, turg‘un rejaviy elementlarini aniqlash; • rejaviy strukturaning o‘z evolyutsiyasi jarayonida shaharsozlik shakllanish xususiyatlarini aniqlash; • shakllangan mahalla strukturasi rivojlanishida ketma-ketlikni saqlab qolish, turar-joy hududi strukturasining shakllanish tarixi, hududni qurilmalarning vaqti va ko’rinish-stil xususiyatlari bo‘yicha zonalashtirish; • tabiiy va antropogen landshaftning vizual butunligi - turar-joy hududi muhiti elementlarini bir vaqtda va ketma-ketlikda qabul qilish imkoniyati; • barcha ko‘rinishdagi yodgorliklar - arxeologik, tarixiy-landshaft, tarixiy- madaniy, arxitekturaviy va shaharsozlik yodgorliklari. Turar-joy hududi strukturasining shakllanish tarixini o’rganib chiqish va uni zamonaviy rejalashtirish va qurilishida aks ettirish o‘z ichiga arxiv izlanishlar va tabiiy izlanishlarni oladi: -arxiv ma’lumotlarini o ‘rganib chiqishda turar-joy strukturasi shakllanishi xususiyatlarini ko’rsatib beruvchi omillar aniqlanadi; -tarixiy rejaviy sistema va shaharsozlik kompozitsiyasi yaratiladi; turar- joy hududi strukturasi evolyutsiyasining asosiy rivojlanish davrlari bo‘yicha solishtirilgan analizi o‘tkaziladi; -shaharsozlik-landshaft o‘zaro bog’liqliklari, tarixiy shaharsozlik aksentlarining kompozitsion ta’sirida saqlanib qolgan hududlar. O‘tkazilgan analizlar natijalari turar-joy hududining individual xususiyatian, u

Доказательный фрагмент

«Ma’lumki, har qanday tarixiy obidadan o‘z vaqtida vazifasiga ko‘ra foydalanilgan, keyinchalik saqlanib kelingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ma’lumki, har qanday tarixiy obidadan o‘z vaqtida vazifasiga ko‘ra foydalanilgan, keyinchalik saqlanib kelingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaharsozlik, urbanizatsiya, arxeologik ta’sir., yodgorlik, shahar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники