К содержанию
РецензированоUZ2026

ALEKSANDR FAYNBERG SHE’RIYATINING FALSAFIY VA BADIIY TAHLILI

Mirzaaxmadova Sevinch

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Aleksandr Faynberg she’riyatining falsafiy mazmuni va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shoir ijodidagi inson ruhiyati, hayot, tabiat va vaqtga oid mavzularning o‘ziga xos talqini yoritilib, she’riyatning chuqur fikr va his uyg‘unligidagi o‘rni ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: Aleksandr Faynberg, she’riyat, falsafiy tahlil, badiiy tahlil, inson ruhiyati, tabiat, hayot mazmuni, vaqt, abadiyat. Fransuz faylasufi Gelvetsiy “She‘r yo yuksak cho‘qqilarda, yoki g‘orlarda yaratiladi”,-deydi. Darhaqiqat, she’r inson ruhining birmuncha g‘ayritabiiy, ayricha holatidan tug‘iladiki, zukko faylasuf buni obrazli qilib ifoda eta oladi. O‘sha cheksiz ufqlar, sirli miltiragan sonsiz yulduzlar kimda ham his-tuyg‘ular uyg‘otmaydi, deysiz! Albatta, hammada ham. Faqat ijod dardiga chalingan odamda bu tuyg‘u cheksiz armonga, go‘zal iztirobga qondirilishi nihoyatda zarur bo‘lgan ehtiyojga aylanadi”-deb ta‘kidlaydi o‘zbek shoiri Abdulla Oripov. Shu jihatdan qaraganda, Aleksandr Faynberg ham ijod olamida betakror shoirlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Uning she’rlarida inson va tabiat, sevgi va iztirob, hayotning mazmuni va go‘zalligi juda nozik va samimiy tarzda ifoda etilgan. Faynberg o‘zining falsafiy lirizmi bilan ajralib turadi, u hayotni, vaqtni va inson ruhining chuqurliklarini o‘ta serg‘ayrat tarzda tadqiq qiladi. Uning she’rlari, xuddi shoir A.Oripov kabi, insonni ulkan bir olamning kichik bir qismi sifatida his etishga, shu bilan birga, uning yuksakligini his qilishga undaydi. She’riyatga ixlos qo‘ygan har bir inson uchun Oripov va Faynberg ijodining uyg‘unligi — bu ruhiy ozuqa va go‘zallik manbayi, she’riyatning yuksakligi va ilohiyligini anglashning bir ko‘rinishidir. “Peshonamga bitilgan baxtim bor ekan” - deb yozadi Aleksandr Faynberg. -Men mustaqil O‘zbekistonda yashayman. O‘z umrim davomida milliy kamsitishni hech qachon his etmaganman. Adabiyot yo‘lida o‘zbek yozuvchilari menga juda ko‘p bora yordam berishdi. Butun ijodim davomida Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va ko‘pdan- ko‘p yozuvchilar, rassomlar, musiqachilar va boshqa turli kasb egalarining yaxshiliklaridan bahramand bo‘lib kelmoqdaman. O‘z navbatida, Faynberg ham o‘zbek adabiyotiga ehtirom ramzi sifatida Navoiy bobomiz g‘azallarini, Asqad Muxtor, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Abdulla https://scientific-jl.com 2 7 5 59-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Oripov, Usmon A’zim, Sirojiddin Sayyid, A’zim Suyun she’rlarini mahorat bilan tarjima qildi. Aleksandr Faynbergning “O‘n bir metrlik jarima to‘pi” deb nomlangan she‘rida futbol maydonidagi o‘yin darvozabon obrazi ifodalangan. She’rda darvoza – Vatan, futbol jamoasi – xalq, darvozabon – Vatan daxlsizligini, xalq g‘ururini, ozodligini qo‘riqlovchi posbon ramzi sifatida tasvirlanadi. Unda shoirning butun mahorati bor bo‘yi bilan namoyon bo‘ladi. Aleksandr Faynberg she’rlarida oddiy insoniy tuyg‘ulardan tortib olamshumul muammolargacha qalamga olinadi. U insonning sof, oliyjanob tuyg‘ularini asrab qolishga, inson tabiatini va dunyoning inqirozdan qutqarishga undaydi. Olamning farovonligi, insonning baxt-u saodati u yashayotgan jamiyat taraqqiyoti bilan yaxlitdir, deb biladi. Boshqalar baxtli bo‘lsa, men baxtsiz bo‘lolmayman, deydi. Jamiyatning barcha a‘zolarini Vatan taraqqiyoti yo‘lida birdamlikka chaqiradi. Uning she’rlarining yana bir xususiyati shundaki, Faynberg she’rlarida uchqunli hajviya mavjud. “Ruboiy tori” dostonida u kulgu orqali o‘zbek choyxonasining o‘zgarmas oshini shunday tasvirlaganki, uni yuzda tabassumsiz o‘qib bo‘lmaydi. Faynbergning she’riy ijodida o‘tmish bilan hozirgi kun, G‘arb bilan Sharq, milliylik bilan baynalmilallik o‘zaro tutashib, o‘ziga xos badiiy olamni vujudga keltiradi. Faynbergning lirik qahramoni tarixiy-ijtimoy silsilalar asrida o‘zining insoniy mohiyatini to‘la saqlab qolgan, o‘zgaga mehr-shafqat va madad qo‘lini uzatishga tayyor, ayni paytda yer kurrasida sodir bo‘layotgan noxush voqea va hodisalardan iztirob chekuvchi jo‘mard insondir. Xulosa o‘rnida shu ta‘kidlash joizki, she’riyat inson qalbining chuqur his- tuyg‘ularidan, tafakkur va hayot haqidagi falsafiy mulohazalaridan tug‘iladi. Aleksandr Faynberg ijodi she’riyatning ana shu yuksak mohiyatini yaqqol namoyon etadi. U insonning hayotga, tabiatga, muhabbatga, vaqt va abadiyatga bo‘lgan munosabatini chuqur tahlil qiladi. Faynbergning she’rlari nafaqat badiiy go‘zallikni, balki inson ruhining g‘ayritabiiy holatlarini, uning ichki olamini anglash va tasvirlashda katta ahamiyatga ega. She’riyatni chin dildan anglagan va qadrlagan inson Faynbergning asarlari orqali nafaqat o‘z qalbiga, balki dunyoga yangicha ko‘z bilan qarashni o‘rganadi. Uning ijodi – bu insonning eng yuksak tuyg‘ulari va go‘zallikka bo‘lgan intilishlari timsoli. Shu bois, she’riyatga ixlos qo‘ygan har bir kishi uning asarlarida ruhiy yuksalish va ilhom olishning cheksiz manbayini topadi. Bu she’riyat hayotning o‘zi kabi murakkab, ammo bir vaqtning o‘zida sirli va go‘zal ek

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Aleksandr Faynberg she’riyatining falsafiy mazmuni va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Aleksandr Faynberg she’riyatining falsafiy mazmuni va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hayot mazmuni, badiiy tahlil, tabiat, inson ruhiyati, she’riyat, vaqt, falsafiy tahlil, abadiyat., Kalit so‘zlar: Aleksandr Faynberg
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники