Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UMUMTA’LIM FANLARINI O‘QITISHGA MO’LJALLANGAN ELEKTRON TA’LIM RESURSLARIGA QO’YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR
Beysenov Kenjabay Sarsanbayevich
Исследователь · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada umumta’lim fanlarini o’qitishga mo’ljallangan elektron ta’lim resurslariga qo’yiladigan zamonaviy talablarning muhim jihatlari ko’rsatib o’tilib, amaliyot tajribalariga tayangan holda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berilgan. Kalit so’zlar: ta’lim, texnik-texnologik talablar, didaktik talablar, metodik talablar, psixologik talablar, ergonomik talablar, estetik talablar, mul’timedia texnologiyalari. Аннотация: В данной статье показаны важные аспекты современных требований к электронным образовательным ресурсам, предназначенным для преподавания общеобразовательных предметов, и приведены научно обоснованные предложения и рекомендации, основанные на практическом опыте. Ключевые слова: образование, технические и технологические требования, дидактические требования, методологические требования, психологические требования, эргономические требования, эстетические требования, мультимедийные технологии. Annotation: This article shows important aspects of modern requirements for e- learning resources intended for teaching general education subjects and provides scientifically based proposals and recommendations based on practice experiences. Keywords: education, technical and technological requirements, didactic requirements, methodological requirements, psychological requirements, ergonomic requirements, aesthetic requirements, multimedia technologies. Hozirgi vaqtda umumta’lim fanlarini o’qitishda elektron ta’lim resurslari muhim rol’ o’ynaydi. Ularni yaratish va amalga oshirishda zamonaviy talablarga e’tibor qaratish kerak, chunki elektron ta’lim resurslari o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini oshirish va ta’lim jarayonini samarali tashkil qilishda muhim omil hisoblanadi. Texnik-texnologik, didaktik, psixologik, ergonomik, va estetik talablar bilan birga, elektron ta’lim resurslarining mukammal bo’lishi o’quvchilarga ilm olishda https://scientific-jl.com 2 8 4 59-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Mul’timedia elementlarining integratsiyasi, ko’rgazmalilik va interaktivlik, o’quvchilarning faolligini oshirishga yordam beradi. Jumladan, animatsiya va giperhavolalar, mul’timedia elementlarining moslashuvchanligi va ta’lim resurslarini to’g’ri taqdim etish o’quv jarayonida yangi bilimlarni o’zida egallashishga katta yordam beradi. Elektron ta’lim resurslarini yaratishda ularning funksional yo’naltirishini va ta’lim oluvchilarga qulay bo’lishini ta’minlashga e’tibor qaratish lozim. SHuningdek, o’quv moduli tamoyili bo’yicha kurikulumni tashkil etish, modullar orqali o’quv materialini ifoda qilish va uning samaradorligini oshirish jarayonida innovatsion usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Modulning tuzilishi va uning animatsion, grafik vositalar bilan boyitilishi o’quv materialining tushunarliligini ta’minlaydi. Umumta’lim fanlarini o’qitish metodikasini takomillashtirishda yaratiladigan elektron ta’lim resurslari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularni yaratishda o’ziga xos zamonaviy talablarga e’tibor qaratish kerak. Bugungi kunda elektron ta’lim resurslarini yaratishda quyidagi: psixologik-pedagogik, texnik-texnologik, estetik, funksional va ergonomik talablar bilan birga didaktik, metodik va boshqa talablar mavjud. Texnik-texnologik talablar: telekommunikatsion muhitlarda, operatsion tizimlar va platformalarda; zamonaviy mul’timedia va telekommunikatsion texnologiyalardan maksimal darajada foydalanish; ishonchlilik va mustahkam ishlash; geterogenlilik; defektlarga mustahkamlilik; noo’rin harakatlardan himoyalanganlik; resurslarning samarali qo’llanilishi; sinovchanliligi; installyatsiya va deinstallyatsiyaning soddaligi, ishonchliligi va to’laligi kabilarga mo’ljallangan bo’lishi lozim. Didaktik talablar o’qitishning maxsus qonuniyatlari va o’qitishning didaktik tamoyillariga mos keladi. Elektron ta’lim resurslariga qo’yiladigan didaktik talablar quyidagilar hisoblanadi: o’qitishning ilmiylik (so’nggi ilmiy yutuqlarni e’tiborga olgan holda elektron ta’lim resurslari orqali taqdim etiladigan o’quv materiali mazmunining yetarlicha chuqurligi, to’g’riligi va ilmiy jihatdan ishonchliligi); o’qitishning tushunarliligi (ta’lim oluvchilarning yoshi va individual xususiyatlariga ko’ra o’quv materialining nazariy murakkablik darajasi va o’rganish chuqurligini aniqlanishi); o’qitishning muammoliligini ta’minlash (o’quv-bilish faoliyatining mohiyati va xarakteriga bog’liq, muammoli vaziyatning mavjudligi); o’qitishning ko’rgazmaliligini ta’minlash (o’rganilayotgan ob’yektlar, ularning maketlari yoki modellarini hissiy idrok qilishni va ularni ta’lim oluvchilar tomonidan shaxsan kuzatilishini e’tiborga olish zaruriyati); o’qitishning ongliligini, ta’lim oluvchi faoliyatining mustaqilligi va faolligini ta’minlash; o’qitishning tizimliligi va ketma- ketliligi (o’rganilayotgan fan sohasiga oid bilimlarning ma’lum tizimini ketma-ket o’zlashtirilishini ta’minlanishi); o’qitishning ta’limiy, rivojlantiruvchi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada umumta’lim fanlarini o’qitishga mo’ljallangan elektron ta’lim resurslariga qo’yiladigan zamonaviy talablarning muhim jihatlari ko’rsatib o’tilib, amaliyot tajribalariga tayangan holda ilmiy asoslangan…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada umumta’lim fanlarini o’qitishga mo’ljallangan elektron ta’lim resurslariga qo’yiladigan zamonaviy talablarning muhim jihatlari ko’rsatib o’tilib, amaliyot tajribalariga tayangan holda ilmiy asoslangan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- education, technical and technological requirements, didactic, psixologik talablar, estetik talablar, ergonomik talablar, metodik talablar, Kalit so’zlar: ta’lim, texnik-texnologik talablar, mul’timedia texnologiyalari., didaktik talablar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияШарипов Миржалол2025