К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEKISTONDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Abjalov Abdijabbor Maxammadiyevich

Исследователь · 2026

Аннотация

O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq tendensiyalarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Jumladan, ushbu jarayonning asosiy yo‘nalishlari, mavjud muammolar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Umuman olganda, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va uni yanada samarali amalga oshirishning istiqbollari tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Innovatsion rivojlanish, jamoat, xavfsizlik, global, axborot, texnologiya, raqamli texnologiya, internet, ma’naviyat, xakerlar. Аннотaция: Раскрыта суть тенденций, связанных с внедрением современных информационных технологий в обеспечение общественной безопасности в Узбекистане. В частности, научно изучены основные направления этого процесса и существующие проблемы. В целом проанализирована эффективность проводимой в нашей стране работы по использованию современных технологий в обеспечении общественной безопасности и перспективы ее более эффективной реализации. Ключевые слова: Инновационное развитие, общественная, глобальная, информационная, безопасност, цифровые технологии, Интернет, духовност, хакеры Annotation. The essence of the trends related to the introduction of modern information technologies in the provision of public safety in Uzbekistan has been revealed. In particular, the main directions of this process and existing problems are scientifically studied. In general, the effectiveness of the work carried out in our country related to the use of modern technologies in ensuring public safety and the prospects for its more effective implementation are analyzed. Keywords. Innovative development, Public, Security, global, Information, Technology, Digital Technology, Internet, spirituality, hackers. O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalasi uzoq yillardan buyon davom etmoqda. Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida "raqamli" texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada davlat rahbari va hukumat tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy https://scientific-jl.com 2 9 1 59-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali hujjatlarning ijtimoiy-huquqiy ahamiyati hamda ularni amalga oshirish jarayonlariga e’tibor qaratilgan. Xususan, xavfsizlik tizimlarini joriy etish va ularning ishlash bosqichlarida fuqarolarning huquqlari himoyasi, qonuniylik, shaffoflik va samaradorlik bilan bog‘liq masalalar tadqiq qilingan. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, ayni vaqtda jamoat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari, ushbu yo‘nalishda mamlakatning strategik maqsadlarining mazmun-mohiyati, aynan zamonaviy texnologiyalarni jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimiga joriy etish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining yanada samarali bo‘lishiga imkon beradi. Shu bilan birga, jamoat tartibini saqlash jarayonlarida fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur shart- sharoitlarni yaratadi. Shuningdek, jamoat xavfsizligi tizimiga ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, bir qator qulayliklar bilan birgalikda xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy imiji shakllanishiga va jinoyatchilikka qarshi kurashda yuqori samaradorlikka erishishga asos yaratadi. Bugungi kunda mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalasi jadal davom etmoqda. Shunga qaramasdan, mutaxassislar mazkur tizimning to‘laqonli amal qilishiga to‘sqinlik qilayotgan ayrim sabablar mavjud — jumladan zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlanganlik darajasining va xavfsizlik sohasida ilmiy-texnikaviy ishlanmalarning yetarli emasligi kabi holatlarni qayd etishmoqda[1]. Shu ma’noda ta’kidlash kerakki, jamoat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy texnologiyalarni to‘laqonli joriy etish “raqamli jamiyat”ni rivojlantirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq. Raqamli jamiyatni rivojlantirish, xavfsizlik tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash, aholi, jamoat tashkilotlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida samarali o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha shart- sharoit yaratadi, shuningdek, nafaqat xavfsizlik sohasidagi, balki ko‘plab ijtimoiy muammolarni ham hal etishga katta turtki beradi. Raqamli xavfsizlik tizimi bu axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga (AKT) asoslangan zamonaviy yondashuvdir. Ushbu konsepsiya dastlab rivojlangan davlatlarda paydo bo‘lib, bugungi kunda global ahamiyat kasb etmoqda. Shu ma’noda ta’kidlash kerakki, davlat boshqaruviga elektron hukumatni to‘laqonli joriy etish “raqamli iqtisodiyot”ni rivojlantirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “elektron hukumat” tizimining joriy etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat

Доказательный фрагмент

«O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq tendensiyalarning mazmun-mohiyati ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq tendensiyalarning mazmun-mohiyati ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Innovative development, Public, Security, global, Information, xavfsizlik, jamoat, raqamli texnologiya, Kalit so‘zlar: Innovatsion rivojlanish, internet, xakerlar., axborot, texnologiya, ma’naviyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники