Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON IQTISODIY RIVOJLANISHIDA MDH DAVLATLARI BILAN TASHQI IQTISODIY ALOQALARNING AHAMIYATI
Otajonova Dilnura Otajonovna
Исследователь · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada tashqi siyosatda MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot beriladi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy munosabatlarda asosiy o‘rin egallaydigan jihatlar haqida fikrlar bayon etiladi. Ushbu masala iqtisodiy modellar, qonuniyatlar va nazariy yondashuvlar, shuningdek, tegishli iqtisodiy maktablar olimlari fikrlarini tahlil qilgan holda ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Iqtisodiy integratsiya, erkin savdo, investitsiyalar, eksport, import, mintaqaviy hamkorlik, infratuzilma, ishlab chiqarish. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, iqtisodiy jihatdan rivojlanish davlat oldida turgan dolzarb vazifalardan biri edi. Hukumat iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yangi savdo yo‘llarini ochish va investitsiyalarni jalb qilish orqali iqtisodiy rivojlanishga erishishga intildi. Va, o‘z navbatida, MDH davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Bu davlatlar O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan hisoblanadi. Ushbu mintaqadagi davlatlar bilan amalga oshiriladigan savdo-iqtisodiy aloqalar O‘zbekistonning eksportini kengaytirish va xorijdan investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini yaratadi. Ular o‘rtasida erkin savdo shartnomalari va iqtisodiy integratsiya mavjud bo‘lib, bu iqtisodiy aloqalarda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, MDH davlatlaridagi resurslar va bozorlarga kirish imkoniyati O‘zbekistondagi ishlab chiqarish quvvatini oshirishga yordam beradi. Ular orqali davlat o‘z tovarlarini nafaqat boshqa MDH davlatlariga, balki Yevropa va Osiyo mintaqalariga ham eksport qila olishi mumkin. Tabiiyki, hududiy transport va logistika tarmoqlari O‘zbekistonning eksport salohiyatini kuchaytiradi va mamlakatni tranzit davlat sifatida rivojlantiradi. Davlatlarning o‘zaro integratsiyalashuvi transport, ishlab chiqarish, energetika va boshqa sohalarda ham mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shadi. Bu yangi ish o‘rinlari kengayishiga ham olib kelishi mumkin. MDH mamlakatlaridagi investitsiyalarni O‘zbekistonga jalb qilish orqali mamlakat infratuzilmasi, sanoati va texnologiyalari yangilanadi, buning natijasida ishlab chiqarish ancha kengayadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning eng muhim jihatlaridan biri bu mehnat migratsiyasidir. Xususan, O‘zbekiston aholisining katta https://scientific-jl.com 1 8 8 59-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali qismi MDH mamlakatlarida mehnat qilishmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ishchi kuchining chetga chiqishiga va mamlakatga remittanslar, ya’ni pul uzatish kirishini ta’minlashga hamda iqtisodiy barqarorlikka olib keladi. Shu bilan bir qatorda, bu mehnat tajribasini rivojlantirish va xalqaro tajribalarni mamlakatga olib kelishga imkoniyat yaratadi. O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan savdo aylanmasi mustaqillik yillarida sezilarli darajada edi. Dastlabki davrda ular asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik Turkiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan aloqalar kuchaya boshladi. Yaqin yillar ichida esa, 2020-yilning oxirlariga kelib, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida MDH mamlakatlari ulushi 32,6 foizni tashkil etgan. Oxirgi yillarda MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasining pasayishi kuzatilgan. Savdoning eng yuqori hajmlari Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlari bilan qayd etilgan. Rossiya O‘zbekistonga eng ko‘p investitsiya kiritadigan davlat hisoblanadi. O‘zbekiston MDH davlatlariga asosan paxta, to‘qimachilik mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va mineral o‘g‘itlar eksport qiladi. Importida esa metallar, mashina va uskunalar, kimyo mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlari asosiy o‘rin egallaydi. O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishida MDH davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarning ahamiyati SWOT tahlili bo‘yicha: Kuchli tomonlar (Strengths): —MDH davlatlari bilan geografik yaqinlik transport xarajatlarini kamaytiradi va savdo-sotiqni osonlashtiradi. Mavjud temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, shuningdek, kelajakdagi transport loyihalari savdo hajmini oshirish imkoniyatini beradi. Masalan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegaradosh hududlar orqali tovarlarni tashish nisbatan arzon va tez amalga oshiriladi. “Turkiston” temir yo‘l liniyasi va avtomobil yo‘llari bu aloqani yanada mustahkamlaydi. Kelajakda “Xitoy-O‘zbekiston- Qirg‘iziston-Qozog‘iston” temir yo‘l yo‘nalishi qurilishi savdo hajmini sezilarli darajada oshiradi. —Uzoq yillik hamkorlik tufayli savdo munosabatlari o‘rnatilgan, biznes amaliyotlari va savdo qoidalari ma’lum darajada tushuniladi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi uzoq yillik savdo munosabatlari, savdo operatsiyalarini boshqarishda osonlikni ta’minlaydi. Bu ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan ishonch va tajriba mavjud. —MDH davlatlariga mehnat migratsiyasi orqali pul o‘tkazmalari O‘zbekiston iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shadi.
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada tashqi siyosatda MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada tashqi siyosatda MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mintaqaviy hamkorlik, erkin savdo, eksport, Kalit so‘zlar: Iqtisodiy integratsiya, infratuzilma, ishlab chiqarish., investitsiyalar, import
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024