К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH

R.Lutfetdinova · F.Xaydarova

Исследователь · 2 · 208-11 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kreativ fikrlashni shakllantirish usullari koʻrib chiqiladi. Kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun interaktiv metodlar, mashq turlari va innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni ragʻbatlantirish uchun muhit yaratish masalalari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: kreativ fikrlash, interaktiv metodlar, guruhli mashgʻulotlar, ijodiy yondashuv, mustaqil fikrlash. Insonni insoniyligini ifodalovchi eng muhim ijtimoiy fazilatlardan biri hisoblangan “kreativ qobiliyat” va “kreativ tafakkur” tushunchalari insonni yuksak ijodiy imkon sohibi ekanligiga dalolat qilishi bilan birga, ayni paytda shaxs mustaqilligini ifodalovchi eng muhim belgilardan biridir. Kreativ tafakkur tushunchasi tarixiy manbalarda turli xil ma’no va qarashlarni anglatib kelgan. Bu tushuncha ikki xil xususiyatga ega bo’lgan so’zlar birikmasidan iborat bo’lib, o’zida sifatiylik va miqdoriylikni mujassam etadi. “Kreativlik” uning sifatini bildirsa, “tafakkur” esa fundamental xususiyatini aks ettiradi. Shuningdek, kreativlik keng ma’noda kishining voqea va hodisalarning o’ziga xos mohiyatini ijodiy anglashga asoslangan faoliyat hisoblanadi, kreativ tafakkur esa insonning ijodiy tafakkurini nazarda tutadi. Ko’rinib turibdiki, yuqoridagi ta’riflarda ham ikki tushuncha bir-biridan sifat va miqdor jihatidan farqlanadi. Qadimda yunon faylasuflari bu masala yuzasidan turli xil qarashlarni o’rtaga tashlaganlar. Kreativ fikrlash – bu muammolarni yangicha yondashuvda hal qilish, ijodiy yechimlarni topish va mustaqil ravishda tahlil qilish qobiliyatidir. Boshlangʻich sinf o‘quvchilarida ushbu qobiliyatlarni shakllantirish, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli ta’lim jarayoniga asos yaratadi. Ta’lim sifatini oshirish bu ko‘proq bilim to‘plab, axborotga ega bo‘lishgina emas, balki tafakkurni rivojlantirish, katta axborot oqimidan zarurlarini tezda tanlab olish, yo‘nalishni aniqlash, vaziyatni baholash, nostandart muammolarni yechish ko‘nikma va malakasini shakllantirishdan iboratdir. Zamonaviy mutaxassis bugungi kunda raqobatbardosh ta`lim bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun yangicha yondashuv asosida ta`lim jarayonini tashkil etishi lozim. Ta’lim sifati, eng avvalo, ta’lim https://scientific-jl.com 1 7 3 59-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali jarayonining asosiy bo‘g‘ini, uning ham ob’yekti, ham sub’yekti sifatida o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasiga bog‘liqdir. Aynan, 4K modeli bugungi kunda ta`lim sifatini oshirishda muhim katolizatorlik vazifasini bajaradi. 4K tushunchasi odatda kognitiv, metakognitiv, ijtimoiy va hissiy sohalardagi kompetensiyalarni ifodalashda qo`llaniladi. 4K hamkorlik, muloqot, tanqidiy fikrlash va ijodkorlikdir. K yondashuvi o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z ichiga oladi: Kollaboratsiya: Bu o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Ularga hamkorlikda ishlash, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi. O‘zaro samarali muloqot qilish va umumiy maqsadga erishish uchun jamoada ishlash qobiliyatini hosil qiladi. Bu sifat bir-biriga bog'liq bo'lgan bir nechta qobiliyatlarda namoyon bo`ladi: umumiy go'yani yagona maqsad sifatida qabul qilish qobiliyati; ijtimoiy munosabatni shakllantirish, ya'ni ko'pchilik fikrini qo'llab-qavvatlash, muhokama qilish, muzokaralar olib borish, o'z harakatlarini boshqalarning harakatlari bilan muvofiqlashtirish; zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish; mustaqillik va tashabbuskorlik. Kommunikativlik: O‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi. Ushbu kompentensiya orqali o`quvchi qo‘rqmay har qanday muloqotga kirisha oladi. Munozaralarni boshlash, muloqotning maqsadi va kontekstiga, savol va javob berishga kirishadi. O‘z nuqtai nazarini himoya qilish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Kreativ fikrlash: O`z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni izlab topadi, ijodkorlik orqali muammolarni hal qilishning kutilmagan usullariga ega bo‘ladi va u quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi: qiziquvchanlik – atrof-olamga qiziqish, mustaqil ravishda ko'proq ma'lumot to‘plash istagi paydo bo‘ladi va savollarga javob topish; tasavvur – o'ziga xos ko‘plab yangi g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyati; g‘oyalarni rivojlantirish – turli pozitsiyalarda g'oyalarni baholash, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, turli sharoitlarga yangicha yondashuv orqali munosabat bildirish qobiliyati shakllanadi. Kritik (tanqidiy) fikrlash: Axborotni tanqidiy baholash, o‘z fikr va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarni tahlil qilish va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi. Raqmli ta`limda tanqidiy fikrlashning ahamiyati kattadir. Ma'lumotni tanqid

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kreativ fikrlashni shakllantirish usullari koʻrib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kreativ fikrlashni shakllantirish usullari koʻrib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mustaqil fikrlash., interaktiv metodlar, ijodiy yondashuv, guruhli mashgʻulotlar, Kalit so‘zlar: kreativ fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники