Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARGA O'TISHNING MUVAFFAQIYATLARI
Shermatova Muazzamxon Qodirjonovna
Исследователь · 2026
Аннотация
Raqamli axborot texnologiyalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimediavositalari, kompyuter tarmoqlari, Internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, bilimlar ombori kabilar misol bo‘lishi mumkin. Ayni shu jihatdan maqolada ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarga o'tish va buning istiqbolli jihatlari haqida so'z yuritiladi. Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, ta'limda raqamlashtitish, internet aloqalari, zoom platformasi, multimedia vositalari, axborot tizimlari “XXI asr - axborotlashtirish asri”da ta’lim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, har bir ta’lim muassasasida: - o‘qitish va o‘qish jarayonining; - ta’lim muassasasi boshqarilishining; - ta’lim muassasasi bo‘linmalarining; -ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etishdan ko'zlangan maqsad ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, «blended learning», «flipped classroom» texnologiyalari bo’yicha ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish. -zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash ularning ta’limtarbiya jarayonida ahamiyati va tinglovchilarda ularni aniq ilmiy nazariy tahlil qilishni vujudga keltirishga erishish; - zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim dasturlarini tashkil etish, uni qo’llanish sohasi hamda moodle tizimida ishlash bo’yicha ko’nikma va malakalarini shakllantirish; - Olingan bilim va ko’nikmalari natijasida mutaxassislikka tegishli masalalarni echish va amaliyotga tadbiq etishga o’rgatish. O’qitishning tehnik vositalari maxsus didaktik materiallar (axborot manbalari) va qurilmalar (turli hil apparatlar va mashinalar) majmuidan iborat bo`lib, o`qitish jarayonida to`g`ri va teskari bog`lanish kanallarini jadal ishlashini ta’minlaydi. https://scientific-jl.com 1 1 1 59-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Fan va texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda o`quvchi va o`qituvchining mehnat unumdorligini oshirish, ya'ni o`quv-tarbiya jarayonini jadallashtirish masalasi pedogogika fanining asosiy vazifalaridan biri bo`lib qolmoqda. Darhaqiqat, fan-tehnikaning rivojlanishi tufayli o`quvchilarga yetkazilishi zarur bo`lgan axborot miqdori nihoyatda ko`payib bormoqda. Bu axborotni o`quvchilarga an'anaviy usul va vositalar yordamida etkazib berish esa murakkablashib bormoqda. Shunga qaramay ko`pgina ilmiy kashfiyot va yangiliklarni ma'lum asbob va apparatlar vositasida yoritib berish ta'lim jarayonini ancha osonlashtirishi mumkin. «Raqamlashtirish» so’zi aslida yangi atama bo’lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o’laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo’lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo’llashni ko’zda tutadi. ish uchun axborot ishlab chiqarish. Ta'limda raqamli texnologiyalarga o'tishning muvaffaqiyatlaridan biri sifatida Zoom platformasidan foydalanish jarayonini aytishimiz mumkin. Zoom ta’lim oluvchilarga elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar orqali URL manzilini taklif qilish orqali masofadan onlayn (jonli) yakka yoki guruhli ta’lim olishni ta’minlaydi. Zoom videomuloqot dasturining imkoniyatlari va afzalliklar: - onlayn mashg‘ulotlarni guruhli yoki yakka tashkil qilish, xabarlar almashish, shuningdek mashg‘ulotda bo‘lmagan (ishtirok etmagan) ta’lim oluvchilar uchun mashg‘ulotlarni yozib olish mashg‘ulot materiallariga havolalar yuborish, chatdagi variantlar bo‘yicha testlar bajarish; - namoyish funksiyasi ta’lim beruvchi ekranidagi taqdimotlar, video va boshqa elementlarni ta’lim oluvchi ekranida ko‘rsatish; - sharhlash funksiyasi ta’lim oluvchilar e’tiborini ma’lum bir mashqqa jalb qilish uchun matn, diagramma, rasm qismlarini ajratib ko‘rsatish; - ekranni almashish imkoniyati, ya’ni sichqoncha boshqaruvini ta’lim oluvchiga o‘tkazish orqali vazifani qanday tushunganligini ko‘rish va xatolarni o‘z vaqtida tuzatish; - interaktiv doska-mavzu bo‘yicha barcha kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rsatish; - mehmonlarni taklif qilish (ekspertlar, xorijiy mutaxassislar va boshqalar); - videomuloqot jarayonida ishtirokchilarni statistikasini olish va tahlil qilish; - videomuloqotlar yozuvlarini saqlash; so‘rovnomalar, intervyular o‘tkazish va ularni onlayn translyatsiya qilish orqali muloqot qilish uchun haqiqiy onlayn muhitni yaratadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonlariga joriy etilishi: - talabaga kasbiy bilimlarni egallashiga; - o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali fan sohasini chuqur
Доказательный фрагмент
«Raqamli axborot texnologiyalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimediavositalari, kompyuter tarmoqlari, Internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюRaqamli axborot texnologiyalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimediavositalari, kompyuter tarmoqlari, Internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli texnologiyalar, ta'limda raqamlashtitish, internet aloqalari, Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, multimedia vositalari, axborot tizimlari, zoom platformasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014