Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTONDA TRANSPORT TIZIMINING RIVOJLANGANLIK DARAJASI VA UNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI
G’aybullayeva Nargiza (Buxoro Davlat Pedagogika instituti)
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida transport tizimining rivojlanganlik darajasi va uning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi. Maqolada transport infratuzilmasining holati, asosiy transport turlarining (temir yo'l, avtomobil, havo va quvur transporti) hududiy taqsimlanishi va ularning iqtisodiy ahamiyati ko'rib chiqiladi. Shuningdek, transport tizimining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llari o'rganiladi. Maqolada O'zbekistonning turli hududlarida transport infratuzilmasining rivojlanganlik darajasi, transport xizmatlarining sifati va aholining transportga bo'lgan talabi tahlil etiladi. Tog'li va cho'l hududlarida transport aloqalarini ta'minlash masalalari, transport koridorlarining hududiy tuzilishi va ularning iqtisodiy o'sishga ta'siri baholanadi. Transport sohasida raqamlashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va logistika xizmatlarini rivojlantirishning hududiy jihatlari yoritiladi. Kalit so’zlar: O'zbekiston, transport tizimi, transport infratuzilmasi, hududiy xususiyatlar, transport aloqalari, transport koridorlari, transport xizmatlari, logistika, rivojlanish, hududiy nomutanosibliklar. KIRISH: O'zbekiston Markaziy Osiyoning markazida joylashganligi transport koridorlari uchun qulay sharoit yaratadi.Iqtisodiyotning o'sishi transport xizmatlariga talabni oshiradi. Aholi sonining o'sishi va shaharlashuv esa transport tizimiga yuklamani oshirishga sabab bo’ladi.Transport infratuzilmasiga investitsiyalar transport tizimining rivojlanishini ta'minlaydi.Transport sohasini tartibga solish va rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati transport tizimining rivojlanishiga ta'sir etadi. O'zbekiston transport tizimi temir yo'llar, avtomobil yo'llari, havo yo'llari va quvur transportidan iborat bo'lib, mamlakat iqtisodiyotining muhim qismi hisoblanadi. Transport tizimining rivojlanganlik darajasi va hududiy xususiyatlari O'zbekistonning geografik joylashuvi, iqtisodiyoti va demografiyasi bilan bog'liq. Asosiy qism: Oʻzbekistonda transport sohasi 1990 yilarda endi rivojlanish pallasida boʻlgan, Oʻzbekistonning ilk mustaqillik yillarida bu koʻrsatkichlar saqlanib turdan. 2000- yillardan boshlab havo transportida, transportning boshqa sohalarida tub isloxatlar oʻtkazila boshlangan. Ayniqsa temir-yoʻl sohasida katta oʻzgarishlar amalga oshirildi https://scientific-jl.com 7 1 59-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali yangi Toshkent-Samarqand tezyurar temir yoʻli qurilishini misol qilib olish mumkin. Temir yoʻl sohasi 2019-yilgi malumotlarga koʻra Oʻzbekistonda jami boʻlim temir yoʻllarning umumiy uzunligi 7400 km dan ortiqni tashkil etadi va bu uzunlikdagi temir yoʻllarning 1300 kmga yaqin qismi elektrlashtirilgan hisoblanadi. Oʻzbekiston Respulikasi koʻp tarmoqli temir yoʻl lineasini deyarli barcha tarmoqlari Toshkent shahri bilan bogʻlangan. Oʻzbekiston temir yoʻl tizimida Oʻrta Osiyodagi qoʻshni davlatlar bilan temir yoʻl aloqa yoʻnalishlari bogʻlangan. Jumladan, Qozoqiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston, Tojikiston, Turkmaniston bilan temir yoʻl aloqa linealari mavjud. Oʻzbekiston temir-yoʻl linealari tarixidagi katta voqealrdan biri Toshkent- Samarqand tezyurar temir yoʻli qurilishi va ochilishi boʻlgan.Mazkur tezyurar temir yoʻl lineasi 2011-yili foydalanishga topshirilgan. Oʻzbekiston temir yoʻllari aksiyadorlik kompaniyasi asosiy kompaniya hisoblanadi. Yevropaning koʻpgina shaharlari bilan temir yoʻl aloqalari mavjud, masalan, Moskva, Kiyev, Ufa, Chelyabinsk, Penza, San Peterburg. Qozoqistonning Olmota shahri orqali Xitoy Xalq Respublikasiga ham oʻtish imkoni mavjud.[1] Toshkent shahrida joylashgan Toshkent metrosi Oʻrta osiyodagi yagona metro hisoblanadi. U jami boʻlib 50 ta bekat mavjud. Avtomobil yoʻllari Oʻzbekiston Respublikasi hududida 2005-yilgi malumotlarga muofiq 84000 km yoʻllar mavjud ularning 72 km qismiga yangi tekis asfalt yotqizilgan. Bu yoʻllarning asosiy qismi Toshkent shahri tashqarisida va viloyatlarda hisoblanadi. Qamchiq dovoni, avtomobil yoʻllari miqiyosida juda katta ahamyatga ega, chunki u Toshketni Fargʻona vodiysi bilan bogʻlaydi. Dovonining balandligi 3000 kmga boradi va unda yengil va ogʻir yuk avtomobillari bemalol yura oladi. Toshkent shahrini Qashqadaryo va Surxondaryo bilan bogʻlovchi muhim yoʻl boʻlimlaridan hisonlangan avtomobil yoʻli 2006-yilda taʼmirdan chiqarilgan va yoʻlning eniga kengaytirilgan.Toshkent shahri oʻrab turadigan Toshkent katta halqa yoʻlining uznligi 70 kmni tashkil etadi va u doimiy tarzda taʼmirlanib turadi.Toshkent va Samarqandni bogʻlab turadigan Toshkent-Samarqand katta avtomobil yoʻli 4 boʻlakli tekis yoʻllardan biri hisoblanadi. Uning uzunligi 300 km ni tashkil etadi. Xulosa: O'zbekiston transport tizimi mamla kat iqtisodiyotining muhim qismi bo'lib, hududiy xususiyatlarga ega. Transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, logistika xizmatlarini rivojlantirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali O'zbekiston o'z tra
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida transport tizimining rivojlanganlik darajasi va uning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola O'zbekiston Respublikasida transport tizimining rivojlanganlik darajasi va uning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- transport infratuzilmasi, hududiy xususiyatlar, transport tizimi, Kalit so’zlar: O'zbekiston, rivojlanish, transport koridorlari, hududiy nomutanosibliklar., transport xizmatlari, transport aloqalari, logistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014