Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SANOAT ISHLAB CHIQARISH TARMOQLARI
Qodirov Sayilxon Shokir o’g’li
Исследователь · 2026
Аннотация
mazkur maqolada sanoat ishlab chiqarish tarmoqlar Ushbu tarmoqlar turli xil mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish orqali iqtisodiy o‘sishni ta'minlaydi. Sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari energiya, kimyo, og‘ir va engil sanoat, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tarmoqlar innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish o‘rinlarini yaratish va xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega. Kallit so’zlar: Sanoat, yoqilg’i sanoati, elektr-energetika, qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo va neftni qayta ishlash sanoati. Jahon xo‘jaligida sanoat yetakchi rol o‘ynaydi. Sanoat mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarishning texnik darajasini, tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish ko‘lamini belgilaydi. Ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va hududiy tashkil etishning barcha bosh yo‘nalishlari, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlaming eng muhim iqtisodiy hamda ijtimoiy muammolarini hal etish sanoat bilan bog‘liqdir. Sanoat iqtisodiy rayon hosil qilishdagi ahamiyatiga ko‘ra xo‘jalikning boshqa har qanday tarmog‘idan ustun turadi. U mamlakatlararo iqtisodiy aloqalarni shakllantirish orqali ko‘pdan-ko‘p yangidan-yangi shaharlar markazlarining, aloqa yo‘llarining vujudga kelishiga, xomashyo, yonilg‘i va energiyaning yangidan-yangi manbalarini o‘zlashtirishga sabab bo‘ladi. ... Sanoat o’zi nima va u nima uchun kerak? Sanoat - bu har bir mamlakat iqtisodiyotining asosiy qismi hisoblanadi. Brokgauz va Efronning «ensiklopedik lug‘aviy ma’nosidan» kelib chiqadigan bo‘lsak, «sanoat» tushunchasi kengroq ma’noda «insonning hunarmandchilikka yo‘naldrilgan, moddiy buyumlarni yaratish, o‘zgartirish yoki ko‘chirishga qaratilgan xo‘jalik faqliyati»ni, tor ma’noda esa «biron- bir xomashyoni iste’mol uchun yaroqli narsaga qayta ishlashni, aylantirishni» anglatad Sanoat - mamlakat mudofaa qobiiiyatining moddiy asosi, el-yurtda tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo‘shni mamlakatlar mustaqilligini, hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. Sanoat, ayniqsa, og‘ir sanoat - butun ijtimoiy ishlab chiqarishni industriyalashtirish muammolarini hal etish kalitidir. Sanoat, qisqacha aytganda, asosan tabiatdan olingan xomashyoga qayta ishlov berish natijasida o‘zining dastlabki holatini o‘zgartirgan mahsulot turlarini o‘z ichiga oladi. https://scientific-jl.com 7 9 59-son_1-to’plam_Aprel-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Dastlabki sanoat tarmoqlari bevosita tabiat va uning resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan.Iqtisodiyot uchun rivojlangan sanoat tarmog’i katta ahamiyatga ega. Sanoat ishlab chiqarishining o'sish sur’atlari qanchalik jadal bo‘lsa, iqtisodiyotda o‘sish shunchalik yuqori bo‘ladi, mamlakat xilma xil va murakkab sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga qodir bo‘Isa, uning farovonlik darajasi va iqtisodiyotining istiqboldagi rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi. Agarda rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmog‘i innovatsiyalaming joriy etilishini, mehnat unumdorligi va diversifikatsiyalangan eksportning oshishini ta’minlab bersa, rivojlanayotgan mamlakatlarda - turmush darajasining oshishiga yo‘l ochib berilishini ta’minlaydi. Bugungi kunda jahon sanoatining hozirgi holati fan-texnika yutuqlaridan samarali foydalanish, hududiy mehmat taqsimotining mavjudligi, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning natijasidir. Mamlakatimizda ham hozirgi vaqtda ko‘p tomonlama tuzilgan va uzoq muddatga mo‘ljallanib, muayyan katta maqsadga yo‘naltirilgan, jumladan, energetika, yonilg‘i va xomashyo, mashinasozlik, keng iste’mol mollari sohalaridagi dasturlar amalga oshirilmoqda. Sanoat tarkibidagi ayrim tarmoqlaming rivojlanish darajasi har xil. Bu hoi ulaming ilgarigi shakllanish xususiyatlari, fan-texnika taraqqiyoti talablari va boshqa xil sabablar bilan bog‘liqdir. Ayni vaqtda quyidagi yo‘nalishlaming barqarorligi e’tiborni jalb qiladi: 1) og‘ir industriyaning birinchi o‘rinda rivojlantirilishi; 2) fan-texnika taraqqiyotini ta’minlovchi tarmoqlaming jadal o‘sishi; 3) sanoatning barcha tarmoqlarida iste’mol buyumlarini ishlab chiqarishning [2,7/10] Yoqilg’i sanoati tog’-kon yoki qazib oluvchi sanoati toifasiga kiradi va yoqilg’i turlari, qazilma boyliklarning joylanishi tabiiy, geoхimik qonuniyatlarga asoslanadi. Sababi-ko’mir, neft, gaz, yonuvchi slanets, torf kabi tabiiy boyliklarning paydo bo’lishi va er yuzida (ostida) tarqalishi o’ziga хos хususiyatlarga ega.ancha kengaytirilishi. Oʻzbekistonda gaz sanoati tarkib topishi va rivojlanishi tarixi asosan 1953-yilda Qizilqum choʻlida Setalontepa hududida birinchi gaz koni ochilishi bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gaz-neftli hududlarida katta hajmda ishlar olib borildi. 1956-yilning 17-oktabrda Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqsan kuchli gaz favvorasi otilib chiqdi. Bu bilan Oʻzbekiston neft-gaz sanoatida yangi davr boshlandi. Oʻz
Доказательный фрагмент
«mazkur maqolada sanoat ishlab chiqarish tarmoqlar Ushbu tarmoqlar turli xil mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil…»
Образец извлечения
Демо-превьюmazkur maqolada sanoat ishlab chiqarish tarmoqlar Ushbu tarmoqlar turli xil mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kimyo va neftni qayta ishlash sanoati., mashinasozlik, qora metallurgiya, yoqilg’i sanoati, Kallit so’zlar: Sanoat, elektr-energetika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024