К содержанию
РецензированоUZ1991

1991-2017 YILLARDA JANUBIY SHARQIY OSIYO MAMLAKATLARI

Umarov Sardor Xasan og’li

Педагоги · 1991

Аннотация

Ushbu maqola 1991-2017 yillar davomida Janubiy Sharqiy-Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda mintaqadagi mamlakatlarning iqtisodiy o'sish sur'atlari, investitsiya muhiti, savdo aloqalari, siyosiy barqarorlik va ijtimoiy o'zgarishlar tahlil qilinadi. Maqola Janubiy Sharqiy-Osiyo mamlakatlarining global iqtisodiyotdagi o'rni va kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini ko'rib chiqadi. Kalit so'zlar: Janubiy Sharqiy-Osiyo, iqtisodiy o'sish, siyosiy barqarorlik, investitsiya, savdo, globalizatsiya, rivojlanish. Annotation: This article focuses on analyzing the economic, political, and social development trends of Southeast Asian countries during the period of 1991-2017. It examines the economic growth rates, investment climate, trade relations, political stability, and social changes in the region. The article also discusses the role of Southeast Asian countries in the global economy and their future development prospects. Keywords: Southeast Asia, economic growth, political stability, investment, trade, globalization, development. Janubi-Sharqiy Osiyo (JSHO) mamlakatlariga rivojlanish darajasi bir-biriga yaqin bo‘lgan Vyetnam, Kambodja, Laos, Myanma, Tailand, Malayziya, Bruney, Sharqiy Timor, Indoneziya va Filippin kiradi. Bu mamlakatlarda yarim milliarddan oshiq aholi yashaydi. Taraqqiyotning sotsialistik yo‘lini tanlagan Vyetnam, Kambodja, Laos 1990-yillarda juda og‘ir ahvolda qoldi. Ular dunyoning eng kambag‘al mamlakatlari qatoriga kirardi. Sotsialistik yo‘nalishdagi hukmron partiyalar hokimiyatda qolgan bo‘lsa-da, ular o‘z mamlakatlarida jiddiy islohotlar o‘tkazishga majbur bo‘ldi.Vyetnam, Kambodja, Laos 1991-yili bo‘lib o‘tgan Vyetnam Kommunistik partiyasining VII syezdida islohotlar kursi e’lon qildi. Syezd erkin tadbirkorlikka ruxsat berdi, dehqonlar uzoq muddat yerga egalik qilish huquqini oldi. Bozor islohotlari natijasida barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlandi. XX asrning so‘nggi yillarida bu ko‘rsatkich yiliga 9 foizni tashkil qildi. Chet el kapitali muvaffaqiyatli o‘zlashtirildi, investitsiyalarning o‘sishi kuzatildi. XX asr oxiri–XXI asr boshlarida Vyetnamda chet el firmalari ishtirokida bir qator loyihalar amalga oshirildi. Iqtisodiy yutuqlar aholining yashash darajasini oshirish imkonini berdi. Bu esa ko‘pmillatli davlatda barqarorlik garovi bo‘lib qoldi. Hozir Vyetnam oziq-ovqat eksporti bo‘yicha Osiyo mamlakatlari ichida birinchi, sholi eksporti bo‘yicha dunyoda mamlakatlar https://scientific-jl.com/ped 3 8 Volume-79, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Kambodjada hokimiyatni Oliy milliy kengashga berish to‘g‘risida 1991-yil oktabrda yakunlangan Parij konferensiyasida qaror qilindi. BMTning Kambodjadagi Muvaqqat ma’muriyati tuzildi va u umumiy saylovlarga tayyorgarlikni amalga oshirdi. 1999-yili Kambodja ASEANning teng huquqli a’zosi bo‘ldi. XXI asr boshlarida Kambodja og‘ir iqtisodiy holatda bo‘lib, xalqaro yordam hisobiga kun kechirardi. Mamlakatda “tirik tovar” savdosi keng avj olgan bo‘lib, ota-onalar bolalarini arzimagan pulga sotardi. XXI asr boshlarida ayrim ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Sog‘liqni saqlash va ta’limga ajratilgan xarajatlar ko‘paytirildi, mamlakatda qashshoqlik darajasini pasaytirish tadbirlari amalga oshirildi. 1991-yili konstitutsiya qabul qilindi. Parlament — Milliy assambleyaning qonunchilik faoliyati kuchaydi, Laos ASEANga a’zo bo‘ldi. XXI asr boshiga kelib iqtisodning faqat 10 foizi davlatga tegishli edi. 1999-yili mamlakat birinchi marta o‘zini sholi bilan ta’minladi. Asta-sekin Laosga chet el kapitali qaytdi, inflyatsiya pasaydi, milliy valyuta — kipaning qiymati oshdi. Konstitutsiyaga binoan mamlakatda bir partiyali tizim hukmron bo‘lishiga qaramasdan, demokratiya elementlari asta-sekin paydo bo‘ldi. 2016-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida bir o‘ringa o‘rtacha 1,5 nafar nomzod to‘g‘ri keldi.Sharqiy Osiyo mamlakatlari 1980–1990-yillar Sharqiy Osiyo mamlakatlarining barchasida iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari kuzatildi. Bu ularga 1990-yillarning boshidayoq zamonaviy dunyoda jiddiy ta’sirga ega bo‘lgan “yangi industrial mamlakatlar” deb ataluvchi guruh qatoridan joy olish imkonini berdi.Malayziya shiddatli iqtisodiy rivojlanish tufayli korrupsiya va mamlakat shimolida islom fundamentalistlarining faollashuvi bilan bog‘liq ichki siyosiy inqirozni yengib o‘tdi. 1995-yil aprelda bo‘lgan saylovlarda doktor Mahatxir Muhammad boshchiligidagi Malayya birlashgan milliy partiyasi (MBMP) ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va bu bilan islom fundamentalistlari hokimiyatga kelishi bartaraf etildi. 1990-yillardan Malayziyaning iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lib, u industrial rivojlangan mamlakatlar qatoriga intilmoqda. XXI asr boshlariga kelib mamlakat nafaqat xomashyoning muhim turlarini, balki juda katta miqyosda sanoat mahsulotlarini ham eksport qilmoqda. Malayziyada mamlakatni r

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola 1991-2017 yillar davomida Janubiy Sharqiy-Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini o'rganishga bag'ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola 1991-2017 yillar davomida Janubiy Sharqiy-Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojlanish tendensiyalarini o'rganishga bag'ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Southeast Asia, economic growth, political stability, investment, rivojlanish., siyosiy barqarorlik, Kalit so'zlar: Janubiy Sharqiy-Osiyo, globalizatsiya, iqtisodiy o'sish, savdo, investitsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники