Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDULQAYUM YOʻLDOSHEVNING ASARLARIDA EVFEMIZM VA DISFEMIZLARNING QO‘LLANISHI
ABDULQAYUM YOʻLDOSHEVNING ASARLARIDA · Musayeva Shahnoza Jalol qizi · Ilmiy rahbar: Yoqubov Ixtiyor Hamdamovich (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti)
Педагоги · 2026
Аннотация
O‘zbek nasrining yetuk namoyondalaridan biri kitoblari kitobxonlar qo‘lidan tushmay kelayot Abduqayum Yo‘ldoshev bugungi kunga qadar ko‘plab asarlari bilan keng jamoatchilikka tanishdir. Yozuvchi asarlarini o’qiganimizda jonli so‘zlashuv xalq tiliga yaqin yozilganligini, shevalardan oziqlanganligi, asarlarida qo‘llanilgan jumlalarning lingvistik xususiyatlarining jozibadirligi yuksak ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu maqolada yozuvchi asarlarida qo‘llanilgan turli evfemizmlar va disfemizmlarning leksik ma’nolari hamda ular orqali ifodalangan uslubiy ma’nolarni lingvistik jihatdan tahlilga tortiladi. Kalit soʻzlar: Abduqayum Yo‘ldoshev, evfemizm, soʻzning oʻz va koʻchma ma’nolari, leksik ma’no. Oʻzbek milliy tilimizda kishilarning koʻngliga tegmaslik uchun qoʻllaniladigan nozik yumshoq madaniyatli ifodalar hamda lingvistik "umuman ochiq aytilishi nooʻrin, noqulay madaniyatsizlik, maʼnaviyatsizlik, odobsizlik, axloqsizlik hisoblangan soʻz ibora (tabu, disfemizm, kokofemizm, varvarizm, vulgarizm)larning xotirada salbiy taʼsirini yumshatish, susaytirish, kamaytirish, yopish, mumkin qadar beozorroq tusga kiritish, tasviriy-evfonik tarzda bayon etish va shu bilan birga nutqiy mukammallikka goʻzallik-til madaniyatiga erishish maqsadida ishlatiladigan vositalar juda koʻplab uchraydi1. Shunday tilning, nutqning lingvomadaniy birliklaridan biri bu evfemizm sanaladi. Tilimizdagi nozik madaniyatli soʻzlar qoʻllanishi soʻzlarning leksik manosi oʻzgarishiga olib keladi. O‘zbek xalqining beqiyos yozuvchisi Abduqayum Yoʻldoshev asarlarini kuzatar ekanmiz, unda tilimizning beqiyos jilvasiga guvoh bo‘lamiz. Bugungi kunda adibning bir qator sara qissalari, hikoyalari nashr qilindi. A.Yoʻldoshevning har bir asari matbuot yuzini koʻrar ekan, ijodkor oʻz uslubi bilan ko‘plab kitobxonlar yuragidan joy oldi asarlar tilining xalq tiliga yaqin ekanligi, tilning go‘zalliklarini ochib berganligi bilan maqtovga sazovordir.Asarlarida qo‘llanilgan xalqona iboralar so‘z o‘yinlari tilimizda yangi evfemik ma’noning paydo bo‘lishi uchun zamin bo‘lgan. Biz ularning ba’zilarini tahlilga tortamiz: 1 Omonturdiyev.A.J. Oʻzbek tilining qisqacha evfemik lugʻati. Toshkent Oʻzbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan" nashriyoti.2006.134 bet,3-bet https://scientific-jl.com/ped 7 5 Volume-79, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 Soʻngminan, ovul-jamoatning oldida uyalaman, kenjatoyim oltiga kirib soʻlaqmonday bola boʻlgan boʻlsayam qoʻlini haliga dovur halollab ololganim yoʻq. Shu ertaga raisdan qarz soʻrasammi deb turib edim; soʻngminan, bu yoqda kattasiyam yaqinda maktabni bitirdi, uning boshini ikkita qilib qoʻyish tashvishi bor2. Qoʻlini halollab olmoq- evfemizm sifatida qo‘llaniladi. Halollamoq soʻzi oʻzbek tiling izohli lugʻatida quyidagicha keltirilgan: 1) Din. halol qilmoq, shariat qonun qoidalarga muvofiq yesa ichsa boʻladigan. 2) Koʻchma. Biron narsani oqlaydigan, unga arziydigan munosib ish qilmoq. Yegan tuzingni halolla Insof ham kerak-da! Nonni halollab yeyish kerak. N.Safarov, Hadicha Ahrorova. Urushda oʻgʻlim sutimni halollabdi. Bolalarimdan roziman. N.Safarov Qahramonning tugʻilishi3. Yuqoridagi misolda esa qoʻlini halollamoq – sunnat qilmoq ma’nosida kelganligini koʻrishimiz mumkin. Abduqayum Yoʻldoshev asarlarida bu kabi koʻplab evfemalarni koʻrishimiz mumkin. Yuqoridagi jumlada boshini ikkita qilib qoʻymoq – uylantirmoq manosida kelgan. Keyingi gapga etiborimizni qarataylik: Bu yoqda qaynogʻamizning toʻyi boʻynimizda turibdi, oʻzbekchilik tuzukroq toʻyona olib bormasak uyat boʻlar4 . Boʻynida turmoq lugʻaviy jihatdan tana bilan boshning tutashgan joyida turmoq degan maʼnoni anglatadi. Bu yerda esa u toʻyona qilmoq xarajatli harakat manosini ifodalab kelmoqda. Hikoyalarda oʻziga xos boʻlgan evfemalar ham uchrab turadi. Olqishlardan shishib ketgan oqsoqol bungayam qanoat hosil qilmay, koʻpchilik hovlida paytini koʻzlab turib toʻladan ikki yashik "tentak suv"ni olib chiqib oʻrtaga qoʻyarkan, soxta bepisandlik ila ilova qilib oʻtib ketdiki, bu zormandaning urugʻi serob, qoʻrqmasdan olaveringlar, magazinda mening nomimga yozilgan yana ikkita yashigi turibdi, birortalaring koʻngling boʻlsa, hozir borib olib kelib qoʻysalaring ham boʻladi, boʻlmasa soʻngroq borarsizlar5. Tentak suv – evfemizm. Tentak soʻzi kishilarga nisbatan ishlatiladigan xususiyat sifatidir. Yuqorida esa u suv soʻziga qoʻshilib (alkagol) spirtli ichimliklar manosini ifodalab kelganganini ko‘rishimiz mumkin. Boshqa bir misolga e’tibor qarataylik: Doʻstning xohlagan-pohlagani bormikan, agar boʻlmasa, bir ikki koʻz ostimga olib qoʻygan joylarim bor, bari tagli tugli odamlar, xudo xohlasa, yil boshida ikki oyoqli moshin olib beraman 2 Yoʻldoshev Abduqayum. Mashaqqatlar osha yulduzlar sari. Hikoyalar . Toshkent yangi asr avlodi, 2021. 224 bet. 10- bet 3 Oʻzbek tilining izohli lugʻati: 80 000 dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi. // A. Madvaliyev tahriri ostida. Toshkent. "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy na
Доказательный фрагмент
«O‘zbek nasrining yetuk namoyondalaridan biri kitoblari kitobxonlar qo‘lidan tushmay kelayot Abduqayum Yo‘ldoshev bugungi kunga qadar ko‘plab asarlari bilan keng jamoatchilikka tanishdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbek nasrining yetuk namoyondalaridan biri kitoblari kitobxonlar qo‘lidan tushmay kelayot Abduqayum Yo‘ldoshev bugungi kunga qadar ko‘plab asarlari bilan keng jamoatchilikka tanishdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit soʻzlar: Abduqayum Yo‘ldoshev, evfemizm, soʻzning oʻz va koʻchma ma’nolari, leksik ma’no.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014