Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QASHQADARYO VILOYATIDA 2024 YIL YANVAR- SENTABR OYLARIDAGI ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALAR
Y.P.Urunbayeva · Z.M.Qudratova
Педагоги · 2024
Аннотация
This article analyzes the distribution of investments in fixed capital across the regions and economic sectors of the Kashkadarya region during the period from January to September 2024. The study examines the impact of investments directed at various sectors and geographic areas of the region, their contribution to economic development, as well as the importance of efficient distribution of investments across sectors. https://scientific-jl.com/ped 1 59 Volume-79, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 Keywords: Fixed capital, investments, Kashkadarya region, economic sectors, industries, investment analysis, economic development, investment opportunities, investment efficiency, local economy. Kirish. Investitsiyalar mintaqaviy iqtisodiy o‘sish va rivojlanishda muhim rol o‘ynaydi. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida investitsiyalarni to‘g‘ri taqsimlash, ularni ishlab chiqarishni oshirishga, ish o‘rinlarini yaratishga va aholi turmush darajasini yaxshilashga hissa qo‘shadigan sohalarga yo‘naltirish juda muhimdir. Janubiy O‘zbekistonning iqtisodiy jihatdan ahamiyatli hududi bo‘lgan Qashqadaryo viloyati, o‘zining qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmatlar sohalari bilan turli iqtisodiy strukturalarga ega. Har qanday davlatda iqtisodiyotining tarmoqlari va sohalariga investitsiyalar kiritish orqali quyidagi ijtimoiy-iqtisodiy samaralarga erishiladi: ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish miqdor va sifat jihitdan o‘smoqda; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish miqdorining o‘sishi davlat byudjetiga tushayotgan soliq tushumlarining ko‘payishiga olib keladi; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish samaradorligining oshishi ish haqining ortishiga va aholi farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi; jahon talablariga javob beradigan raqobatbardosh ishlab chiqarish orqali mamlakatning eksport salohiyati o‘sadi. Asosiy kapitalga investitsiyalarni hududlar va tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilish, iqtisodiy siyosatning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, shuningdek, investitsiyalarni samarali taqsimlashning yo‘nalishlarini belgilashda muhim vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada 2024 yil davomida Qashqadaryo viloyatidagi investitsiyalar taqsimoti va uning iqtisodiy rivojlanishdagi ta’siri, shuningdek, hududlar va tarmoqlar bo‘yicha investitsiya oqimlarini tahlil qilishga e’tibor qaratiladi. Tadqiqotning maqsadi – investitsion oqimlarning samaradorligini baholash va viloyatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash uchun investitsiyalarni yanada samarali taqsimlash imkoniyatlarini aniqlashga yordam beradigan kompleks tahlilni taqdim etishdir. Tahlil va natijalar. Qashqadaryo viloyatidagi iqtisodiy sektorlarga jalb qilingan investitsiyalarning taqsimoti 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida tahlil qilindi. Viloyatning iqtisodiy tizimida asosiy kapitalga qilingan investitsiyalar o‘zining hajmi va turli sohalarga yo‘naltirilishi bo‘yicha farqlanadi. Asosiy kapitalga investitsiyalar, asosan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish va xizmatlar tarmoqlarida yo‘naltirilgan. 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda asosiy kapitalga jalb qilingan investitsiyalar miqdori 24 399,5 milliard so‘mni tashkil etdi. Ushbu mablag‘larning https://scientific-jl.com/ped 1 60 Volume-79, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 160,6% yoki 3 091 milliard so‘mi, tashqi mablag‘lar hisobidan moliyalashtirildi, qolgan qismi, ya’ni 9,8% yoki 2 394,3 milliard so‘m, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari orqali ta’minlandi. Umumiy investitsiyalar hajmida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 2023-yilga nisbatan 2,5% foizga kamayib, 14,5% yoki 3 539,1 milliard so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari orqali amalga oshirilgan investitsiyalar 20 860,4 milliard so‘mni yoki jami investitsiyalarning 85,5% tashkil etib, 2023-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,6% o‘sdi. 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida, korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 2 394,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, bu jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,8 foizini tashkil etdi. Aholi mablag‘lari hisobidan esa jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 7,3 foizi yoki 1 785,0 mlrd. so‘mi o‘zlashtirildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilgan investitsiyalar hajmi esa 6 341,6 mlrd. so‘mga yetib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 7,6 foiz punktga oshib, jami investitsiyalarning 226,9 foizini tashkil etdi. Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga Mlrd so’m investitsiyalar Respublika budjeti 1 087,7 kafolatlanmagan va boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar 10 124,5 Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi 9,1 Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari 214,9 Aholi mablag’lari 1 785,0 Korxona mablag’lari 2 3
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the distribution of investments in fixed capital across the regions and economic sectors of the Kashkadarya region during the period from January to September 2024.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the distribution of investments in fixed capital across the regions and economic sectors of the Kashkadarya region during the period from January to September 2024. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Fixed capital, investments, Kashkadarya region, economic sectors, investitsiya samaradorligi, tarmoqlar, iqtisodiy rivojlanish, mahalliy iqtisodiyot., Qashqadaryo viloyati, investitsiya tahlili, investitsiyalar, investitsiya imkoniyatlari, iqtisodiy sektorlar, Kalit so'zlar: Asosiy kapital
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025