Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OTA-ONALARNING PEDAGOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV
OTA-ONALARNING PEDAGOGIK MADANIYATINI · SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV · Xojimatova Gulshanoy Najmidin qizi
Педагоги · 2026
Аннотация
ushbu maqolada ota-onalarning pedagogik madaniyatini shakllantirishda psixologik yondashuvning o‘rni, zarurati va samaradorligi yoritilgan. Ota-onalarning o‘z farzandlari tarbiyasidagi roli, pedagogik bilim va ko‘nikmalar darajasining oila muhitiga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, bolalar bilan samarali muloqot, emotsional jihatdan sog‘lom muhit yaratish, oilaviy nizolarni psixologik vositalar orqali yumshatish kabi muhim jihatlar tahlil etiladi. Maqolada psixologik yondashuv asosida ishlab chiqilgan metodlar va tavsiyalar asosida ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: pedagogik madaniyat, ota-ona, psixologik yondashuv, oilaviy tarbiya, bolalar psixologiyasi, muloqot, emotsional muhit. Zamonaviy ta’lim jarayonida bola shaxsini har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda oila muhitining ahamiyati beqiyosdir. Ota-onalar – bolaning ilk ijtimoiylashuv manbai, ilk psixologik va axloqiy bilimlarni singdiruvchi asosiy shaxslar sanaladi. Shuning uchun ham, bolani tarbiyalashda davlat va jamiyat qanchalik muhim rol o‘ynasa, oila, xususan ota-onalarning pedagogik savodxonligi va madaniyati shuncha ahamiyatlidir1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham yoshlar tarbiyasida oila va jamiyat hamkorligining ahamiyati alohida ta’kidlangan. Bugungi kunda jamiyatda yuzaga kelayotgan axloqiy-insoniy inqirozlar, yoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy muammolar aksariyat hollarda oiladagi noto‘g‘ri tarbiya uslublaridan kelib chiqadi. Shu sababli ota-onalarni pedagogik va psixologik jihatdan tayyorlash, ularda farzand ruhiyatini to‘g‘ri tushunish, zamonaviy tarbiya usullarini ongli qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirish – zamon talabi hisoblanadi. Pedagogik madaniyat — bu ota-onaning pedagogik bilimga ega bo‘lishi, tarbiya jarayonida ongli yondashuvi, bolani shaxs sifatida tan olishi, uning emotsional va psixologik holatini inobatga olgan holda tarbiyaviy usullarni qo‘llashi demakdir. 1 Xudoyberdiyeva G’. Oila psixologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. https://scientific-jl.com/ped 1 96 Volume-79, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 Hozirgi kunda bolalarda kuzatilayotgan muammolar — psixologik bosim, ijtimoiy- muloqotda qiyinchiliklar, o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik, zo‘ravonlikka moyillik — ko‘pincha oiladagi noto‘g‘ri tarbiya, sovuqqonlik yoki haddan tashqari qat’iylik natijasidir. Shuningdek, ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, psixologlar va pedagoglar hamkorligida ota-onalarning pedagogik savodxonligini oshirishga qaratilgan tizimli faoliyatni yo‘lga qo‘yish zarur2. Bunda psixologik diagnostika, maslahatlar, amaliy seminar-treninglar, oilaviy psixoprofilaktika va boshqa shakllar samarali hisoblanadi. Ota-onalarning pedagogik madaniyatini shakllantirishda psixologik yondashuvni qo‘llash, avvalo ularning farzandlar bilan bo‘lgan munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Psixologik jihatdan sog‘lom oilada voyaga yetayotgan bola o‘zini qadrlaydi, muammolarni hal qilishda faollik ko‘rsatadi va o‘z fikrini bemalol ifoda eta oladi. Bunday bolalar mustaqil, ijtimoiy faol, muloqotga ochiq bo‘ladi. Psixologik yondashuv ota-onalarda quyidagi jihatlarni shakllantiradi: • Bolaning emotsional holatini tushunish va his qilish qobiliyati; • Muloqot davomida quloq solish, empatiya qilish; • Tarbiya jarayonida individual yondashuvni yo‘lga qo‘yish; • Konfliktli vaziyatlarda konstruktiv yondashuvni tanlash. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, pedagogik bilimlarga ega bo‘lgan ota-onalar farzandlari bilan tenglik asosida, hurmatga asoslangan munosabatni yo‘lga qo‘yadi. Ular jazolashdan ko‘ra tushuntirish, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish usullariga ko‘proq murojaat qilishadi. Bunda bolalarning ruhiy holati izdan chiqmaydi, balki sog‘lom rivojlanadi. Psixologik yondashuvni amaliyotga tadbiq etishda quyidagi shakllar samarali hisoblanadi: • Psixologik seminar-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar; • Oilaviy psixologik maslahatlar (konsultatsiyalar); • Interaktiv o‘yinlar, rolli mashg‘ulotlar orqali emotsional kompetensiyani oshirish; • Ota-onalar uchun mo‘ljallangan psixopedagogik qo‘llanmalar. Ota-onalar bilan olib boriladigan bunday ishlar nafaqat pedagogik madaniyatni, balki oilaviy muhitning psixologik iqlimini ham yaxshilaydi. Tarbiya uslublari va psixologik yondashuv. Ota-onalar tomonidan qo‘llaniladigan tarbiya uslublari quyidagicha farqlanadi: Avtoritar (qat’iy) uslub: bolaning shaxsiy fikrini tan olmaydi, faqat intizomga urg‘u beriladi; 2 Karimova Z. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. https://scientific-jl.com/ped 1 97 Volume-79, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 Liberal (bo‘sh qo‘yuvchi) uslub: nazorat past, erkinlik ko‘p, natijada bolada mas’uliyatsizlik shakllanadi; Demokrati
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada ota-onalarning pedagogik madaniyatini shakllantirishda psixologik yondashuvning o‘rni, zarurati va samaradorligi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada ota-onalarning pedagogik madaniyatini shakllantirishda psixologik yondashuvning o‘rni, zarurati va samaradorligi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ota-ona, oilaviy tarbiya, muloqot, bolalar psixologiyasi, emotsional muhit., Kalit so‘zlar: pedagogik madaniyat, psixologik yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024