К содержанию
РецензированоUZ2026

ADABIYOT SEHRI

ADABIYOT SEHRI · Ro‘ziqulova Ziyoda Murodqul qizi

Педагоги · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada adabiyotning inson hayotidagi o‘rni, uning qalb va tafakkurga ta’siri, shuningdek, yosh avlodni tarbiyalashdagi roli yoritilgan. Adabiyot nafaqat axloqiy-ruhiy tarbiya, balki jamiyat ongini shakllantirishda ham muhim vositadir. Unda klassik va zamonaviy adiblar ijodi, badiiy asarlarning inson ruhiyatiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, adabiyotning sehrli kuchi orqali inson ma’naviy yuksalishga erishishi mumkinligi asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: Adabiyot, badiiy asar, ma’naviyat, tafakkur, tarbiya, ruhiyat, klassik meros, zamonaviy ijod, o‘zlikni anglash. Adabiyot – bu so‘z san’ati bo‘lib, u qit’alarni bir-biriga bog‘laydigan, xalqlar o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prik hisoblanadi. Prezidentimizning "Adabiyot va san’at, ma’naviyatni rivojlantirish – xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir" mavzusida ijodkor ziyolilar bilan o‘tkazgan uchrashuvidagi nutqida adabiyot va san’atning jamiyatdagi o‘rni, ijodkorlik erkinligi, ma’naviyat, hayot haqiqatini yoritish, yosh avlodni yuksak g‘oyalar asosida tarbiyalash kabi muhim masalalar chuqur tahlil qilindi. Uchrashuvda Vatan va xalq oldidagi badiiy ijodning mas’uliyati, tarixiy merosni asrash, zamonaviy qahramonlarni tasvirlash, yoshlarni insoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishga undovchi asarlar yaratish zarurligi ta’kidlandi. Davlat rahbari adabiyot orqali millatning estetik didini oshirish, xalqning ma’naviy ehtiyojlariga javob beruvchi asarlar yaratishga chaqirdi. U inson qalbining eng nozik torlarini chertadigan, yurakka yetadigan, tafakkurni yuksaltiradigan mo‘jizaviy bir kuchdir. Har bir badiiy asar o‘zining ichki dunyosi, obrazlari va g‘oyalari orqali insonni fikrlashga, his qilishga, anglashga undaydi. Adabiyot shunchaki yozilgan so‘zlar yig‘indisi emas, balki jamiyatning ma’naviy yuragi, tarixiy xotirasi va kelajak sari yo‘naltiruvchi yo‘lchi yulduzidir. Tarixdan ma’lumki, adabiyot har bir davrda o‘ziga xos ma’naviy yo‘lbo‘g‘lik rolini o‘ynagan. Navoiy, Fuzuliy, Mashrab kabi mutafakkirlar o‘z asarlari orqali jamiyatda axloqiy me’yorlarni targ‘ib qilgan, insonparvarlik, vatanparvarlik, sabr- toqat kabi fazilatlarni yuksak darajada ifoda etgan. Ularning asarlarida nafaqat estetik zavq, balki chuqur hayotiy saboqlar mujassam.1 1 Sulton I. «Adabiyot nazariyasi». - Т.: « O‘qituvchi», 2005. https://scientific-jl.com/ped 2 33 Volume-79, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 “Biz havas qilsa arzigulik tarixga, ulug‘ ajdodlarga va buyuk kelajak, buyuk adabiyot hamda san’atga egamiz’’, degan so‘zlar bilan Yurtboshimiz xalqimizda iftixor va umid uyg‘otdi. Har qanday ezgu ish intilish va mehnat talab qiladi. Ma’naviyat yo‘lida erishiladigan yutuqlar bir necha avlodning tinimsiz izlanishlari, orzu-umidlariga asoslanadi. Har bir avlod millat kitobiga o‘z hissasini qo‘shishga intiladi, qalblarda aks etgan orzu-umidlar esa adabiyotda obrazli ifodalanadi. Bugungi kunda ham adabiyot o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Aksincha, u har doimgidan ham ko‘proq e’tibor va ehtiyojga ega. Yosh avlod qalbiga ezgulik, halollik, mehr-oqibat, sabr-toqat kabi fazilatlarni singdirishda adabiyotning tutgan o‘rni beqiyosdir. Har bir o‘quvchi badiiy asar orqali o‘zini va hayotni anglashga intiladi, o‘zligiga qaytadi, qalban tozalanadi. Adabiyot shunchalik sehrliki, u insonni hayotga boshqacha nazar bilan qarashga o‘rgatadi. Yaxshi kitob — eng sadoqatli do‘st, eng samimiy hamrohdir. Adabiyot bilan muloqot qilgan inson hech qachon yolg‘iz qolmaydi, chunki badiiy so‘z uni hayotning murakkabliklariga bardoshli qiladi. Bundan tashqari, adabiyot – bu oddiygina istak yoki niyat bilan vujudga kelmaydigan soha. Asl adabiy asar mehnat, sabr, izlanish va iqtidor mevasidir. U avlodlar davomiyligida, ruhiy-ma’naviy uyg‘unlikda shakllanadi. Adabiyotning mohiyatini to‘liq tushunish uchun, avvalo, uning eng muhim va e’tiborga molik xususiyatlarini ko‘rib chiqish zarur. Adabiyoti taraqqiy etgan xalqning madaniy yutuqlari tez orada dunyo miqyosida tan olinadi. Akademik N.I. Konradning: “Keling, Alisher Navoiydek shoir bo‘lgani uchun quvonalik. Bunday shoirni yaratgan o‘zbek xalqiga minnatdorchilik bildiraylik”, degan so‘zlari adabiyotning milliy g‘urur manbai ekanini ifodalaydi. Adabiyot butun insoniyat madaniy merosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning ommaviyligi aynan shu bilan belgilanadi. Turli xalqlar tomonidan yaratilgan adabiy asarlarning butun insoniyat tomonidan qabul qilinishi adabiyotning umumiy qadriyatlar bilan uyg‘unligidan dalolat beradi. Adabiyotning yana bir muhim jihati – u individual ijod mahsuli ekanidir. Yozma adabiyot xalq og‘zaki ijodidan shu xususiyati bilan farq qiladi. Adabiyotga xos bo‘lgan asosiy belgilaridan biri esa – bu badiiylikdir. Badiiylik – hayotni obrazlar orqali, jonli, tasirli va tasavvur uyg‘otuvchi tarzda tasvirlash san’atidir. Bu holat barcha san’at turlariga xos bo‘lib, badiiylik san’atning asosiy mohiyatini belgilaydi. San’atning kuchi aynan badiiylikd

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada adabiyotning inson hayotidagi o‘rni, uning qalb va tafakkurga ta’siri, shuningdek, yosh avlodni tarbiyalashdagi roli yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada adabiyotning inson hayotidagi o‘rni, uning qalb va tafakkurga ta’siri, shuningdek, yosh avlodni tarbiyalashdagi roli yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
badiiy asar, tarbiya, tafakkur, o‘zlikni anglash., ma’naviyat, Kalit so‘zlar: Adabiyot, zamonaviy ijod, ruhiyat, klassik meros
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники