Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN’IY INTELLEKTNING ZAMONAVIY TA’LIM JARAYONIGA TA’SIRI VA UNING AFZALLIKLARI
Toshboltayev Faxriddin O‘rinboyevich · Yusufova Mavluda Abdumutal qizi
Педагоги · 2026
Аннотация
Bugungi kunda texnologiyaning mahsullaridan biri bo’lmish sun’iy intellect jadal sur’atda rivojlanib bormoqda va deyarli barcha sohalarga o’z ta’sirini o’tkazyapti , xususan ta’lim sohasini ham chetlab o’tgani yo’q. Ushbu maqolada AI (Artificial Intelligence-Sun’iy intellekt)ning ta’limda foydalanishdagi afzalliklari,ta’limning sifatiga bo’lgan ijobiy ta’siri,uning y ta’limning sifatini oshirishda qo’l keladigan qulayliklari haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: sun’iy intellect, individual o’rganish ,intensiv ta’lim ,gamifikatsiya, ChatGPT, online ta’lim Annotation: Nowadays, artificial intelligence (AI), one of the products of modern technology, is rapidly developing and impacting almost every field, including education. This article discusses the advantages of using AI in education, its positive impact on the quality of learning, and the conveniences it offers in improving the effectiveness and efficiency of the educational process. Key words: artificial intelligence, individual learning, intensive education, gamification ,ChatGPT, online education Biz jadal sur’atda rivojlanib boryotgan globallashuv zamonda yashayapmiz. Tabiiy, bu bizdan zamonaviy fikrlashni va zamonaviy dunyoqarashni shakllantirish va zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishni talab qiladi. Hozirgi hayotimizni zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin va u hayotimizning hamma jabhalarini qamrab olmoqda. Xususan ta’lim sohasiga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Ta’limdagi ilovalar va texnologiyalar ilovalar tezda yangilanib bormoqda hamda kengaytirilmoqda. Bundan tashqari, aqlli mahsulotlarning uzluksiz ravishda rivojlanishi odamlarning o'qishi, ishi va hayotiga katta qulaylik va innovatsiyalar olib kelmoqda.. Sun’iy intellect hayotimizning har jabhasida ajralmas bir qismiga aylanib bormoqda va o’qish va ish jarayonimizni shu texnologiya mahsuli, sun’iy intellektsiz tasavvur qilish qiyin bo’lib qolmoqda. Ushbu texnologiya samaradorlik va unumdorlikni oshirib, ilm-fan va boshqa turli ish jarayonlarida sezilarli darajada foyda keltirish imkoniyatiga ega. Shu ixtiro yangidan yangi ma’lumot va mahoratlarni o’rganish istagida bo’lgan insonlar,ayniqsa, maktab o’quvchilari va https://scientific-jl.com/ped 2 60 Volume-79, Issue-1, April -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 talabalar orasida ancha ommalashib ulgurgan. Bunga asosiy sabab sun’iy intellektning ta’lim olishda yaratgan qulaylik va afzalliklari. Hozirgi davrda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi ta’lim sohasiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, chet tillarini o‘rganish jarayonida SI imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini qondirish va ularning o‘quv faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim vositaga aylanmoqda. Birinchidan, sun’iy intellekt asosida ishlab chiqilgan tizimlar o‘quvchilarni individual tarzda o‘qitish imkonini beradi. Bunday tizimlar har bir o‘rganuvchining bilim darajasi, o‘rganish tezligi va o‘zlashtirish xususiyatlarini aniqlab, unga moslashtirilgan o‘quv materiallarini taqdim etadi. Bu esa ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligini kuchaytirib, o‘quvchining mustaqil va faol o‘rganishiga zamin yaratadi (Lu et al., 2021). Ayniqsa, chet tilini o‘rganishda bu yondashuv muhim ahamiyatga ega, chunki til o‘rganish har bir shaxs uchun turlicha jarayon bo‘lib, turli darajadagi murakkabliklarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchidan, SI yordamida o‘quvchilarning topshiriqlari, yozma ishlari yoki testlari avtomatik tarzda tahlil qilinib, real vaqt rejimida natijalar va tavsiyalar taqdim etiladi. Bu o‘quvchilarga o‘z xatolarini tezda aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini beradi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning yuklamasi kamayib, ularning diqqatini ijodiy va metodik faoliyatga qaratish imkoniyati yaratiladi. Ayniqsa, avtomatlashtirilgan baholash tizimlari testlar va yozma ishlarda aniqlik va tezlikni ta’minlaydi (Wang et al., 2020). Uchinchidan, sun’iy intellekt texnologiyalari masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytiradi. Imkoniyati cheklangan shaxslar, chekka hududlarda yashovchilar, ish bilan band insonlar yoki moliyaviy jihatdan cheklangan qatlam vakillari SI yordamida mustaqil va arzon ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Bu esa ta’limdagi tenglik va inklyuzivlik tamoyillariga muvofiq keladi. So‘nggi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar SI texnologiyalarining ayniqsa chet tillarini o‘rganishdagi afzalliklarini aniq misollar asosida yoritib bermoqda. Lu va boshqalar (2021) tomonidan olib borilgan izlanishda AI asosidagi o‘quv platformalarining o‘quvchilarga moslashtirilgan mashqlarni taklif etishi, ularning nutq faoliyatini interaktiv tarzda rag‘batlantirishi va xatolar bo‘yicha bevosita fikr- mulohaza berishi til o‘rganish samaradorligini oshirishi qayd etilgan.Shuningdek, nutqni tahlil qilish va avtomatik tarzda to‘g‘rilash imkonini beruvchi ilovalar – Duolingo, Babbel, Elsa Speak kabi pla
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda texnologiyaning mahsullaridan biri bo’lmish sun’iy intellect jadal sur’atda rivojlanib bormoqda va deyarli barcha sohalarga o’z ta’sirini o’tkazyapti , xususan ta’lim sohasini ham chetlab o’tgani yo’q.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda texnologiyaning mahsullaridan biri bo’lmish sun’iy intellect jadal sur’atda rivojlanib bormoqda va deyarli barcha sohalarga o’z ta’sirini o’tkazyapti , xususan ta’lim sohasini ham chetlab o’tgani yo’q. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- artificial intelligence, individual learning, intensive education, gamifikatsiya, individual o’rganish, Kalit so’zlar: sun’iy intellect, intensiv ta’lim, online ta’lim, ChatGPT
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024