Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA · PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI · Abdumo‘minova Mahliyo No‘monjonovna
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Psixologik yordamning nogiron kishilarning ijtimoiy moslashuvi, ruhiy holatini barqarorlashtirish, o‘zini anglash darajasini oshirishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, ijtimoiy-psixologik yondashuvlar va ularning samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Maqolada nogiron shaxslarning ijtimoiy integratsiyasi va hayot sifatini yaxshilashda psixologik qo‘llab- quvvatlashning muhim omil sifatida ko‘rilishi asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: nogironlik, psixologik xizmat, ruhiy salomatlik, ijtimoiy moslashuv, psixologik yordam, ijtimoiy-psixologik yondashuv, integratsiya, hayot sifati. Bugungi kunda mamlakatimizda va jahonda nogironligi bor shaxslarning jamiyatdagi to‘laqonli o‘rinlarini topishga intilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, yoxud nogironligi bor shaxslar hayotidan to‘siqlarni olib tashlash kabi g‘oyalar juda ko‘p tilga olinayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Ushbu g‘oyalarni amalga oshirishimiz uchun eng avvalo odamlar ongida nogironligi bor shaxslarga nisbatan paydo bo‘lgan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tamg‘alarni ya’ni stigmalarni olib tashlashimiz, buning uchun esa nogironligi bor shaxslarning o‘zidan yoki nogironligi bor qon qarindoshidan uyalish, atrofdagi insonlar fikrdan qo‘rqib ijtimoiy hayotga moslasha olmayotganliklarining sabablarini chuqur o‘rganib chiqmog‘imiz lozim. Inson markazi psixologi voyaga yetmagan nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasallikka chalinganlar, shuningdek, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga psixologik xizmat sohasida qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi: bolalarning erta yosh bosqichlarida har tomonlama rivojlanishining ijtimoiy- psixologik va ta’limiy sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha ota-onalik ko‘nikmalarini oshiradi; 0-3 yoshidagi bolalarning bilish, sensor sohasi rivojlanishida muammolar aniqlanganida, korreksion-rivojlantiruvchi xizmatlarni ko‘rsatish, zaruriyatda ularni psixonevrolog, tibbiy psixolog, maxsus pedagogga yo‘naltirib kompleks xizmatlar ko‘rsatilishini tashkil etadi; https://scientific-jl.com/wsrj 1 8 2 Volume-38_Issue-1_April-2025 World scientific research journal alohida ta’lim ehtiyojli va rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolaning jamiyatga integratsiyasini ta’minlashda ijtimoiy-psixologik to‘siqlarni bartaraf etish masalalarida monitoring, ma’rifat va tashviqot ishlarini olib boradi; og‘ir kasallikka chalingan bollarni ruhiy zo‘riqishlarini oldini olish maqsadida psixologik maslaxatlar beradi; Katta yoshdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasallikka chalinganlar, shuningdek, jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga psixologik xizmat sohasida qo‘yidagi funksiyalarni bajaradi: katta yoshdagilar va xotin-qizlarning psixik salomatligini, hissiy barqarorligini ta’minlashda psixoemotsional qo‘llab-quvvatlaydi hamda ularning hayotiy maqsadlarini oshiradi; ishda, uyda, oilada va boshqalar bilan shaxslararo munosabatlarida konstruktiv muloqotni o‘rnatish yuzasidan hayotiy ko‘nikmalarini oshiradi; shaxsning kasbiy yo‘nalganligini aniqlash va belgilashda ko‘maklashadi; farzandlarini nogironligini qabul qilolmayotgan oilalarga mahallalarda (individual) seminar treninglar tashkil etadi;Jamiyat taraqqiyoti inson huquq va manfaatlarini to‘liq ta’minlashga bevosita bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati, ularning jamiyatga integratsiyasi va ijtimoiy faolligini ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Bunda psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Nogironlik — bu nafaqat jismoniy cheklov, balki ko‘pincha psixologik va ijtimoiy to‘siqlar bilan kechadigan holatdir. Nogironligi bo‘lgan shaxslar ko‘pincha o‘zini jamiyatdan chetda his qilishlari, o‘ziga bo‘lgan ishonchning kamayishi, depressiv holatlar va yolg‘izlik hissi bilan duch keladilar. Bunday holatlarda psixologik yordam — ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhiy muvozanatni tiklash va hayotga ijobiy munosabatni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Psixologik xizmatlar nogiron shaxslarga quyidagi yo‘nalishlarda yordam beradi: O‘z-o‘zini anglash va qabul qilish: Psixologik mashg‘ulotlar orqali inson o‘z imkoniyatlarini anglaydi, o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida qabul qiladi. Stress va depressiyani yengish: Mutaxassislar bilan suhbatlar, relaksatsion mashqlar va psixoterapevtik yondashuvlar ruhiy holatni barqarorlashtiradi. Ijtimoiy moslashuv va kommunikatsiya: Guruhli psixologik treninglar, ijtimoiy faoliyatlarda ishtirok etish orqali nogiron shaxslar atrofdagilar bilan erkin muloqot qilishni o‘rganadilar. Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus reabilitatsiya markazlari, psixologik maslahat berish xizmatlari tashkil etilgan. O‘zbekisto
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixologik yordam, Kalit so‘zlar: nogironlik, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy-psixologik yondashuv, psixologik xizmat, ruhiy salomatlik, hayot sifati., integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025