К содержанию
РецензированоUZ2026

ISPAN VA O‘ZBEK TILLARIDAGI MAQOL HAMDA TEZ AYTISHLAR

Joniqulova Guljahon Saitmuratovna

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026

Аннотация

This article provides information about Spanish and Uzbek proverbs and sayings. In this article, we can see how Uzbek folk proverbs are similar and different from Spanish folk proverbs. Since proverbs are considered a form of folk art, they are an indicator of the richness of the language, and their rapid pronunciation is also one of such factors. Keywords: proverb, tongue twister, semantic differentiation, components. O‘zbek xalqi qadimdan boy ma’naviy xazinaga ega ekanligi hech kimga sir emas. Ispan xalqi ham buyuk epik va lirik og‘izaki ijodiyot sohibidir. Bu ijodiyot tarkibiga kirgan o‘zida kuchli mohiyat va milliy tiynatni mujassam etgan maqol va matallarni, topishmoqlarni, eposlarni, ezgu va yovuz g‘oyalar bilan hamohang boy syujetli ertak va afsonalarni, qo‘shiqlarni asrlar osha ispan xalqi og‘zaki ijro etib kelgan. Xalq va millatning bu buyuk yaratuvchanligi mahsuli ichida maqol, matal, topishmoqlar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ular shaklan ixcham, mazmunan yuksak, badiiy pishiq janrlardan hisoblanadi. Bu borada, ayniqsa, maqollar til madaniyati sifatida bir xalqning butun madaniyatini o‘z ichiga mujassam qilgan holda meros bo‘lib qoladi. Shu millat, xalq, elning hayoti, turmush tarzini qanday bo‘lsa shundayligicha o‘ziga qamrab, singdirib olibdi. Shu bois ham unda o‘sha xalqning butun borlig‘ini, qiyofasini ko‘rish imkoni mavjud. Bunday sifatlar ispan tilida ham, uning milliyligi ufurib turgan folklorida ham keng ko‘lamlidir. Shu va yana boshqa https://scientific-jl.com/wsrj 2 2 2 Volume-38_Issue-1_April-2025 World scientific research journal sababla tufayli ham ispan tilini o‘rganadigan chet elliklar kundan kunga ko‘paymoqda. Ispan tilida “maqol” tushunchasi proverbio - so‘zi bilan beriladi. O‘zbek tiliga bu so‘z arab tilidan kirib kelgan. Bu so‘z arabcha “qavvola” so‘zidan olingan va “aytmoq, so‘zlamoq” ma’nolarini anglatadi. Binobarin, “maqol” so‘zi o‘zbek tilida ikki ma’noda qo‘llaniladi. Birinchidan o‘z lug‘aviy ma’nosiga muvofiq - “so‘z, nutq”ni ma’nosida, ikkinchidan, termin sifatida xalq og‘zaki ijodidagi keng qo‘llanadigan janrlardan birini anglatadi. Maqol xalq og‘zaki ijodi janrlaridan biridir. Unda fikr qisqa, lo‘nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugallikka asoslangan, chuqur mazmun jamlanadi. Mavzusi tomonidan rang-barang va xilma xildir. Maqollarda vatan, mehnat, ilm, hunar, do‘stlik, ahillik, donolik, xushyorlik, til va nutq madaniyati kabi mavzularga oid, shu bilan birga salbiy xislatlar bilan bog‘liq masalalar yechimi o‘rin olgan bo‘ladi. Turkiy xalqlarning maqollaridan namunalar dastlab, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida keltirilgan. Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham o‘zbek xalq orasida turli variantlarda ishlatiladi. Masalan, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Kishi olasi ichtin, yilqi olasi tashtin”; “Odam olasi ichida, mol olasi tashqarisida” kabilar. Bunday purhikmat maqollar ispan xalqining durdonalari sifatida ispan maqollarida ham aks etgan. Masalan, 1. Si no quieres que se sepa no lo hogas. Bu maqolda berilayotgan fikr o‘zbek tiliga tarjima qilinganida “Siringni oshkor bo‘lishini istamasang, o‘zgaga aytma” degan ma’noni beradi. 2. No tengas miedo de los combios lentos. Bu maqolda berilayotgan fikr o‘zbek tiliga tarjima qilinganida “Sekin o‘rganishdan qo‘rqma” degan ma’noni beradi. Bu maqollarda berilgan fikrlarni ifoda qiluvchi ekvivalent sifatida o‘zbek xalq maqollarini ham keltirish mumkin. Masalan, birinchi maqol uchun quyidagilar: 1. Avval o‘yla, keyin so‘yla. (O‘zbek xalq maqoli) 2.Tiling bekta tutgin, tishing sinmasin, O‘tirgan odamlar sendan kulmasin. (“Devonu lug‘otit turk” asaridan) Ispan tilida berilgan ikkinchi maqol uchun quyidagilar: 1.Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur. (O‘zbek xalq maqoli) 2.Toma-toma ko‘l bo‘lur, Tommay qolsa, cho‘l bo‘lur. (O‘zbek xalq maqoli) 3.Ilm misqollab yig‘iladi. (O‘zbek xalq maqoli) Maqol biror maqsadni izohlashga qaratilgan majoziy hikoya singari ikki ma’noda qo‘llanadi. Biroq XX asrga kelib, uni maqol ma’nosida istifoda etish bilan cheklanildi. https://scientific-jl.com/wsrj 2 2 3 Volume-38_Issue-1_April-2025 World scientific research journal “Naql” so‘zi ham maqol ma’nosida qo‘llansada, arabcha so‘z bo‘lib, “ko‘chirmoq” m’nosini anglatadi. O‘zbek tilida esa “bayon qilmoq, hikoya qilmoq, rivoyat qilmoq” singari ikkinchi bir ma’noga ega va xalq og‘zaki nasrining mustaqil aforistik janrini ifodalovchi ilmiy istiloh sifatida qo‘llanadi. “Yaxshi naql-tomiri aql” maqolida “naql” maqol ma’nosidadir. Maqollar maxsus ijod qilinmaydi, balki ma’lum bir sharoit taqozosi tufayli sinalgan hayotiy tajribadan tug‘iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm bo‘lib yuzaga keladi. Aytaylik, jahondagi barcha xalqlarda ham yashamoqning asosiy sharti-yemoq va kiymoq bo‘lib, buning moddiy negizi ekin ekish va undan mo‘l-ko‘l hosil olgan holda ham moddiy, ham ma’naviy imkoniyatlarini ta’minlashdir. Ekin ekish uchun yerni qay vaqtda shudgor qilish uning unumdorligini o

Доказательный фрагмент

«This article provides information about Spanish and Uzbek proverbs and sayings.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about Spanish and Uzbek proverbs and sayings. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
proverb, tongue twister, semantic differentiation, components, tez aytish, ma’no farqlash, komponetlar., Kalit so‘zlar: maqol
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники