К содержанию
РецензированоUZ2026

OTA-ONA QARAMOGʻISIZ, QAROVSIZ VA NAZORATSIZ QOLIB KETGAN BOLALARGA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI

Tirkasheva Dinoraxon Shuxratjon qizi

Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada ota-ona qaramogʻisiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalarning psixologik holati, ularning ijtimoiy moslashuvi va rivojlanishida yuzaga keladigan muammolar yoritilgan. Shuningdek, bunday bolalarga ko‘rsatiladigan psixologik xizmatning mazmuni, uslublari hamda ularning ruhiy holatini tiklashdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Psixologik yordam orqali bolalarda ishonch hissi, ijtimoiy ko‘nikmalar va hayotga ijobiy munosabat shakllanishi mumkinligi ta’kidlanadi. Maqola muammoga chuqur yondashgan holda, amaliy tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: ota-ona qaramogʻisiz bolalar, qarovsiz bola, nazoratsiz qolgan bola, psixologik xizmat, ruhiy salomatlik, ijtimoiy moslashuv, psixologik yordam, bolalar psixologiyasi, reabilitatsiya, emotsional qoʻllab-quvvatlash. Yurtimizdagi hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatda, yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar sonining koʻpayishiga olib kelishi mumkin.. Zamonaviy sharoitda ota-onalarning gʻayriijtimoiy xatti-harakatlari, bolalarga nisbatan zoʻravonlik keng tarqalgan hodisaga aylanmoqda. Soʻnggi yillarda nosogʻlom oilalarda tarbiyalangan “ijtimoiy yetimlar” soni hayratlanarli darajada oʻsdi. Ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar sonining koʻpayishi muqarrar ravishda yetim bolalar uchun muassasalar – bolalar uylari, mehribonlik uylari, maktab-internatlar, boshpana va boshqalar sonining koʻpayishiga olib keladi. Shu bilan birga, psixologlar va oʻqituvchilarning koʻplab tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, bolani maktab-internatga joylashtirish uning asosiy ehtiyojlarini qondirishni taʼminlamaydi, bu esa oʻz navbatida bolaning rivojlanishining buzilishiga olib keladi.Maktab-internatda yashovchi bolaning natijasi uning mustaqil hayotga, ish topishga va uni ishsizlik sharoitida saqlashga tayyor emasligi, oʻz hayotini, boʻsh vaqtini tashkil etishga, oilani yaratish va saqlashga qodir emasligi Ota ona qaramogʻisiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy ishlash tizimini rivojlantirish masalasi mavzu dolzarbligini belgilaydi. Jamiyatda oilaning roli o‘zining kuchi bo‘yicha boshqa hech bir ijtimoiy institutlar bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Aynan oilada insonning shaxsi shakllanadi. Jamiyatda qiyinchiliksiz moslashib ketishi uchun, u ijtimoiy vazifalarni egallaydi. Oila birinchi tarbiyaviy institut sifatida ishtirok etadi. Shunday qilib ota-onalar qaramog‘isiz qolgan bolalar ham oila davrasidagi tarbiya va ta’lim olishlari lozim. Ular uchun jamiyatimizda shart sharoitlar yetarlicha yaratilib bormoqda. O‘zbekiston https://scientific-jl.com/wsrj 2 4 9 Volume-38_Issue-1_April-2025 World scientific research journal prezidentining yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori va tegishli reja hukumatning bolaning mehribon va g‘amxo‘r oila sharoitida o‘sish huquqini ta’minlashga sodiqligini yaqqol namoyish etadi. Ơzbekistonda bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini uzoq muddatli isloh qilish bo‘yicha takliflarni kơrib chiqdilar. Bunda ijtimoiy xizmat sohasidagi professional xodimlar asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng, asosiy ustivor yo‘nalishlaridan biri alohida ko‘mak va e’tiborga muhtoj insonlarga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘lgan ijtimoiy himoya va aholiga xizmat qilishning prinsipial jihatdan yangi tizimi shakllandi. Bu sharoitda aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlami bilan ishlashda bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan yuqori malakali xodimlarga ehtiyoj va tegishli tarzda yangi kasbiy faoliyat - "Ijtimoiy ishchi"ga zaruriyat yuzaga keladi. Shu o‘rinda yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun muassasalar va ularda tarbiyalanayotgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari tarbiyalanuvchilarning turli yosh va davrlaridagi ruhiy, ijtimoiy rivojlanish xususiyatlarini chuqur tushunish, mazkur bolalarga profilaktik, sog‘lomlashtirish, abilatsion va reablitatsion choralarning majmuini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, muassasadan so‘ng mustaqil hayotga tayyorlash kabilarni talab etadi. Mustaqillik yillarida yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan ijtimoiy-profilaktik ish olib borishni yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Oliy majlisi hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Ular asosida "Mehribonlik", "Bolalar" uyilari hamda "Bolalar shaharchasi" to‘g‘risidagi Nizomlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunning 22-moddasida ham boquvchisini yo‘qotgan bolalar haqida shunday deyilgan. "Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarning vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish davlatning to‘la ta’minoti asosida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi". Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus Davlat dasturlarining qabul qilinganligi va amaliyotga joriy etilganligi, aholini ijtimoiy himoya qilish, jumladan,

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ota-ona qaramogʻisiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalarning psixologik holati, ularning ijtimoiy moslashuvi va rivojlanishida yuzaga keladigan muammolar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ota-ona qaramogʻisiz, qarovsiz va nazoratsiz qolib ketgan bolalarning psixologik holati, ularning ijtimoiy moslashuvi va rivojlanishida yuzaga keladigan muammolar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
psixologik yordam, ijtimoiy moslashuv, Kalit so‘zlar: ota-ona qaramogʻisiz bolalar, nazoratsiz qolgan bola, reabilitatsiya, emotsional qoʻllab-quvvatlash., psixologik xizmat, ruhiy salomatlik, bolalar psixologiyasi, qarovsiz bola
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники