Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YASHIL IQTISODIYOT: O’ZBEKISTONNING BARQAROR RIVOJLANISH YO’LI
RIVOJLANISH YO’LI · Xakimjonov Doniyorbek Elyorjon o’g’li
Всемирный научно-исследовательский журнал · 2026
Аннотация
Bugungi rivojlanayotgan davrda ekologik muammolar bilan kurash olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda, ayniqsa, iqtisodiyot sohasida. Ushbu muammolarni bartaraf etishning yagona yo’li bu “Yashil iqtisodiyot”ga o’tishdir. Tabiiy resurslari yetarli darajada va o’z taraqqiyotining muhim pallasida turgan O’zbekiston “Yashil iqtisodiyot”ga o’tish strategiyalarini amalga oshirmoqda. Ushbu maqola mamlakatimizning “Yashil iqtisodiyot”ga kirishida yuzaga keladigan imkoniyatlar, muammolar va siyosiy oqibatlarini o’rganadi. Shu bilan birga, maqolada O’zbekistonning ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi sa’y- harakatlarining hozirgi holati ko’rsatilgan va iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish uchun takliflar berilgan. Kalit so’zlar: yashil iqtisodiyot, ekologik barqarorlik, uglerod neytralligi, qayta tiklanuvchi energiya, iqtisodiy islohotlar, yashil investitsiyalar, barqaror rivojlanish. Kirish: Bugungi kunda O’zbekiston global va mintaqaviy rivojlanish yo’lida ilg’or o’zgarishlarni amalga oshirmoqda va ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda iqlim o’zgarishiga qarshi kurashishda faol ishtirok etmoqda. Barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish yo’lida iqlimga asoslangan iqtisodiy sohani tanlash mamlakatning iqtisodiy va ekologik taraqqiyotining muhim qismiga aylanmoqda. O'zbekiston 2030-yilda sanoati rivojlangan, o’rtadan yuqori daromadli mamlakatga aylanishni maqsad qilgan. Bu yo’lda uzoq muddatli katta yo’l xaritasini yaratish muhim hisoblanadi. Bu jarayonning muhim tarkibiy qismi sifatida “Yashil iqtisodiyot”ga o’tishning strategiyalari ishlab chiqilmoqda. Bu o’zgarishlar nafaqat iqtisodiy, balki ekologik o’sishni ta’minlaydi. Yashil iqtisodiyotga o’tish jarayoni ko’plab sohalarda islohotlar amalga oshirishni talab qiladi. Ekologik amaliyotlarni ko’paytirish, uglerod chiqindilarini kamaytirish, tabiiy resurlarni saqlash kabi tashabbuslar mamlakatning iqlim bo’yicha majburiyatlarini bajarishda muhim rol o’ynaydi. Maqolada O’zbekistonning yashil iqtisodiyotga o’tish jarayoni va uning iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati, shuningdek, ekologik barqarorlikni https://scientific-jl.com/wsrj 3 0 2 Volume-38_Issue-1_April-2025 World scientific research journal ta’minlashdagi sa’y-harakatlar ko’rib chiqiladi. Shu bilan birgalikda, majburiyatlarni bajarishda vujudga keladigan imkoniyatlar va muammolar tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili: Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi xalqaro miqyosda keng muhokama qilinib kelmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (UNEP, 2011)1 yashil iqtisodiyotni inson farovonligini oshirish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash bilan birga ekologik xavflarni kamaytirishga qaratilgan model sifatida ta’riflaydi. Jahon bankining tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2030-yilgacha sanoati rivojlangan, barqaror iqtisodiyotga ega davlatga aylanish imkoniyatiga ega (World Bank, 2013)2. Shuningdek, (OECD, 2019)3 tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish salohiyati yuqori ekani qayd etilgan. Biroq, ushbu jarayonni amalga oshirishda davlat tomonidan aniq siyosiy strategiya ishlab chiqilishi va xususiy sektorni rag‘batlantirish muhimligi ta’kidlangan (Allen & Clouth, 2012)4. Metodlar: Tadqiqot davomida quyidagi metodlardan foydalanildi: 1. Tahliliy yondashuv - O’zbekistonning yashil iqtisodiyotga o’tish holati haqida mavjud hujjatlar va ilmiy maqolalar asosida tahlil qilindi. 2. Taqqoslash usuli – boshqa rivojlanayotgan davlatlarning yashil iqtisodiyotga o‘tish tajribasi O‘zbekiston bilan taqqoslandi. 3. Statistik tahlil – O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot bilan bog‘liq investitsiyalar va energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Natijalar va tahlillar Iqlim o‘zgarishlarini hal etmasdan turib, O‘zbekistonning barqaror rivojlanishiga erishish deyarli mumkin emas. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishni tez sur’atlarda amalga oshirayotgan bo‘lsa-da, bu o‘sish, afsuski, emissiya intensivligining kamayishi bilan bir xil yo‘nalishda rivojlanmayapti. Iqlim o‘zgarishining yaqin kelajakdagi salbiy ta’sirlari O‘zbekistonning ulkan iqtisodiy 1 UNEP (2011). Towards a Green Economy: Pathways to Sustainable Development and Poverty Eradication. [Retrieved 2015-11-03] Available at: http://www.unep.org/greeneconomy/Portals/88/documents/ger/ger_final_dec_2011/Green %20EconomyReport_Final_ Dec2011.pdf 2 https://databankfiles.worldbank.org/public/ddpext_download/WDI-2013-ebook.pdf 3 https://www.oecd.org/en/publications/education-at-a-glance-2019_f8d7880d-en.html 4 Allen, C., Clouth, S. (2012). A Guidebook to the Green Economy. Issue 1: Green Economy, Green Growth, and Low-Carbon Development – History, Definitions and a Guide to Recent Publications. UN Division for Sustainable Development. https://scientific-jl.com/wsrj 3 0 3 Volume-38_Issue-1_April-2025 World scientific research journal maqsadlariga ikkita asosiy sabablarga ko‘ra katta xavf tug‘dirmoqda. Birinchidan, prognoz qili
Доказательный фрагмент
«Bugungi rivojlanayotgan davrda ekologik muammolar bilan kurash olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda, ayniqsa, iqtisodiyot sohasida.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi rivojlanayotgan davrda ekologik muammolar bilan kurash olib borish muhim ahamiyat kasb etmoqda, ayniqsa, iqtisodiyot sohasida. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- uglerod neytralligi, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik barqarorlik, Kalit so’zlar: yashil iqtisodiyot, yashil investitsiyalar, barqaror rivojlanish., iqtisodiy islohotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025